Doimiy qayta aloqani tashkil etish




Download 30.75 Kb.
bet2/6
Sana04.01.2024
Hajmi30.75 Kb.
#130233
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Texnologiyalarning konseptual asoslari-fayllar.org
10-mavzu, 5, 6-mavzu, Hasan Istamov, 4-mavzu axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja Ax, 3-taqdimot (taqdimot), 4-Mavzu Jahon media va axborot makonida rakobat muxitk, 2-амалий, 2-семинар, 3-семинар, 10 iyun, 12-maruza, 2-taqdimot, 5-Mavzu Xorijiy ommaviy axborot vositalarini media makondagi o’rni, Документ Microsoft Word
2.1 Doimiy qayta aloqani tashkil etish.
Oʻquvchilarda zaruriy bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish jarayonini
muvaffaqiyatli boshqarish uchun oʻqituvchi pedagogik ta‘sir koʻrsatishning natijalari qandayligi
toʻg‗risidagi ma‘lumotga ega boʻlishi, ya‘ni doimiy qayta aloqaga ega boʻlishi kerak. Qayta
aloqali tizim oʻz ichiga bevosita aloqa, qayta aloqa va bevosita aloqani korreksiyalashni kiritadi.
Har bir darsda qayta aloqa joriy nazorat shaklida amalga oshiriladi. Undan tizimli foydalanish
oʻqituvchiga avvalgi material qanday oʻzlashtirilganligini, bolalar dars davomida oʻquv
materialining mazmunini qanday oʻzlashtirayotganliklarini tekshirish, oʻquvchilarning
bilimlaridagi boʻshliqlarni aniqlash va mazkur boʻshliqlarni bartaraf etish yoki kamaytirishga
qaratilgan tegishli korreksiyani amalga oshirish imkonini beradi.


Ammo sinf bilan ishlashda oʻqituvchi har bir oʻquvchining oʻquv faoliyatining alohida


doimiy operativ nazoratini amalga oshirish imkoniga ega boʻlmaydi. Bu ayniqsa boshlang‗ich
ta‘limda oʻtkir muammoli masala hisoblanadi. kichik yoshdagi oʻquvchilar oʻqishda еtarli
tajribaga va bilimlarga ega boʻlmay, mazmunida va bajarish metodlarida koʻpgina xatoliklarga
yoʻl qoʻyishlari mumkin. Vaqtida toʻg‗rilanmagan xatoliklar esa bartaraf etish qiyin boʻladigan
oʻzlashtiriladigan bilimlar sohasidagi notoʻg‗ri tasavvurlarni mustahkamlaydilar.
Boshlang‗ich ta‘limda joriy nazoratning eng keng tarqalgan shakli soʻrov hisoblanadi.
Individual soʻrov oʻqituvchiga oʻzlashtirish darajasi toʻg‗risida toʻliq va aniq ma‘lumotlarni
olishga imkon beradi, ammo koʻp vaqtni talab etadi, oʻquvchilarning diqqatlarini tarqatib
yuboradi. Bunda soʻralganlarning tanlovi faqatgina bir necha oʻquvchilarni tashkil etadi va bu
umuman butun sinfning materialni oʻzlashtirganligi toʻg‗risidagi tasavvurga ega boʻlish
imkonini bermaydi. Natijada oʻqituvchi oʻqitish korreksiyasini еtarlicha samarali amalga oshira
olmaydi. Frontal soʻrov bir vaqtda barcha oʻquvchilarni qamrab oladi, ammo bilimlarni
oʻzlashtirishning koʻproq yuzaki tavsirini hosil qiladi.
Bundan tashqari, agar soʻrov tezkor sur‘atda amalga oshirilsa, fikrlashning sustlashgan
turiga ega oʻquvchilar oʻqituvchining bergan savollarini anglashga ulgurmaydilar va oʻzlarini
passiv tutib, darsda yuz berayotganlarga qiziqishlarini yoʻqotadilar. Agar soʻrov sust
ta‘sirlanishga ega oʻquvchilarga yoʻnaltirilgan boʻlsa, unda faol ta‘sirli oʻquvchilarning darsga
qiziqishlari yoʻqoladi.
Og‗zaki soʻrovning mazkur kamchiliklarini yozma ishlar ahamiyatli darajada bartaraf
etadi. Ammo bunda ham oʻz kamchiliklari mavjuddir. Masalan, nazoratning ob‘ektivligi
darajasini tashqi yordam pasaytiradi. Yozma ishlar oʻqituvchining darsdan tashqari koʻp vaqtini
talab etadi va oʻquvchilar oʻz ishlarining natijalarini faqatgina keyingi haftada yoki undan ham
kech bilishlari mumkin boʻladi. Shunga koʻra, ommaviy amaliyotda oʻqituvchi tomonidan uning
boshqaruvchi ta‘sirlarining natijalari toʻg‗risida joriy axborotni operativ olishi sodir boʻlmaydi.
Axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan oʻqitishni tashkil etish doimiy toʻliq
nazoratni amalga oshirishga imkon beradi va bunda nafaqat oʻzlashtirish natijalarini, balki
jarayonning oʻzini nazorat qilish mumkin boʻladi. Oʻquvchi bajariladigan topshiriqlarning
natijasini va yoʻl qoʻyilgan xatolarning sonini dastur bilan ishlash vaqtida va ish yakunlanishi
bilan yakuniy natijani koʻradi. Qayta aloqani bunday qurish ma‘lumotni oʻzlashtirishning
toʻg‗riligini ta‘minlaydi, ta‘lim oluvchiga u amalga oshiradigan faoliyatning har bir bosqichini
anglashga imkon beradi, kichik maktab yoshidagi bolalarda shakllanganlik darajasi еtarli
boʻlmagan, uning oʻz-oʻzini nazorat qilishning maqsadga muvofiqligi va zarurligiga ishonchini



hosil qiladi. Bolada refleksiya – oʻz faoliyati usullari, hattiharakatlari prinsiplarini anglash


shakllanadi.
Kompyuter oʻquvchilarning javoblari toʻg‗risidagi ma‘lumotlarni jamlab borishi
mumkinligi sababli, oʻqituvchi har bir oʻquvchining materialni oʻzlashtirishining barcha
bosqichlarining nazoratini amalga oshirish imkoniga ega boʻladi. Dasturning nafaqat xatoni,
balki uning xususiyatini ham aniqlashi, oʻquvchi duch keladigan qiyinchiliklarni yanada aniqroq
belgilashga va eng erta bosqichlardan korreksion ishlarni yanada toʻg‗ri oʻtkazishga imkon
beradi. Qayta aloqaning bunday xususiyati oʻqituvchiga ta‘lim oluvchiga individual yondashuv
boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga, ta‘lim oluvchilarning faoliyatlariga tuzatishlar
kiritishga sharoit yaratadi. Bunda oʻqituvchining yozma ishlarga sarflanadigan koʻpgina vaqti
tejaladi.

Download 30.75 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 30.75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Doimiy qayta aloqani tashkil etish

Download 30.75 Kb.