Oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish prinsiplari




Download 30.75 Kb.
bet5/6
Sana04.01.2024
Hajmi30.75 Kb.
#130233
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Texnologiyalarning konseptual asoslari-fayllar.org
10-mavzu, 5, 6-mavzu, Hasan Istamov, 4-mavzu axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja Ax, 3-taqdimot (taqdimot), 4-Mavzu Jahon media va axborot makonida rakobat muxitk, 2-амалий, 2-семинар, 3-семинар, 10 iyun, 12-maruza, 2-taqdimot, 5-Mavzu Xorijiy ommaviy axborot vositalarini media makondagi o’rni, Документ Microsoft Word
Oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish prinsiplari 



О‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:


о‘quv-metodik majmualar ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy
prinsiplari asosida yaratilganligi; о‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi,
psixofiziologik
xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi; о‘quvchilarda
vatanparvarlik va milliy g‗urur hissini shakllantirishga
qaratilganligi;
umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining zarur hajmi berilganligi,
о‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba kо‘nikmalarini
rivojlantirishga yо‘naltirilganligi.
Boshlang‗ich sinflar uchun darsliklar, о‗quv – metodik majmualar va ularning mazmuni,
tuzilishi.
Darslik — davlat ta‘lim standartlariga muvofiq о‘quv dasturi asosida didaktik, metodik,
pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, о‘quv fanining mavzulari
tо‘liq yoritilgan, uning asoslari mukammal о‘zlashtirilishiga qaratilgan, о‘quv fanining maqsad
va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta‘lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma‘lumotlardan tashqari amaliy-
tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi о‘quv nashri.
Mashq daftari — darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat ta‘lim standartlariga
muvofiq о‘quvchilar tomonidan egallangan bilim va kо‘nikmalarni mustahkamlash hamda о‘quv
fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni rivojlantirishga
qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo)
topshiriqlardan iborat bо‘lgan didaktik vosita.
О‘qituvchi uchun metodik qо‘llanma — darslikdagi har bir mavzuni samarali о‘qitish
metodikasi, qо‘shimcha sinov topshiriqlari va о‘qituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid
boshqa metodik kо‘rsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan
vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‗ulotlar, qо‘shimcha
topshiriqlar va boshqalar haqida metodik kо‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi
о‘quv nashri.
Darsliklarning
multimediali
ilovalari

axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari yordamida о‘quv faniga oid materiallarni davlat ta‘lim standarti va о‘quv
dasturiga mos ravishda yorita oladigan, о‘quv fanini samarali о‘zlashtirishga, о‘quvchilarning
mustaqil ta‘lim olishiga kо‘maklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va
lug‗atlarni о‘z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan о‘tkazish va mustahkamlashga yо‘naltirilgan,



о‘quv fanining asosiy mazmunini boyitadigan qо‘shimcha materialga ega bо‘lgan yoki shu kabi


manbalarga murojaatlarni о‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta‘lim resursi.
Elektron qoʻllanmalar. Elektron qoʻllanmalar ta‘lim jarayonini tashkil etishda quyidagi
funksiyalarni bajaradi:
О‘rganilishi kerak bо‘lgan materialning bir qismini о‘qituvchining о‘rniga tushuntirib
berishi;
О‘qituvchinin gtushuntirishini kо‘rsatib berishi;
О‘rganilayotgan hodisaning, qonunnning texnik jihatdan qо‘llanilishi, mavzuga yakun
yasashi;
Yangi mavzuga kirish vazifasini bajarishi;
О‘quv sayrlarini о‘tkazishning iloji bо‘lmasa, uning о‘rnini bosishi mumkin.
Demak, fanlarni axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib dars tashkil etilsa,
о‘quvchilarning ijodkorligi, mustaqil fikrlay olishi, bilim samaradorligi, fanga bо‘lgan qiziqishi
yanada ortadi.
Oʻqitish vositalaridan ijodiy foydalanish va yasaladigan koʻrgazmali koʻrsatmalar.
Koʻrsatmali qoʻllanmalar. Koʻrgazmali oʻqitish — bu oʻquvchilarning tegishli
kuzatishlariga tayanadigan oʻqitishdir, biroq koʻrgazmali oʻqitishni faqat koʻrsatma
qoʻllanmalardan foydalanib oʻqitish deb tushunish kerak emas.
Darslarda koʻrgazmalilik printsipini amalga oshirishda, bir tomondan, oʻquvchilarning
idrok etishlariga, ikkinchi tomondan, ularning tasavvurlariga tayaniladi. Birinchi holda
koʻrsatma qoʻllanmalar zarur, ikkinchi holda esa koʻrsatma qoʻllanmalarsiz ish olib borish
mumkin, bu holda bolalarning tajribalarini, ilgari toʻplagan tasavvurlarini aktivlashtirish kerak.
Ta‘lim tizimida barcha fundamental bilimlar asosan an‘anaviy bosma shaklda
tayyorlangan oʻquv adabiyotlar, ovozli variantlar va video ishianmalar orqali olinadi. Elektron
darslik esa bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga
va chuqurlashtirishga, yangi qoʻshimcha ma‘lumotlar bilan toʻldirib borishga moʻljallangan
boʻlib, ixtiyoriy fanlar boʻyicha yaratiladi.
Elektron darslik - bu davlat ta‘lim standard asosida mutaxassislik va yoʻnalishlar boʻyicha
fanlarning alohida boʻiimlariga oid nashrlar, namunaviy va ishchi oʻquv dasturi, shuningdek,
mashqlar va masalalar toʻplarni boʻyicha video ishianmalar, turii sxemalar, atlaslar, tajriba ishlar
yuzasidan koʻrsatmalar, testlar va boshqa ma‘lumotlar boʻlishi mumkin. Rasmiy asnoda olib
boriladigan elektron darslik boʻyicha barcha materiallar birinchi navbatda mavjud standartlarga
mos boʻlishi lozim.



Oʻqitishning elektron vositalari. Oʻqitish jarayoni pedagog, ta‘lim oluvchi va oʻqitish


vositalarining oʻzaro ta‘siridan iborat. Hozirgi zamon kompyuter vositalari va axborot
texnologiyalari imkoniyatlari oʻqitish vositalariga oʻqituvchi va ta‘lim oluvchi vazifalarining bir
qismini yuklash imkonini beradi .
Darsni axborot – kommunikatsiya texnologiyalari asosida oʻqitish oʻqituvchi va ta‘lim
oluvchilar ishini ancha osonlashtiradi.
Xususan, boshlang‗ich sinflarda fanlarni kompyuter vositalari asosida oʻqitish quyidagi
imkoniyatlarni yaratadi:
-
Oʻqituvchini takrorlanuvchi mehnatdan xalos etadi va uning vaqtini tejaydi;
-
yaqqol tasvirlar natijasida oʻquvchilarda fazoviy tasavvurlar shakllanadi;
-
oʻquvchilarning ish tartibini tez oʻzlashtirishini ta‘minlaydi;
-
fanga oid nazariy ma‘lumotlar koʻrgazmali vositalar (rangli tasvirlar, ularning
fazoviy koʻrinishlari) yordamida tushuntiriladi va natijada talabalarda ilmiy bilishga ehtiyoj
ortadi;
Kompyuter ekranida sodir boʻlayotgan hodisalarni oʻquvchi koʻrib va eshitib, fikrlash
orqali bilishga intiladi. Oʻquvchi sezgi organlari yordamida monitorda sodir boʻlayotgan voqea
va hodisalarni idrok eta boshlaydi. Chunki monitorda ularning xossa va xususiyatlari aks
ettiriladi. U dastavval hissiy bilish orqali ekrandagi hodisa va voqealarni (bir necha bor kuzatib)
bir – biridan alohida holda oʻz ongida aks ettiradi. Shu sababli narsa va hodisalar oʻrtasidagi
bog‗lanishni nazardan chetda qoldiradi. Masalan ekranda biror predmetning, geometrik
chizmalarning, yoki hodisalarning namoyish etilishi bilan oʻquvchi ushbu tasvirlarning
mohiyatiga etibor qaratmasligi mumkin. Boshqa hodisalarning yuzaga kelish jarayonlari,
kechishi, boshqa predmetlar bilan aloqadorligi kabilar bilan tushuntirilganda, va bir necha bor
kuzatganidan soʻng, hissiy bilishdan aqliy bilishga oʻtib, masalaning mohiyatiga e‘tibor bera
boshlaydi.
Oʻquvchining ekranda sodir boʻlayotgan voqea, hodisalarni tahlil etish va sintez qilishi
juda muhim ahamiyatga ega. Analiz va sintez oʻquvchining bilish jarayonini tezlatadi. Analiz –
sintez murakkab ob‘ektlarni oddiy elementlarga, muhim va nomuhimlarga, voqea va hodisalarni
turkumlarga ajratish shartlaridan biridir. Tahlil etishdan asosiy maqsad qism (element) larni
butun (shakl, jism) ning unsurlari sifatida bilish, ular oʻrtasidagi aloqa va qonuniyatlarni
aniqlashdan iborat.
Ma‘lumki, kompyuter axborotlarni kiritish, toʻplash va ular ustida turli xil arifmetik va
mantiqiy amallarni bajarish xamda ularni taxlil etish uchun moʻljallangan. Shuni alohida
ta‘kidlab oʻtish lozimki, namoyish qilinayotgan material qanchalik sodda, tushunarli boʻlmasin,



hayot bilan uzviy bog‗lab tushuntirilmasa, materialni esda saqlab qolish va oʻquvchilarning


bilishga boʻlgan ehtiyojini oshirishga xizmat qilmasligi mumkin.
Ammo, yangi axborot texnologiyalarini joriy qilishning maqsadga muvofiqdigi xaqi da
gapirganda boshlang‗ich sinf oʻquvchilarining oʻziga xos yosh xususiyatlarini e‘tiborga
olmasdan boʻlmaydi. Kagor psixolog va pedagoglar bu yoshdagilarga kompyuter texnikasini
qoʻllashdagi xorij salbiy tajribasini tanqidiy baholab (fikr bildirib), faoliyatning borlikdagi
predmetlar olami bilan boglanganlik xususiyatining (faoliyatni ob‘ektlar bilan emas, balki
ularning modeli, belgili, ramziy turli shakllarni tasvirlash, shu bilan bog‗lik ravishda real
ma‘nosini yukotishi) mumkinligi xaqida ogohlantiradi.
Bularning xammasi kompyuterdan foydalanishni jiddiy cheklaydi, ta‘lim jarayonining
kompyuter, oʻquv dasturlari bilan ta‘minlanishi va uni tashkil qilinishiga oid qator talablarni
oʻrtaga tashlaydi.
Birinchidan, kompyuterlar yuqori grafik imkoniyatga va sifatli rangli monitorga ega
boʻlishi maqsadga muvofiq.
Ikkinchidan, dastur ta‘minoti axborot madaniyatini shakllantirishni ta‘minlashi,
kompyuterdan predmetlar dunyosi xaqidagi bilimlarni shakllantirish uskunasi va predmetlar
dunyosining faol elementi, oʻlchov uskunasi, predmet dunyosining aksi va ta‘sir etuvchisi
sifatida foydalanish kerak.
Uchinchidan, oʻquv jarayoni shunday tashkil etilishi kerakki, oʻquvchilarni kompyuter
muxitiga jalb qilish ularning amaliy faoliyatining bir boʻlagi boʻlib, ularning mantikiy va obrazli
tafakkurining rivojlanishiga, oʻz faoliyatini nazariy jixatdan faxmlashiga, turli modellashtirish,
konstruksiyalash va shularga doir masalalar еchishiga qaratilishi kerak.

Download 30.75 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 30.75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish prinsiplari

Download 30.75 Kb.