• 11-MA’RUZA. AXBOROT LOGISTIKASI REJA
  • Tayanch so‘z va iboralar
  • Ditorlik opеratsIYalar




    Download 1,77 Mb.
    bet50/91
    Sana09.07.2024
    Hajmi1,77 Mb.
    #267097
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   91
    Bog'liq
    umumiy ma\'ruza

    NAZORAT SAVOLLARI

    1. Oqim tushinchasiga ta’rif bering?

    2. Oqimni tasniflovchi omillarni sanab bering.

    3. Uzluksizlik darajasiga ko‘ra oqimlar qanday tasniflanadi?

    4. Muntazamlilik darajasiga ko‘ra oqimlar qanday tasniflanadi?

    5. Barqarorlik darajasi ko‘ra oqimlar qanday tasniflanadi?

    6. O‘zgaruvchanlik darajasiga ko‘ra oqimlar qanday tasniflanadi?

    7. Elementlarning joylashishiga ko‘ra oqimlar qanday tasniflanadi?

    8. Davriylik darajasi bo‘yicha oqimlar qanday tasniflanadi?

    9. Tashish darajasining chastotasiga oqimlar qanday tasniflanadi?

    10. Murakkablik darajasi bo‘yicha oqimlar qanday tasniflanadi?



    11-MA’RUZA.
    AXBOROT LOGISTIKASI


    REJA



      1. Logistikada axborotning tutgan o‘rni.

      2. Axborot logistik tizimlari.
      3. Talab va taklifni solishtirish.




    Tayanch so‘z va iboralar
    Axborot logistikasi, axborot oqimlari, axborot jarayoni, axborot ta’minoti, axborotni yig‘ish, axborotni saqlash, axborotni tashish, talab, taklif, buyurtma, aylanma vaqt.


    11.1. LOGISTIKADA AXBOROTNING TUTGAN O‘RNI.

    • Axborot logistikasi tushunchasi va masalalari.

    • Logistikada axborot jarayonining asosiy funksiyalari.

    • Logistik tizimda axborot oqimlarining o‘rni.

    Axborot logistikasi tushunchasi va masalalari. Logistika maqsadlariga erishish uchun logistik jarayonlarni boshqaruv orqali doimiy tarzda kuzatish va ta’sir ko‘rsatish zarur. Bu holatda boshqaruv ishlab chiqarishda va mahsulot sotishda band bo‘lgan hamma bo‘linmalarning faoliyatini bir – biriga moslashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bunday birlashuvning kuroli bo‘lib axborot ta’minoti xizmat qiladi.
    Axborot oqimlari logistik tizimning hamma elementlarini birlashtiruvchilari sifatida namoyon bo‘ladi. Axborot turli xil logistik operatsiyalarni bajarish davomida yuzaga keladi va moddiy oqim harakatining hamma bosqichlarida uni kuzatib boradi. Logistik tizimda boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda va qabul qilishda axborot qo‘llaniladi.
    Axborot logistikasi moddiy oqimlarni kuzatib boruvchi berilganlar oqimini tashkil etish va korxonada ta’minot ishlab chiqarish, sotuv bo‘limlarini bog‘lovchi muhim bo‘g‘in hisoblanadi.
    Axborot logistikasining maqsadi bo‘lib boshqaruv tizimini axborot bilan to‘ldirishning yuqori darajasini ta’minlash, hamda logistik tizim boshqaruv ierarxiyasining har bir darajasiga zarur axborotni so‘ralgan sifatda va aniq muddatlarda etkazib berish hisoblanadi.
    Logistikada axborot jarayonining asosiy funksiyalari. Axborot logistikasi logistik tizimda o‘tadigan axborot oqimlarini tashkil etadi va axborot jarayonlarini amalga oshiradi.
    Axborot oqimi – bu ma’lum ketma - ketlikda, belgilangan yo‘nalishda harakatlanayotgan, hamda boshlang‘ich, oraliq va oxirgi nuqtalari belgilab qo‘yilgan axborotdir.
    Axborot jarayoni – bunda axborot o‘zgarishlarning aniq ketma - ketligiga ega bo‘lgan asosiy ob’ekt sifatida ko‘rib chiqiladi. Bu holatda axborotni yig‘ish, tahlil qilish, qayta shakllantirish, saqlash, qidirish va tarqatish muhim o‘rin tutadi.
    Logistik tizimda o‘tadigan axborot jarayoni davomida quyidagi funksiyalar amalga oshiriladi:

    • Axborotni vujudga kelish joylaridan yig‘ish;

    • Axborotni tahlil qilish va qayta shakllantirish;

    • Axborotni yig‘ish va saqlash;

    • Axborotni tashish;

    • Axborot oqimini fil’trlash, ya’ni boshqaruvning u yoki bu darajalariga zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni tanlab olish;

    • Axborot oqimlarini birlashtirish va ajratish;

    • Elementar – axborot qayta shakllantirishlarni amalga oshirish;

    • Axborot oqimini boshqarish.

    Logistik tizimda axborot oqimlarining o‘rni. Alohida korxona darajasida axborot logistik tizimlari uch guruhga ajratiladi.
    Rejali axborot tizimlari logistik tizimlarni boshqarishning yuqori darajasida tashkil etiladi hamda strategik xarakterga ega bo‘lgan qarorlarni tayyorlash va qabul qilish uchun xizmat qiladi: logistik zanjir bo‘g‘inlarini tashkil etish va optimallashtirish; ishlab chiqarishni rejalashtirish; zaxiralar va zaxiralarning umumiy boshqaruvi va boshqalar.
    Dispozitiv yoki dispetcher tizimlar ombor yokissexni boshqarish maqsadida tashkil etiladi va bu logistik tizimlarning samarali ishlashini ta’minlaydi. Bu erda quyidagi masalalar hal qilinadi: ombor vassexlarda zaxiralarni boshqarish; transportni boshqarish; yuklarni tanlash va komplektlash; jo‘natilgan tovarlar hisobi va boshqalar.
    Bajaruvchi yoki operativ tizimlar boshqaruvning u yoki bu organlari asosida tashkil etiladi va moddiy oqimlarni operativ boshqarish, ular harakatining grafik va rejalari bajarilishi ustidan nazorat, yuklar harakatini boshqarish va boshqalar bilan bog‘liq masalalarni echadi.
    Axborot logistik tizimlari korxonani boshqarish tizimining ierarxik tuzilmasiga mos keladi va uchta darajadan iborat bo‘ladi:
    Birinchi daraja – logistik operatsiya amalga oshirilayotgan ish joyi.
    Ikkinchi daraja – ish joylari joylashgan va yuklarni tashishi amalga oshirilayotgan uchastka,ssex, omborlar.
    Uchinchi daraja – xom ashyoni tushirib olishdan tayyor mahsulotni etkazib borishgacha bo‘lgan voqealar zanjirini qamrab oluvchi transport va yuklarni tashish tizimi.
    Bu uchta darajalardan keladigan axborot bitta axborot tizimiga integratsiyalashadi. Vertikal va gorizontal integratsiyalar ajratiladi.
    Vertikal integratsiya rejali, dispozitiv va bajaruvchi tizimlar orasida aloqani vertikal axborot oqimlari orqali ta’minlaydi.
    Gorizontal integratsiya deb dispozitiv va bajaruvchi tizimlarning alohida komplekslari orasida aloqaning gorizontal axborot oqimlari orqali ta’minlashga aytiladi.




      1. Download 1,77 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   91




    Download 1,77 Mb.