• 12-MA’RUZA. ZAXIRALARNI BOSHQARISH TIZIMLARI REJA
  • Tayanch so‘z va iboralar
  • Ditorlik opеratsIYalar




    Download 1,77 Mb.
    bet54/91
    Sana09.07.2024
    Hajmi1,77 Mb.
    #267097
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91
    Bog'liq
    umumiy ma\'ruza

    NAZORAT SAVOLLARI

    1. Axborot logistikasi tushunchasi va masalalari.

    2. Logistikada axborot jarayonining asosiy funksiyalari.

    3. Logistik tizimda axborot oqimlarining o‘rni.

    4. Logistik axborot tizimlarining turlari.

    5. Axborotni vujudga kelish joylaridan yig‘ish.

    6. Axborotni tahlil qilish va qayta shakllantirish.

    7. Axborotni yig‘ish va saqlash deganda nimani tushunasiz?

    8. Axborotni tashish nima?

    9. Axborot oqimini fil’trlash qanday jarayon?

    10. Axborot oqimlarini birlashtirish va ajratish.

    11. Axborot oqimini boshqarish



    12-MA’RUZA.
    ZAXIRALARNI BOSHQARISH TIZIMLARI


    REJA



      1. Zaxiralarni boshqarish tizimida xarajatlar.

      2. Zaxiralarning turlari.

      3. Zaxiralarni nazorat qilish tizimlari.

      4. Zaxiralarni boshqarish strategiyalari.



    Tayanch so‘z va iboralar
    Zaxiralarni boshqarish, xarajatlar, ombor xarajatlari, to‘g‘ridan – to‘g‘ri xarajatlar, moddiy zaxira, maksimal zaxira,o‘rtacha yoki o‘tuvchi zaxira, minimal zaxira, zaxira miqdori, saqlash birliklari.


    12.1. ZAXIRALARNI BOSHQARISH TIZIMIDA XARAJATLAR

    • Xarajatlarning turlari.

    • Ombor xarajatlarining me’yorlari.

    Xarajatlarning turlari. Moddiy oqimlarni boshqarish konsepsiyasini amaliyotda qo‘llanilishi zaxiralar yig‘indisini optimallashtirish bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri bog‘liq. Zaxiralarni optimallashtirishning mezoni bo‘lib, buyurtmalarni bajarishga va materiallarni saqlashga ketadigan umumiy xarajatlar hisoblanadi.
    Materiallarni xarid qilish va saqlash tizimida xarajatlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:

    • Buyurtmani bajarishga ketadigan xarajatlar;

    • Xarid narxi bilan belgilanadigan to‘g‘ridan – to‘g‘ri xarajatlar;

    • Zaxiralarni saqlashga ketadigan xarajatlar;

    • «defitsit» natijasidagi yo‘qotishlar.

    Buyurtmani bajarishga ketadigan xarajatlar, buyurtmani joylashtirish va etkazib berish bilan bog‘liq. Ular qatoriga xarajatlarning quyidagi statiyalari (tur) taalluqli: etkazib berish shartlarini ishlab chiqish va ularni qabul qilishni tayyorlashga ketadigan xarajatlar; buyurtma bajarilishi ustidan nazorat va ularning bajarilish muddatlarini qisqartirish bilan bog‘liq xarajatlar; transport xarajatlari (agar tashishga ketadigan mablag‘lar qabul qilinayotgan tovar qiymatiga kirmasa); buyurtmani qabul qilish va omborga joylashtirishga ketadigan xarajatlar.
    Bularning ba’zilari buyurtmada joylashtiriladi va hajmga bog‘liq bo‘lmaydi, boshqalari, masalan transport va ombor xarajatlari, to‘g‘ridan - to‘g‘ri buyurtma miqdoriga bog‘liq.
    Umuman olganda buyurtmani bajarishga ketadigan xarajatlar hamma turdagi xarajatlarni o‘zining tarkibiga oladi, ularning miqdori esa bajarilayotgan buyurtmalar soniga bog‘liq bo‘ladi.
    To‘g‘ridan – to‘g‘ri xarajatlar xarid qilinayotgan materiallar narxi bilan belgilanadi va buyurtma partiyasining o‘sishida o‘rnatiladigan ulgurji narxlarning arzonlashishiga qarab o‘zgaradi.
    Zaxiralarni saqlashga ketadigan xarajatlar materiallarni saqlash xarajatlari va zaxiralarning mavjudligi bilan aniqlanadi.
    Xarajatlarning bu guruhiga quyidagi statiyalar kiradi: zaxiralarga qo‘yilgan kapitaldan olinishi mumkin bo‘lgan foiz stavkasi; ombor operatsiyalariga ketadigan xarajatlar va ombor ijarasi uchun to‘lov; ishlab chiqarish birligiga qarashli bo‘lgan omborxonalarni ishlatish bilan bog‘liq joriy xarajatlar; sug‘urta va soliq xarajatlari. Zaxiralarni kamaytirish ombor xarajatlari va u bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning kamayishiga olib keladi.
    Defitsit natijasida yo‘qotishlar, qandaydir davr ichida u yoki bu moddiy resurslarning cheklanganligi natijasida yuzaga keladigan xarajatlardan iborat. Yo‘qotishlarning bu guruhiga quyidagilar taalluqli:

    • zarur materiallar yo‘qligi natijasida ishlab chiqarish jarayonining to‘xtashi hamda materialni boshqa qimmatrog‘iga almashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar;

    • buyurtma bajarilmagan holatda iste’molchining boshqa ishlab chiqaruvchiga murojaat qilishi natijasidagi yo‘qotishlar (bu holatda defitsit natijasidagi xarajatlar, foyda yo‘qotishlari deb qaraladi);

    • buyurtma bajarilishini kutib qolish holatida vujudga keladigan qo‘shimcha xarajatlar.

    Ombor xarajatlarining me’yorlari. Ombor xarajatlari umumiy me’yor bo‘yicha hisoblanadi, bu me’yor xarajatlarning doimiy va o‘zgaruvchan qismlarning munosabatini hisobga oladi.
    Ombor xarajatlar me’yori quyidagini tashkil etadi:
    N = A + V,
    Bu erda, N – ombor xarajatlarning me’yori; A – zaxiralarga qo‘yilgan kapitalning foiz stavkasi; V – materiallarni omborda saqlash xarajatlarining me’yori.
    V = G / D * 100,
    Bu erda G – ma’lum davr ichida omborda materiallarni saqlashga ketgan xarajatlar; D – ombor zaxirasining o‘rtacha qiymati.



    Download 1,77 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91




    Download 1,77 Mb.