• Tayanch so‘z va iboralar
  • Ditorlik opеratsIYalar




    Download 1,77 Mb.
    bet58/91
    Sana09.07.2024
    Hajmi1,77 Mb.
    #267097
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91
    Bog'liq
    umumiy ma\'ruza

    13-MA’RUZA.
    ZAXIRALARNI ANIQLASH VA OPTIMALLASHTIRISH


    REJA

      1. Logistik xarajatlar tasnifi.

      2. Zaxiralarni aniqlash usullari.

      3. Logistika jarayonlarini optimallashtirish.
      4. Talab olinishini takomillashtirish




    Tayanch so‘z va iboralar
    Korxonada moddiy oqimlar, mahsulotni sotish, savdo – sotiq, yuklarni sug‘urtalash, yuklash – tushirish, defitsit, transport – ekspeditorlik, boshqaruv xarajatlari, yuk to‘lovlari va boshqa turdagi yo‘qotishlar.


    13.1. LOGISTIK XARAJATLAR TASNIFI.



    • Korxonada moddiy oqimlarni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar.

    • Mahsulotni sotish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar.

    Logistika jarayonlarini boshqarshdan maqsad logistik tizimlarning samaradorligini oshirishdan iborat. Bu maqsadga erishishda katta e’tibor logistik xarajatlarni rejalashtirish, hisobga olish va qisqartirishga qaratiladi. Mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar tarkibida bu xarajatlarning miqdori katta va mashinasozlikda 10 -15 %ni, yengil va oziq - ovqat sanoatida 30 – 45 % ni tashkil etadi.
    Logistik tizimda xarajatlar ikkita asosiy guruhga bo‘linadi:

    1. korxona ichida moddiy oqimlarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar.

    2. mahsulotni sotish jarayonida yuzaga keladigan xarajatlar.

    Korxonada moddiy oqimlarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar. Logistik funksiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar hamma turdagi omborlardan moddiy resurslarni xarid qilishda, ombor operatsiyalarini bajarishda, transport va yuklash – tushirish ishlarini bajarish jarayonida va hokazolarda vujudga keladi.
    Korxonada moddiy oqimlarni tashkil etishda vujudga keladigan xarajatlar guruhiga quyidagi funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi: turli xil maqsadlarga yo‘naltirilgan zavod omborlarini ishlatish; zaxiralarni shakllantirish va saqlash; ichki tashish ishlarini tashkil etish; jo‘natilgan tovarlarni tanlash va ularni qadoqlash; hujjatlarni tayyorlash.
    Mahsulotni sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar. Mahsulotni sotish bilan bog‘liq xarajatlar guruhiga xarajatlarning quyidagi turlari kiradi:

    • mahsulotni iste’molchigacha etkazib berish xarajatlari;

    • yuklash – tushirish ishlariga ketadigan xarajatlar;

    • tovarning yo‘ldagi harakati bilan bog‘liq xarajatlar;

    • yuklarni sug‘urtalash bilan bog‘liq xarajatlar;

    • savdo – sotiq tashkilotlarida zaxiralarni shakllantirish va saqlashga ketadigan xarajatlar;

    • defitsit natijasidagi yo‘qotishlar;

    • transport – ekspeditorlik funksiyalari bilan bog‘liq xarajatlar;

    • boshqaruv xarajatlari, yuk tulovlari va boshqa turdagi yo‘qotishlar.

    13.1-jadval
    AQSH va Buyuk Britaniyada tovar harakatiga ketadigan xarajatlar strukturasi (% da).


    Download 1,77 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91




    Download 1,77 Mb.