12.3. ZAXIRALARNI NAZORAT QILISH TIZIMLARI
Asosiy tushunchalar.
Buyurtma miqdori belgilangan tizim.
Buyurtma davriyligi belgilangan tizim.
Zaxiralarni nazorat qilishning boshqa tizimlari.
Tugatilmagan ishlab chiqarishni nazorat qilish.
Asosiy tushunchalar. Zaxiralarni nazorat qilish tizimi – bu zaxiralarni tashkil etish va to‘ldirish, uzluksiz nazoratni yo‘lga qo‘yish va etkazib berishlarni operativ rejalashtirish bo‘yicha chora - tadbirlar yig‘indisidir.
Zaxiralarni nazorat qilish jarayonida zaxiralarning turli xil miqdoriy darajalari ajratiladi:
- maksimal zaxira, bu zaxira kafolatlangan, tayyorlov zaxiralari va maksimal joriy zaxiraning yig‘indisiga teng. Uning hajmi yuqori me’yoriy resurslar nazorati uchun o‘rnatiladi.
- o‘rtacha yoki o‘tuvchi zaxira, bu kafolatlangan, tayyorlov zaxiralari va joriy zaxiralar yarmining yig‘indisiga teng. Bu ko‘rsatkichning miqdori zaxiraning me’yoriy miqdoriga mos keladi.
- minimal zaxira, bu kafolatlangan va tayyorlov zaxiralar yig‘indisiga teng. Zaxiralarning bu darajagacha kamayishi ularni tez vaqtda to‘ldirilishi zarurligini ko‘rsatadi.
Zaxiralarni boshqarish jarayonida buyurtma nuqtasini va talab qilinayotgan materiallar miqdorini belgilab olish muhimdir.
Buyurtma nuqtasi bu zaxiralarning belgilangan maksimal darajasidir, u kamayganda moddiy boyliklarning keyingi partiyasining etkazilishiga buyurtma beriladi.
Buyurtma hajmi – bu zaxirani to‘ldirish uchun buyurtma berilishi zarur bo‘lgan materiallar miqdoridir. Agar minimal zaxiraga yangi partiyani qabul qilish vaqtida erishilgan bo‘lsa, zaxira maksimal darajaga ko‘tariladi.
Buyurtma hajmini partiya hajmi va etkazib berishlar o‘rtasidagi intervalni o‘zgartirish yoki ham hajmni, ham etkazib berish intervalini o‘zgartirish orqali boshqarish mumkin. SHunga qarab zaxiralarni boshqarish amaliyotida ikkita asosiy tizimdan foydalaniladi:
- buyurtma miqdori belgilangan tizim;
- buyurtma davomiyligi belgilangan tizim;
Buyurtma miqdori belgilangan tizim. Materiallarni bir xil, oldindan aniqlangan optimal partiyalarini o‘zgarib turuvchi vaqt intervallari ichida kelib tushishini nazarda tutadi. Keyingi partiyani etkazib berilishiga buyurtma omborda mavjud zaxira belgilangan kritik darajagacha – «buyurtma nuqtasigacha» kamayganda beriladi (12.1–rasm).
Buyurtmadan oshib kеtish davri
12.1–rasm. Buyurtma miqdori belgilangan tizim.
Omborga keyingi partiyalarni yetkazib berishlar orasidagi intervallar moddiy resurslarni ishlatilish (iste’mol qilinish) intensivligiga bog‘liq.
Buyurtma nuqtasiga mos keluvchi zaxiralar darajasi, yetkazib berish vaqtini buyurtmadan kechikishi davomida kutilayotgan ehtiyojni kafolatlangan zaxira bilan yig‘indisiga teng.
Qbn = r * T + qkaf.
Bu yerda Qbn - buyurtma nuqtasining zaxirasi; r – materialning o‘rtacha kunlik xarajati; T – buyurtma berilish davri; qkaf – kafolatlangan zaxira.
Bunda yetkazib berishga buyurtma berilishi bilan partiyaning omborga kelib tushishi orasidagi vaqt intervali t o‘zgarmas deb olinadi. Zaxiralarni boshqarishdan maqsad ularning harakati haqida berilganlar asosida «buyurtma nuqtasini» aniqlash va zarur materiallarni etkazib berishga buyurtmani hujjatlashtirishdan iborat.
Detal X uchun xarid qilinayotgan partiyaning optimal miqdori 500 dona deb aniqlandi. Bashorat qilinayotgan talab bir yilda 1500 donani tashkil etadi. Buyurtma bajarilish muddati bir oy (22 kun)ga teng deb olaylik. Agar bir yilda 250 ish kuni bo‘lsa, unda yillik iste’mol 1500 \ 250 yoki bir kunda 6 donani tashkil etadi. Demak 500 dona, 500 \ 6 yoki 83 kunda ishlatilib ketadi, biron - bir kafolatlangan zaxira mavjudligini ham hisobga olaylik. Buyurtma bajarilish muddati bir oy bo‘lsa, «buyurtma nuqtasi»da zaxiralar darajasi kafolat zaxirasidan 6 * 22 yoki 132 donaga oshadi.
Buyurtma miqdori belgilangan tizimning qulayligi – materialning bir xil partiyalar bilan kelib tushishi, bu esa zaxiralarni etkazib berish va saqlash xarajatlarining kamayishiga olib keladi. Bu tizimning kamchiligi zaxiralarning mavjudligi ustidan doimiy nazorat olib borilishi zarurligi va nazorat bilan bog‘liq xarajatlarning oshishidan iborat.
Buyurtma davomiyligi belgilangan tizim. Zaxiralarni boshqarishning davriyligi belgilangan tizimi materiallarni bir xil, doimo qaytariladigan vaqt oraliqlaridan (zaxiralarni mavjudligini tekshirish davridan) keyin kelib tushishini nazarda tutadi. Zaxiralarning mavjud qoldig‘ining har bir tekshiruvidan so‘ng buyurtma hujjatlashtiriladi va uning miqdori materiallarni iste’mol qilinish intensivligiga bog‘liq bo‘ladi. Buyurtma miqdori maksimal zaxiradan materiallarni tekshiruv vaqtidagi joriy zaxira darajasining ayirmasiga teng.
q = qmax - qjor ,
bu yerda q – buyurtma miqdori, qmax - zaxiraning maksimal darajasi, qjor – buyurtma bajarilish vaqtida mavjud zaxira hajmi.
Agar haqiqiy talab kutilayotgandan yuqoriroq bo‘lsa, buyurtma miqdori samarali buyurtma miqdoridan kattaroq bo‘ladi va aksincha, buyurtma miqdori kamroq bo‘ladi, agar materiallarga talab kutilayotgan o‘rtacha miqdordan kamroq bo‘lsa. SHunday qilish zaxiralarni nazorat qilishning davriy tizimi qo‘llanilganda buyurtmalar orasidagi vaqt intervali o‘zgarmas bo‘lib qoladi, buyurtmaning miqdori esa iste’mol qilinish intensivligiga qarab o‘zgaradi, ya’ni o‘zgaruvchan kattalik hisoblanadi.
Zaxiralarni nazorat qilishning bu uslubida zaxiralarni boshqarish sxemasi 12.2-rasmda ko‘rsatilgan.
12.2–rasm. Buyurtma davriyligi belgilangan tizim.
Materiallarni iste’mol qilinish intensivligi har xil deb olaylik: birinchi davrda u o‘rtacha yillikka yoki bir kunda 6 donaga to‘g‘ri keladi; ikkinchi davrda – o‘rtacha yillikdan yuqoriroq yoki bir kunda 10 donani tashkil etadi; uchinchi davrda iste’mol qilinish intensivligi sezilarli bo‘lmasin – bir kunda 3 dona.
Har bir davr uchun zaxiralar harakatining grafigini tuzamiz (12.3–rasm).
12.3-rasm. Buyurtma davriyligi belgilangan tizimda va materiallarning iste’mol qilinish intensivligi har xil bo‘lganda joriy zaxiralar harakatining grafigi.
Zaxiralarni to‘ldirishning birinchi davri. Agar joriy davrning birinchi sanasiga zaxira 500 donaga teng deb olsak, unda yangi buyurtma zaxira darajasi kafolat miqdoriga etishidan 22 kun oldin beriladi. Bu holatda davriyligi belgilangan tizim va buyurtma miqdori belgilangan tizimlar zaxiralarning bir xil tuzilmasini beradi, chunki talab kutilayotgan o‘rtacha kattalikka teng.
Zaxiralarni to‘ldirishning ikkinchi davri. Buyurtmalar orasida belgilangan 83 kunlik intervalning birinchi 22 kunida (22-rasmda 61 dan 83 gacha bo‘lgan kunlar) ombor zaxiralari nolgacha 6 dona\kun me’yori bo‘yicha kamayib boradi. Belgilangan davrning qolgan 61 kun davomida zaxiralar darajasi yillik o‘rtacha iste’mol (10 dona\kun) dan oshuvchi me’yor bo‘yicha kamayib boradi.
Buyurtma berilish vaqtiga kelib, u – 110 [500dona – (61dona * 10kun)]ga teng bo‘ladi. Demak, buyurtma miqdori 610 donaga kafolat zaxirasining [500 – (-110) + qkaf] yig‘indisiga teng bo‘ladi. Buyurtma berilishi vaqtida omborda 110 dona etmagani hamda oldini olish vaqtiga mos keluvchi davr ichida 220 dona (10 dona \ kun * 22) iste’mol qilingani uchun, uchinchi davr boshiga kelib zaxiralar darajasi 280 donadan kafolat zaxirasini (610 + qkaf – 110 dona – 220dona)ni tashkil etadi.
Zaxiralarni to‘ldirishning uchinchi davri. Ombor zaxiralari 166 kunga kelib 280 donadan iborat zaxirani tashkil etadi va buyurtma 227 - kunga (166 + 61) beriladi. Bu vaqtda omborda 97 dona zaxira [280 + qkaf – (3 * 61)] joylashgan bo‘ladi. Bu holatda buyurtma miqdori 403 dona [(500dona + qkaf) – (97dona + qkaf)]ni tashkil etadi. Oldini olish vaqtiga mos keluvchi davr ichida ombordan yana 66 dona (3 dona\kun*22 kun) olinadi. Davrning oxirgi 249 - kuniga kelib zaxira darajasi 31donadan 434 donagacha o‘sadi.
Ko‘rib chiqilgan tizimning qulayligi uning oddiyligidir. Kelib tushishlar orasidagi butun interval ichida nazorat faqat bir marta amalga oshiriladi. Tizimning kamchiliklariga quyidagilar taalluqli:
Materialning ozgina miqdoriga ham buyurtma berilishi zarurligi;
Buyurtma berish vaqti kelmasidan, ko‘zda tutilmagan intensiv iste’mol natijasida zaxiralarning tugab qolish xavfi mavjudligi. Shuning uchun buyurtma davriyligi belgilangan tizim, materiallar kam miqdorda va bir tekisda xarajat qilinganda samarali bo‘ladi.
Zaxiralarni nazorat qilishning boshqa tizimlari. Ular zaxiralarni nazorat qilishning asosiy tizimlari asosida vujudga keladi va ularning variantlari sifatida ko‘rib chiqiladi.
Doimiy darajagacha davriyligi belgilangan tizim (TS strategiyasi). Bu holatda buyurtma teng vaqt oraliqlaridan keyin qaytariladi. Qoldiq buyurtma nuqtasi darajasigacha kamayganda, belgilangan muddatdan ilgari, navbatdan tashqaridagi buyurtma beriladi.
«Maksimum – minimum» tizimi (S – s strategiyasi). Bu tizim zaxiralar hisobiga ketadigan xarajatlar va buyurtmani hujjatlashtirishda yo‘qotishlar, zaxiralar defitsiti natijasidagi yo‘qotishlar bilan bir xil bo‘lganda qo‘llaniladi. SHuning uchun ko‘rib chiqilayotgan tizimda buyurtmalar belgilangan vaqt oraliqlaridan keyin emas, balki, ombordagi zaxiralar minimal darajaga teng yoki kamroq bo‘lish sharti bajarilganda beriladi. Buyurtma berilganda uning miqdori shunday hisoblanadi-ki, kelib tushayotgan materiallar zaxiralarni maksimal darajada to‘ldirishi kerak.
Davriyligi o‘rnatilgan va buyurtma miqdori belgilangan tizim (TQ strategiyasi) doimiy vaqt oralig‘i o‘zgarmas zaxiralar tekshiruvini nazarda tutadi. Agar tekshiruv vaqtida ularning darajasi buyurtma nuqtasiga etgan yoki undan kamayib ketgan bo‘lsa, navbatdagi buyurtma beriladi, optimal partiya Q miqdorida beriladi.
Ko‘rib chiqilgan zaxiralarni nazorat qilish tizimlarining grafik ko‘rinishlari 12.4–rasmda keltirilgan.
Qтз
12.4–rasm. Zaxiralarni nazorat qilish tizimlari.
Tugatilmagan ishlab chiqarishni nazorat qilish. Tugatilmagan ishlab chiqarishning natural ifodasi bu ishlab chiqarish jarayonining har xil bosqichlarida joylashgan bo‘shliqlarning yig‘indisi, ya’ni detallar, yig‘uv birliklari va mahsulotlardir.
Tugatilmagan ishlab chiqarish hajmi o‘rtacha kunlik mahsulot ishlab chiqarilishini, mahsulot ishlab chiqarishssiklini tashkil etuvchi ish kunlariga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi. Tugatilmagan ishlab chiqarish miqdori mehnat predmetlarini texnologik jarayon operatsiyalaridan o‘tish tezligini ko‘rsatadi. Tugatilmagan ishlab chiqarish hajmini boshqarish ishlab chiqarishssiklining davomiyligini o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
|