|
MATERIALLARNI XARID QILISH JARAYONI VA UNING
|
bet | 15/91 | Sana | 09.07.2024 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #267097 |
Bog'liq umumiy ma\'ruzaMATERIALLARNI XARID QILISH JARAYONI VA UNING
ASOSIY BOSQISHLARI
Ariza tuzish.
Arizalar tahlili.
Yetkazib beruvchilarni tanlash.
Buyurtmalarni joylashtirish.
Buyurtmalarning bajarilishini nazorat qilish.
Xarid qilish jarayonining tugatilishi.
Materiallarni xarid qilish jarayoni o‘zining tarkibiga bir qator logistik o‘zaro bog‘langan ishlar turlarini jamlaydi. Materiallar xarid qilish jarayonining quyidagi bosqishlari ajratiladi: arizalarni tuzish, arizalar tahlili, yetkazib beruvchilarni tanlash, buyurtmalarni joylashtirish, buyurtmalar bajarilishini nazorat qilish, xarid qilish jarayonining tugatilishi.
Arizalarni tuzish. Materiallarni xarid kalishga arizalar korxonaning maxsus funksional bo‘linmalarining ishchilari tomonidan tayyorlanadi. Ular korxonaga materiallarning qaysi turlari va qancha miqdorda talab etilayotganligi, ular qachon qabul qilib olinishi kerakligi va arizani kim tomonidan tuzilganligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Arizalar shunday tuziladiki, kutilayotgan materiallarni kelib tushish miqdori, ularga bo‘ladigan amaliy talablardan o‘zib ketadi.
Arizalarni joylashtirish va materiallarni qabul qilish o‘rtasidagi vaqt o‘zib turish vaqti deb ataladi. O‘zib turish vaqtini to‘g‘ri aniqlash xaridlarni va moddiy zaxiralarni boshqarish jarayonida muhim o‘rin tutadi. Arizalarning oldindan berilishi kelib tushishlarni kutilmagan to‘xtashining salbiy ta’sirini kamaytiradi. Shu bilan birga o‘zib turish vaqtining haddan tashqari ko‘paytirilishi moddiy zaxiralarning o‘sishiga olib keladi. Arizalarni tuzishga javobgar bo‘lgan ishchilar, materiallar kelib tushishini eng kam o‘zib turish vaqtini o‘rnatishi zarur, bunda yetkazib beruvchining imkoniyatlari va materiallar iste’molchisining talablari hisobga olinadi.
Arizalar tahlili. Materiallarni ishlatishga beriladigan arizalar tahlili moddiy texnik ta’minot xizmati tomonidan boshqa bo‘linmalar mutaxassislari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Tahlil maqsadi – materiallarning har bir turi bo‘yisha minimal xarajatlarni ta’minlashdir. Tadqiqot uslublari bo‘lib funksional narxli tahlil va narxni o‘rnatish hisoblanadi.
Tahlil jarayonida quyidagi savollarga javob olinishi kerak:
Arzonroq materiallar ishlab chiqarish talablarini qoniqtira oladimi?
Bu talablar asoslanganmi?
Boshqa turdagi materiallar belgilangan talablarni qoniqtira oladimi?
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot tuzilishini soddalashtirish mumkinmi?
Yetkazib beruvchi iste’molchi bilan birgalikda ishlab chiqarishda olingan natijalarni tahlil qilishda qatnashib turib materiallarga qo‘yilgan narxlarni kamaytira oladimi ?
Ta’minot xizmati arizalarda ko‘rsatilgan materiallarni boshqalarga almashtirishga haqqi yo‘q. Bo‘lim ishchilarning kelib tushayotgan arizalarni tahlil qilishi va buyurtmalar qiymatini kamaytirishga olib kelishi mumkin bo‘lgan materiallar xarid qilishning variantlarini taklif qilishi kerak.
Moddiy – texnik ta’minot xizmatiga yetkazib beruvchilarning takliflari va raqobatchilarning narxlari aniq bo‘ladi. SHu xizmat ishchilari konstruktorlik va texnologik bo‘limlar bilan birgalikda, arzon va sifatli materiallarni qo‘llash asosida mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologiyalari va tuzilishlarini mustahkamlashtirishga olib keladigan texnik va iqtisodiy qarorlar ishlab chiqarishi mumkin.
Yetkazib beruvchilarni tanlash. Yetkazib beruvchilarni tanlashda asosiy mezonlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: yetkazib beruvchining ishonchliligi, kerakli resurslarni aytilgan sifatda va so‘ralgan muddatda etkaza bera olishi, moddiy resurslarni imkoniyati borisha arzon narxlarda yetkazib berishi, yetkazib beruvchi bilan iste’molchi o‘rtasidagi masofa, yetkazib beruvchida qo‘shimcha quvvatlarning mavjudligi va hokazo.
Yetkazib beruvchilar va materiallar haqida ma’lumotlar olishning asosiy manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: shaxsan sotuvchining o‘zi bilan aloqalar; reklama nashriyotlari, kataloglar va prospektlarda beriladigan mahsulotning tuzilishi haqida ma’lumotlar; korxonalarga tashriflar va mahsulot yetkazib berish amaliyotini o‘rganish; banklar, savdo uyushmalari, davlat muassasalaridan olinadigan ma’lumotlar va hokazo.
Barcha manbalarni o‘rganish natijasida, mustahkam nomga ega bo‘lgan yetkazib beruvchilar ro‘yxati tuziladi. Keyin materiallar narxi va yetkazib berish muddatlari nuqtai nazaridan eng qulay sharoitlarni taklif etayotganlari tanlab olinadi. Yirik buyurtmalarni ikkita va undan ko‘p yetkazib beruvchilar o‘rtasida bo‘lib berish maqsadga muvofiq bo‘ladi, bu asosiy yetkazib beruvchini raqobatbardoshliligini tekshirish va kutilmagan hollardan o‘zini himoyalash imkonini beradi.
|
| |