• Tabiiy qiyalik burchagi.
  • Donni saqlash va dastlabki ishlash




    Download 7,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet155/159
    Sana11.12.2023
    Hajmi7,74 Mb.
    #115661
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   159
    Bog'liq
    Donni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi. Tursunov S. Muqimov Z. Norinboyev B.

    Aerodinamik xossalari. Bu xossalar donli xomashyodan yengil 
    aralashmalarni g ‘alvirlar yordamida ajratib boim aganda e ’tiborga 
    olinadi. Bunday aralashmalar mahsulotdan havo oqimi ta ’sirida 
    ajratiladi. Aerodinamik xossalari turlicha boiganligi natijasida donli 
    xomashyodan engil aralashmalaming ajralishi yuz beradi.
    Tabiiy qiyalik burchagi. Don massasi o ‘zida turli xil kom- 
    ponentlarni saqlaydi, bu esa donning oquvcftanligiga ta ’sir к о ‘rsatadi. 
    Oquvchanligi tufayli xomashyo massasi noriyalar, transportyorlar va 
    boshqa mashinalarda oson harakat qiladi. Shuningdek, xomashyoni 
    bunkerlarga xamda siloslarga joylashtirish va o ‘zi oqizar quvurlar 
    yordamida ulardan chiqarib olishda ushbu xususiyati asqotadi. 
    Saqlash jarayonida oquvchanlik kamayadi.
    Tabiiy qiyalik burchagi deb, sochiluvchan aralashmaning 
    gorizontal tekislikka tushib hosil qilgan konus asosining diametri 
    bilan tashkil qiluvchisi orasidagi burchakka aytiladi. Ishqalanish 
    burchagi deb, sochiluvchan aralashmaning qiya yuza bo‘ylab 
    harakatga kela boshlagan eng kichik burchagiga aytiladi.
    Xomashyoning oquvchanligi darajasiga xomashyo massasidagi 
    qattiq jismlaming granulametrik tarkibi va tabiati ta ’sir к о ‘rsatadi.
    265


    Bular don va aralashmalar yuzasining holati, tavsifi, shakli, oM- 
    chamlari, namligi, aralashmalarning tarkibi va miqdori, shuningdek, 
    sirpanuvchi yuza, materiali va shaklidan iborat. Don massasining 
    namligi ortib borgan sari, uning oquvchanligi kamayadi va aksincha
    tabiiy qiyalik burchagi ortib boradi. Qoida bo‘yicha, o ‘zi oqizar 
    quvurlarning minimal og‘ish burchagi ishqalanish burchagidan
    5-10° ga ko‘proq qabul qilinadi.
    Bo‘r va tuzning sochiluvchan xossalarining o ‘zgarishiga ulardagi 
    namlik ta’sir ko'rsatadi. Tuzning namligi 1 % gacha va bo‘rning 
    namligi 6 %gacha boMganda, yaxshi sochiluvchanlikka ega bo'ladi.
    Q o v u s h q o q l i k .
    Suyuq komponentlarning (melassa, y o g \ 
    fosfatid konsentrati) texnologik xossalari, asosan, qovushqoqligi 
    bilan belgilanadi. Omuxta yem sochiluvchan massasi bilan suyuq 
    komponentni bir tekisda aralashtirish aynan qovushqoqlikka 
    bog‘liq: qovushqoqlik qanchalik past b o lsa, aralashtirish shunchalik 
    yaxshi kechadi. Melassa, yog‘, fosfatid konsentrati omuxta-yem 
    tayyorlashning texnologik jarayoniga kiritilganida isitiladi, chunki 
    isitishda ularning qovushqoqligi kamayadi.
    O ‘z - o ‘z i d a n s a r a l a n i s h .
    Tayyor omuxta-yem o ’lchami, shakli 
    va zichligi turlicha boMgan zarrachalar aralashmasi ko‘rinishida 
    bo'ladi. Omuxta yem harakati jarayonida, ayniqsa, erkin tushishida 
    (silosida) zarrachalarning bir-biriga nisbatan o'zaro joylashuvi 
    sodir bo'ladi. Bu o ‘z-o‘zidan saralanish jarayonidir. 0 ‘z-o‘zidan 
    saralanishda nisbatan kichik zarrachalar pastga tushishi natijasida 
    omuxta-yem sifati buzilishi mumkin. M a’lum darajada suyuq 
    komponentlarning kiritilishi sochiluvchan aralashmaning o'z- 
    o'zidan saralanish jarayoniga to‘sqinlik qiladi.
    O m u x t a - y e m n i j o y l a s h t i r i s h v a s a q l a s h
    M a’lumki omuxta yem murakkab tarkibli, hamda mikro- 
    organizmlar zararkunandalar tez rivojlanadigan va tez buziluvchan 
    mahsulot hisoblanadi. Shuning uchun ular alohidajovlash va saqlash 
    tadbirlarini amalga oshiriladi.
    266



    Download 7,74 Mb.
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   159




    Download 7,74 Mb.
    Pdf ko'rish