• TALAB MENEJMENTI VA REJALASHTIRISH 20
  • Ditorlik opеratsIYalar




    Download 1,77 Mb.
    bet63/91
    Sana09.07.2024
    Hajmi1,77 Mb.
    #267097
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91
    Bog'liq
    umumiy ma\'ruza

    14.2. LOGISTIK SERVIS TIZIMI

    • Logistik servis tizimining shakllanishi.

    • Logistik xizmat darajasi.

    • Logistik xizmat ko‘rsatishning sifat mezonlari.

    • Sotuvdan keyingi logistik servis.

    Logistik servis tizimining shakllanishi. Xizmat ko‘rsatish sohasida korxonaning siyosatini aniqlash logistik servis tizimining shakllanishi bilan bog‘liq va o‘zaro bog‘liq ishlar kompleksini olib borilishini nazarda tutadi.
    Logistik xizmatlar tizimini shakllantirish bo‘yicha amallar quyidagi ketma – ketlikda bajariladi:

    1. iste’mol bozorini segmentlarga ajratish, ya’ni uni aniq iste’molchilar guruhiga bo‘lish, bu guruhlarning har biriga, iste’mol xususiyatlariga qarab ma’lum xizmatlar talab etilishi mumkin.

    2. iste’molchilar uchun eng muhim bo‘lgan xizmatlarni aniqlash.

    3. aniqlangan xizmatlarni saralash, iste’molchilar uchun eng muhim bo‘lgan xizmatlarga e’tiborni kuchaytirish.

    4. bozorning alohida segmentlari kelishuvida xizmatlar standartlarini aniqlash.

    5. ko‘rsatilayotgan xizmatni baholash, servis darajasi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish, kompaniyaning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan servis darajasini aniqlash.

    6. iste’molchilar ehtiyojlariga xizmatlarning mos kelishini ta’minlash uchun ular bilan aloqalar o‘rnatish.

    Bunda iste’mol bozorining segmentlarga ajratilishi geografik omil bo‘yicha, ko‘rsatilayotgan xizmatlar xususiyatlari bo‘yicha yoki boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Iste’molchilar uchun muhim xizmatlarni aniqlash, ularni solishtirish va logistik xizmat standartlarini aniqlash iste’molchilar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
    Logistik xizmat darajasi. Logistik xizmatlarni etkazib berish jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlarni bajarishga ketadigan vaqtni, xuddi shu etkazib berish jarayonida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlarning umumiy kompleksiga ketadigan vaqt bilan taqqoslash yo‘li bilan ham baholash mumkin. .
    Logistik xizmat ko‘rsatish darajasini baholash uchun xizmatlarning eng muhim turlari tanlanadi, ularni ko‘rsatish katta xarajatlarni talab etadi, ko‘rsatmaslik esa – katta yo‘qotishlarga olib keladi.
    Servis xarajatlarining xizmat darajasiga bog‘liqligi 14.1–rasmda ko‘rsatilgan.
    70% va undan yuqori bo‘lgan servis xizmat ko‘rsatish xarajatlari xizmat ko‘rsatish darajasiga bog‘liq holda eksponensial o‘sib boradi va 90 % ga etganda logistik servis hajmini oshirish samarasiz bo‘lib qoladi. SHu bilan birga xizmat ko‘rsatish darajasini pasaytirish servis sifatining yomonlashuvi natijasidagi yo‘qotishlarga olib keladi (14.2–rasm).



    Logistik xizmatning maqsadi xizmat ko‘rsatish darajasining optimal miqdorini qidirishdan iborat. Grafik tarzda servis darajasining optimal miqdorini xizmat darajasi o‘zgarganda xarajatlar va yo‘qotishlarning o‘zgarishini aks ettiruvchi F summar chizig‘ini qurish orqali aniqlash mumkin (14.3–rasm).



    14.3-rasm. Xizmat ko‘rsatish darajasining miqdoriga xarajatlar va yo‘qotishlarning bog‘liqligi.

    Logistik xizmat ko‘rsatishning sifat mezonlari. Logistik xizmat ko‘rsatish sifatini baholash uchun quyidagi mezonlardan foydalaniladi:


    - yetkazib berishning egiluvchanligi;
    - buyurtma bajarilish davomiyligi;
    Etkazib berishning egiluvchanligi buyurtma bajarilishining kelishilgan muddati buzilmagan holda, mijozni etkazib berishning birlamchi shartlarini o‘zgartirish haqidagi xohishlar qondirilish darajasini xarakterlaydi. Bunga buyurtmani o‘tkazish shakli yoki usulini o‘zgartirish va boshqalar kiradi.
    Yetkazib berishning ishonchliligi yetkazib beruvchining shartnomada ko‘rsatilgan buyurtma bajarilish muddatlariga rioya qilish imkoniyatlarini aniqlaydi. Etkazib berishning ishonchliligiga ta’sir etuvchi muhim omil bo‘lib shartnomada ko‘rsatilgan majburiyat (kafolat)larning mavjudligi hisoblanadi, bu majburiyatlarga asosan etkazib beruvchi buyurtma bajarilish muddatlari buzilganligi uchun javobgar bo‘ladi.
    Buyurtma bajarilish davomiyligi buyurtma olinish vaqtidan tovarlar partiyasini iste’molchiga etkazib berishgacha bo‘lgan kalendar’ davrini xarakterlaydi. Buyurtma bajarilish davomiyligi o‘zining tarkibiga quyidagilarni oladi: buyurtmani hujjatlashtirish, ishlab chiqarish, qadoqlash, tushirish va iste’molchiga etkazib berish.
    Sotuvdan keyingi logistik servis. Tovarlar ekspluatatsiyasininng butun muddati davomida texnik xizmat ko‘rsatish, iste’molchilarni o‘qitish va axborot bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar kompleksini tashkil etadi.
    Sotuvdan keyingi davr ichida logistik xizmat ko‘rsatish quyidagi asosiy tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

    • tovar sotilgandan keyin xaridorga ko‘rsatiladigan xizmatlarni aniqlash;

    • etkazib berish shartlarini kelishish jarayonida sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish ketma – ketligini o‘rnatish;

    • zarur bo‘lgan texnik hujjatlarni tayyorlash va chiqarish tovar iste’molchilarini o‘qitish;

    • ehtiyot qismlar hamda etkazib berilayotgan tovarlar ustidan nazoratni amalga oshirish imkonini beruvchi instrumentlar va tekshiruv uskunalari bilan ta’minlash;

    • logistik xizmat ko‘rsatish jarayonini, uni to‘g‘ridan - to‘g‘ri amalga oshirish yo‘li bilan yoki subpodryadchiklar (pudratchilar), distrib’yutorlar (tarqatuvchilar), mijozlar tomonidan olib borilayotgan xizmat ko‘rsatish sifati ustidan nazorat o‘rnatish orqali boshqarish;

    • ehtiyot qismlarini saqlash va sozlash ishlarini olib borish uchun joy va infratuzilmani aniqlash va tayyorlash;

    • ehtiyot qismlar harakati jarayonida qadoqlash va vaqtinchalik omborga joylashtirish, yuklash -tushirish ishlari, transport vositalari hamda xizmat ko‘rsatish personalining harakatini boshqarish.

      1. TALAB MENEJMENTI VA REJALASHTIRISH20


    O‘tmishda talab berildi va firma imkoni boricha unga qarshi yaxshiroq harakat qilishi kerak, kamroq tartibli savdo bashoratlari uning bunday qilishida yordam bera oladi. Bugungi kunda,eng yaxshi faoliyat yuritayotgan kompaniyalar yanada faolroq barqarorlikni qabul qilmoqdalar. Faqatgina firma harakatlari talabga ta’sir qilmasligini tan olishmoqda (yangi mahsulotlar, savdo yordamlari, reklama kompaniyalari va boshqalar), biroq ushbu bozor hosil qilgan o‘zgaruvchanlik o‘rinli ta’minot zanjirini rejalashtirishbilan almashtirilishi mumkin. Talab menejmenti turli vositalar va qoidalarning talab va taklif o‘zgarishlarining sabablarini chuqurroq o‘zlashtirish orqali yanada samarali balanslash uchun imkon beruvchi termin sanaladi. Taklif rejalashtirilishi bozorning talablari to‘liq dasturga kiritilishining real talablarini qanday tushunishning o‘zgarishi demakdir, hamda mahsulotlarning aniq vaqt va joyda mavjud bo‘lishiga ishonch hosil qilish kerak. Bugungi kunda,ayrim kompaniyalar talab menejmenti va rejalashtirishga rasmiy qarashlarni belgilagan bo‘lib, u ko‘pincha savdolar va operasiyalarni rejalashtirish sifatida yuritiladi (S&OP).
    S&OP tashkiloti bozorning real talablari ta’minlanishi va ayrim samarali yo‘llarda harakat qilishini ta’minlash uchun yo‘l qidiradi. Mijozni qoniqtirish to‘liq vaqtda etkazishni minimum inventar bilan amalga oshirish orqali ta’minlash asosiy maqsad hisoblanadi.
    Muvaffaqiyatli M&OPP uchun ayrim dastlabki talablar mavjud va ular shaklda umumlashtirilgan.


    Download 1,77 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91




    Download 1,77 Mb.