AXBOROT LOGISTIK TIZIMLARI




Download 1,77 Mb.
bet51/91
Sana09.07.2024
Hajmi1,77 Mb.
#267097
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   91
Bog'liq
umumiy ma\'ruza

AXBOROT LOGISTIK TIZIMLARI

Axborot logistik tizimlarning tuzilishi va faoliyat ko‘rsatishi.

  • Axborot logistik tizimlarning qurilish tamoyillari.

  • Tizimlarning faoliyat ko‘rsatishi.

Axborot logistik tizimlarning kurilish tamoyillari. Axborot logistik tizimlarning shakllanishi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- tizim shunday tuzilishi kerakki, axborotni uzatish, uni qayta ishlash, saqlash va qo‘llashda korxonaning hamma bo‘linmalari ehtiyojlari hisobga olinsin;
- axborot tizimi korxonaning etkazib beruvchilar, xaridorlar hamda jo‘natuv, oraliq omborxonalari va iste’molning hamma nuqtalari bilan zarur o‘zaro aloqalarni ta’minlab berishi kerak;
- logistik tizimlarning darajalari o‘rtasida axborot almashinuvi minimal lekin boshqaruv ehtiyojlarini ta’minlaydigan bo‘lishi kerak;
- axborot xarakteri boshqaruv tizimidagi aniq bir iste’molchiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak;
- tizimni kurishda apparat va dastur modellar tamoyili hisobga olinishi zarur;
- muhim talab bo‘lib tizimda qo‘llanilayotgan hujjatlarni soddalashtirish va standartlash hisoblanadi.
Tadbirkorlikda axborot texnologiyalaridan foydalanish va O‘zbekistonda kichik biznes bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning logistik ko‘rsatkichlari. Axborot resurslarini shakllantirish va undan foydalanish tadbirkorlik faoliyati yagona iqtisodiy axborot makoni yaratilishidagi eng muhim echilishi kerak bo‘lgan muammolardan biridir. Zamonaviy biznes axborot texnologiyalari tadbirkorlik axboroti ma’lumotlar bazasi va bankidan tashkil topib, bular jamiyatning barcha axborot resurslari bilan uzluksiz tarzda bog‘langan bo‘lishi kerak.
Ushbu ish doirasida, tadbirkorlar axborot muhitida O‘zbekiston Respublikasi tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi a’zolari o‘rtasida olib borilgan tadqiqotlar, muvaffaqiyatli biznes uchun nisbatan muhim bo‘lgan tadbirkorlik axboroti sektorlarini aniqlash imkonini berdi. 11.1-jadvalda tadbirkorlik axboroti to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan bo‘lib, u yoki bu axborotni afzal ko‘rishlariga ko‘ra, so‘ralganlar (% da) joylashtirilgan. Tahlil natijasi shuni ko‘rsatadiki, hisobga olingan ma’lumot bazalarining (MB) 84%i davlat sektoriga tegishlidir. Hozirgi paytda ishbilarmonlik va tijorat axborotlari MB ning shakllanishi va rivojlanishi iqtisodiyotining nodavlat sektorida ro‘y bermoqda. Bugungi kunda yuzlab axborot mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va axborot xizmati ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar ishlab turibdi.
Tadbirkorlik faoliyatida axborotlarga mazmunan qiziqishlarning tasniflanishi.
11.1-jadval




Download 1,77 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   91




Download 1,77 Mb.