Ditorlik opеratsIYalar




Download 1,77 Mb.
bet55/91
Sana09.07.2024
Hajmi1,77 Mb.
#267097
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   91
Bog'liq
umumiy ma\'ruza

12.2. ZAXIRALARNING TURLARI

  • Moddiy zaxira tushunchasi.

  • Moddiy zaxiralarni tashkil etish sabablari.

  • Moddiy zaxiralarning turlari.

Moddiy zaxira tushunchasi. Moddiy zaxiralar – bu ishlab chiqarish jarayoniga yoki shaxsiy iste’molga kirishini kutayotgan xom ashyo, materiallar, yig‘uvchi qismlar, tayyor mahsulot va boshqa moddiy qiymatlardir.


Korxonada zaxiralarning asosiy qismini moddiy oqimni texnologik qayta ishlanishining har xil bosqichlarida uning tarkibiga kirib keladigan ishlab chiqarish predmetlari tashkil etadi.
Moddiy zaxiralarni tashkil etish sabablari. Korxonada zaxiralar ikkita asosiy sabab bo‘yicha tashkil etiladi:

  1. kelib tushishning hajmi bitta iste’mol hajmiga mos kelmasligi.

  2. material kelib tushishi bilan uning iste’moli orasida vaqt o‘zgarishlarining mavjudligi;

Xom ashyo materiallarini etkazib berish, ko‘p hollarda davriy ravishda amalga oshiriladi, ularning iste’moli, asosan, uzluksiz bo‘ladi va kelib tushish vaqti bilan mos kelmaydi. Har bir korxonaning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida xom - ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i va boshqa resurslarning ma’lum turdagi zaxiralari tashkil etiladi. Zaxiralarni tashkil etishga olib keladigan ba’zi bir boshqa sabablar ham mavjud. Bular – narxlarning mavsumiy o‘zgarishi; etkazib berishlarning qabul qilingan grafigining buzilishi (kirib kelayotgan moddiy oqim intensivligining kutilmagan pasayishi); talabning o‘zgarishi (chiqib ketayotgan oqim intensivligining kutilmagan holda oshishi) va boshqalar.
Moddiy zaxiralarning turlari. Xom - ashyoni mahsulotga aylanish yo‘lida va mahsulotning oxirgi iste’molchigacha bo‘lgan harakatida zaxiralarning ikkita asosiy turi tashkil etiladi: ishlab chiqarish va mahsulot zaxiralari.
Ishlab chiqarish zaxiralari iste’molchi – tashkilotlarida shakllantiriladi va ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashga mo‘ljallangan. Mahsulot zaxiralari ishlab chiqaruvchi korxonalarda tayyor mahsulot zaxiralaridan hamda mahsulotni etkazib beruvchidan iste’molchiga qaratilgan harakatidagi zaxiralardan, ya’ni ulgurji va chakana savdo korxonalari, tayyorlov tashkilotlari va yo‘ldagi zaxiralardan iborat. Ular iste’molchilarning moddiy resurslar bilan uzluksiz ta’minlanishi uchun zarur.
Ishlab chiqarish va mahsulot zaxiralari joriy, tayyorlov, sug‘urta va mavsumiylarga bo‘linadi.
Joriy zaxiralar korxonada etkazib berishlar o‘rtasidagi interval ichida uzluksiz ishni ta’minlash va mahsulot partiyalarini optimal miqdorda ishlab chiqarish uchun zarur. Zaxiralarning bu qismi bir tekis va vaqtida ta’minot sharoitlarida etkazib berish va bir martalik iste’mol hajmlarining mos kelmasligi, hamda material harakati bilan bog‘liq bo‘lgan to‘xtashlar natijasida shakllanadi.
Tayyorlov zaxiralari materiallarni ishlatishga tayyorlash va ularni ish joylariga etkazib berish davrida uzluksiz ishni ta’minlash uchun tashkil etiladi.
Kafolatlangan (sug‘urta) zaxiralar ta’minot jarayonidagi uzilishlar yoki ishlab chiqarish hajmidagi o‘zgarishlar vujudga kelgan holatlarda korxonaning ishini ta’minlash uchun zarur. Bu zaxiralar yordamida haqiqiy talabni bashorat qilinganida, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning haqiqiy hajmini rejalashtirilgandan va har xil operatsiyalar bajarilishining haqiqiy muddatlarini rejadagilardan chetlashishlari qoplanadi.
Mavsumiy zaxiralar ishlab chiqarish yoki iste’mol hajmining mavsumiy o‘zgarishlari bilan asoslanadi. Bu zaxira bashorat qilinayotgan (mavsumiy) talabning o‘sishini qondirishga, hamda dam olishlar davrida korxona quvvatining pasayishiga mo‘ljallagan.



Download 1,77 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   91




Download 1,77 Mb.