|
ZAXIRALARNI BOSHQARISH STRATEGIYALARI
|
bet | 57/91 | Sana | 09.07.2024 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #267097 |
Bog'liq umumiy ma\'ruzaZAXIRALARNI BOSHQARISH STRATEGIYALARI
Zaxiralarni boshqarishning bir nechta strategiyalari mavjud. Bu strategiyalar maxsus xizmatlar ishchilariga, oddiy hisoblarni o‘tkazish asosida zaxiralarni boshqarishda korxonaning siyosatini aniqlash imkonini beradi.
Eng katta ehtiyotkorlik strategiyasi. Bu strategiya asosan zarur zaxira miqdori bir kun ichida zaxiralarning maksimal iste’molini etkazib berishning eng katta davomiyligiga ega bo‘lgan davriga yig‘indisi sifatida aniqlanadi. Natijada keyingi buyurtma berilish vaqtiga to‘la miqdorda ishlatilib tugatilmaydigan zaxiralar vujudga keladi.
Qo‘shimcha zaxira strategiyasi. Bu holda iste’molchilarning kafolati moddiy resurslarning qo‘shimcha zaxiralarini tashkil etish hisobiga ta’minlanadi. Qo‘shimcha zaxiralar miqdori quyidagi uslublar bo‘yicha aniqlanadi:
1-uslub. Zaxira miqdori o‘rtacha talab miqdorining mustahkamlik koeffitsientiga to‘g‘rilangan o‘rtacha o‘zib ketish vaqtiga ko‘paytmasiga teng. Asosan uning miqdori 25 – 40 %ga teng.
2-uslub. Saqlash birliklari o‘rtacha miqdori iste’mol davrining o‘rtacha miqdorini ildiz osti ko‘rsatkichi sifatida aniqlanadi.
Talabdan foiz strategiyasi. Bu strategiya asosida bir kunlik ish natijalari bo‘yicha moddiy zaxiralarga bo‘lgan talabning tahlili yotadi. Talabning miqdori haqida berilganlar, natijalar o‘sib boruvchi taqsimot grafigiga kiritiladi. Bundan keyin ishlab chiqarish jarayonining buzilishiga olib kelmaydigan, zaxiralarning to‘liq ishlatilish imkonini beradigan buyurtmalarni berish davrlari belgilanadi. Bu kattalik bo‘yicha grafikdan zaxiralarni to‘liq ishlatilish hollariga mos keluvchi talab miqdori aniqlanadi.
Nazorat uchun savollar
Zaxiralarni boshqarish tizimida xarajatlarning turlari.
Moddiy zaxiralarni tashkil etish sabalari.
Buyurtma miqdori va davriyligi belgilangan tizimlar.
Zaxiralarni boshqarish strategiyalari.
Qo‘shimcha zaxiralar miqdori qanday uslublar bo‘yicha aniqlanadi?
Talabdan foiz strategiyasi mohiyati qanday?
Zaxiralarni nazorat qilish tizimlari tushuntirib bering.
Buyurtma davriyligi belgilangan tizimda va materiallarning iste’mol qilinish intensivligi har xil bo‘lganda joriy zaxiralar harakatining grafigini izoxlab bering.
Zaxiralarni boshqarish jarayonida buyurtma nuqtasini va talab qilinayotgan materiallar miqdorini belgilab olish tartiblani aytib bering.
Eng katta ehtiyotkorlik strategiyasi deganda nimani tushunasiz?
|
| |