• 98-rasm. Briketlangan om uxta-yem
  • Donni saqlash va dastlabki ishlash




    Download 7,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet153/159
    Sana11.12.2023
    Hajmi7,74 Mb.
    #115661
    1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   159
    Bog'liq
    Donni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi. Tursunov S. Muqimov Z. Norinboyev B.

    sm

    S
    o
    ch
    il
    u
    vc
    h
    a
    n
     
    o
    m
    u
    x
    ta
    -y
    e
    m


    Galetlar teshikli to 'g 'ri burchak shaklida kulcha ko'rinishida 
    boiadi. LJni ishlab chiqarish uchun. avval, soluvchan omuxta-yem 
    olinadi, so'ngra undan achitqili xamir qorilib, galetlar pishiriladi va 
    quritiladi.
    98-rasm. Briketlangan om uxta-yem
    Don omuxta-yemning asosiy xomashyosi hisoblanadi. Omuxta- 
    yem tarkibida donning ulushi 65-70 % gacha boradi. Donlar 
    xususiyatiga ko'ra uch guruhga boMinadi: boshoqli donlar, dukkakli 
    donlar va moyli donlar.
    Boshoqli donlarga bug‘doy, arpa, suli, javdar, jo ‘xori, mak- 
    kajo'xori. tariq va boshqalar kiradi. Bu turdagi donlar tarkibida ko'p 
    miqdorda uglevod (kraxmal) va oz miqdorda oqsil mavjud boiadi. 
    Boshoqli donlar V guruh vitaminlariga boy hisoblanadi. Boshoqli 
    donlar maydalangan holida, ba'zan butunligicha (parrandalar uchun) 
    ishlatiladi.
    Omuxta-yem ishlab chiqarishda mazkur donlarning ishlab 
    chiqarish chiqindilaridan ham foydalaniladi. Don chiqindilariga 
    donli aralashmalar va kepak kiradi. Donli aralashma va kepak 
    to ‘yimliligi jihatidan past tursada. ammo vitaminlar va minerallarga 
    boyligi bilan dondan yuqori turadi.
    Dukkakli donlarga no'xat, soya, lyupin va boshqalar kiradi. Bu 
    donlar oqsilga (protein) boyligi bilan ajralib turadi. Omuxta-yem
    262


    ishlab chiqarishda dukkakli donlardan mahsulotni oqsilga boyitish 
    maqsadida foydalaniladi.
    Moyli donlarga kungaboqar, paxta, zig'ir va boshqalar kiradi. 
    Ular omuxta-yemga yaxlit holida qo‘shilmaydi, balki yog‘-moy 
    sanoati chiqindilari kunjara va shrot holida ishlatiladi.
    Moyli ekin donlari yog‘ va oqsilga boy hisoblanadi. Shu bilan 
    birga ba’zi turlarida zaharli moddalar (gossipol, sinil kislotasi) ham 
    mavjud. Omuxta-yem tarkibida bu moddalar miqdori belgilangan 
    ko‘rsatkichdan ortib ketmasligi kerak.
    0 ‘t uni omuxta-yemning qimmatli xomashyosi hisoblanadi. 0 4
    uni o ‘rib quritilgan o ‘tni maydalash orqali hosil qilinadi. 0 ‘t uni 
    oqsil, karotin, A va boshqa vitaminlarga boy mahsulot hisoblanadi.
    Omuxta-yem ishlab chiqarishda oziq-ovqat qand, kraxmal, 
    patoka, spirt va pivo sanoati chiqindilaridan keng foydalaniladi. 
    Qand sanoati chiqindisiga qand lavlagi turpi (jom) va ozuqaviy 
    patoka (melassa) kiradi. Quritilgan lavlagi turpi tarkibida ko‘p 
    miqdorda uglevod mavjud bo‘lib, kavsh qaytaruvchi hayvonlar 
    uchun qimmatli ozuqa hisoblanadi. Melassa suyuq ko‘rinishga ega, 
    uning tarkibida 50 % gacha eruvchan uglevodlar mavjud. Melassa 
    hayvonlar organizmida juda yaxshi hazm bo‘ladi.
    Spirt va pivo chiqindilariga maydalangan don qoldiqlari va 
    quritilgan barda kiradi. Bu mahsulotlar to ‘yimliligi jihatidan donga 
    yaqin turadi. Hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan ozuqalarga baliq 
    uni, go‘sht uni, suyak uni, qon va quritilgan suyak misol bo‘la oladi. 
    Bo‘lar hayvon oqsiliga boy qimmatli mahsulot hisoblanadi. Omuxta- 
    yem tarkibiga yuqori energiya manbai bo‘lgan hayvon yog‘lari ham 
    oz miqdorda qo‘shiladi (odatda 2-5 %).
    Omuxta-yemlarni minerallar bilan boyitish maqsadida ko‘pgina 
    moddalar-bo‘r, fosfatlar, osh tuzi va boshqalardan foydalaniladi. 
    Shuningdek yem tarkibiga xilma-xil biologik faol moddalar qo‘shi- 
    ladi. Ularga vitaminlar, mikroelementlar, antibiotiklar va boshqalar 
    kiradi. Bu moddalar hayvonlar sog‘lig‘i uchun muhim hisoblanadi. 
    Biologik faol moddalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
    - ozuqaviy va boshqa antibiotiklar;
    263


    - vitarainli preparatlar;
    - mikroelementlar (temir, mis, oltingugurt, kobalt, marganes, 
    yod va b.);
    - aminokislotalar (lizin, metionin);
    - antioksidantlar (santoxin, diludin, butiloksitoluol-BTO);
    - tinchlantiruvchi moddalar-tranivilizatorlar;
    - organik kislotalar (sut, propion va b.);
    - dorivor preporatlar va b.
    Omuxta-yem ishlab chiqarishda mazkur xomashyolar bilan 
    cheklanib bo‘lmaydi, balki yemning qimmatliligini oshirishning 
    samarali manbalarini izlab topish lozim. Yem tarkibidagi donning 
    ulushini kamaytirish va boshqa turdagi mahsulotlar bilan boyitish 
    muhim vazifalardan biridir.
    Sochiluvchan xomashyoning texnologik xossalarini tavsiflovchi 
    asosiy ko ‘rsatkichlar, bu zarrachalar kattaligi, strukturali-mexanik 
    xususiyatlar, hajmiy og ‘irlik, bo‘shliligi, aerodinamik xossalari, 
    tabiiy og‘ish burchagi, qovushqoqlik va h.k.

    Download 7,74 Mb.
    1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   159




    Download 7,74 Mb.
    Pdf ko'rish