• Ishni bajarish tartibi .
  • Xlorid kislotada erimaydigan kulni aniqlash.
  • Dorivor o‘simlik xom ashyosi tark i bidagi ekstraktiv moddalar miqdorini aniqlash.
  • Ko‘krak yig‘masi№2 Tarkibi.
  • Dorivor o‘simlik xom ashyosidagi kul miqdorini aniqlash




    Download 12,25 Mb.
    bet22/49
    Sana01.01.2020
    Hajmi12,25 Mb.
    #7770
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49

    Dorivor o‘simlik xom ashyosidagi kul miqdorini aniqlash.

    Vazifa.


    1. Dorivor o‘simlik xom ashyosi tarkibidagi kul miqdorini aniqlang.

    Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.

    1. Tekshirish uchun dorivor o‘simlik xom ashyosi - 200,0 g.

    2. Tigel.

    3. Mufel pechi.

    4. Analitik tarozi.

    5. Eksikator.

    Ishni bajarish tartibi.

    3-5 g kattalikda maydalangan dorivor o‘simlik xom ashyosi (aniq tortma) oldidan qizdirilgan va aniq tortilgan chinni, kvars yoki platina tigeliga solinadi. So‘ngra tigel asta–sekinlik bilan (xom ashyoni alanga olib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan) past haroratda qizdiriladi. Qolgan ko‘mir bo‘lakchalarini yoqish iloji boricha pastroq haroratda olib boriladi. Ko‘mir deyarli to‘liq yonib bo‘lgandan so‘ng harorat ko‘tariladi.

    Ko‘mir bo‘lakchalari to‘liq yonmasa, qoldiq sovutiladi va suv yoki ammoniy nitratning to‘yingan eritmasi bilan xo‘llanib, suv xammomida quritiladi va mufel pechida kuydiriladi. Kerak bo‘lgan taqdirda bu jarayon bir necha marta qaytariladi.

    Kuydirish kuchsiz qizil cho‘g‘lanishda (taxminan 500oS), kulni erib ketishi va tigel devoriga yopishib qolishiga yo‘l qo‘ymasdan doimiy og‘irlikka kelgunga qadar olib boriladi. Kuydirish tugagandan keyin tigel eksikatorda sovutiladi va tortiladi. Kul miqdori olingan dorivor o‘simlik xom ashyosiga nisbatan xisoblanadi.

    6-laboratoriya ishi.

    Xlorid kislotada erimaydigan kulni aniqlash.

    Vazifa.


    1. Dorivor o‘simlik xom ashyosi tarkibidagi xlorid kislotada erimaydigan kul miqdorini aniqlang.

    Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.

    1. 10% li xlorid kislotasi eritmasi.

    2. Soat oynachasi.

    3. Suv xammomi.

    4. Tozalangan suv.

    5. Filtr qog‘ozi.

    Ishni bajarish tartibi.

    Dorivor o‘simlik xom ashyosini yoqish va kuydirish natijasida qolgan qoldiqqa 15 ml 10% li xlorid kislotasi qo‘shiladi. So‘ngra tigel soat oynachasi bilan yopilib, 10 daqiqa suv xammomida qizdiriladi. Keyin tigelga soat oynachasini yuvgan xolda 5 ml suv quyiladi. Suyuqlik kulsiz filtr orqali filtrlanadi. Qoldiq bir necha marta issiq suv bilan yuviladi toki xloridlarga reaksiya bermay qolguncha. So‘ng filtrat tigelga qaytib solinib, quritiladi va yuqorida ko‘rsatilgandek kuydiriladi va tortiladi.


    7-laboratoriya ishi.



    Dorivor o‘simlik xom ashyosi tarkibidagi ekstraktiv moddalar miqdorini aniqlash.

    Vazifa.


    1. Dorivor o‘simlik xom ashyosi tarkibidagi ekstraktiv moddalar miqdorini aniqlang.

    Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.

    1. Dorivor o‘simlik xom ashyosi.

    2. Eksikator (kalsiy xlorid solingan).

    3. Suv xammomi.

    4. Tozalangan suv.

    5. Filtr qog‘ozi.

    6. Analitik tarozi.

    7. Konussimon kolba.

    8. Gaz gorelkasi.

    9. Probka.

    10. Chinni kosacha.

    Ishni bajarish tartibi.

    Teshigining diametri 1 mm li elakdan o‘tkazilgan 1 g atrofidagi maydalangan xom ashyo (aniq tortma) 200-250 ml li konussimon kolbaga solinib, unga shu xom ashyoning MTH da ko‘rsatilgan erituvchisidan 50 ml qo‘shiladi. Kolba probka bilan yopilib tortiladi (aniqlik 0,01 g) va 1 soatga qo‘yib qo‘yiladi. So‘ngra kolbani tik xolatdagi sovutgich bilan birlashtirib, 2 soat davomida asta-sekin qaynatiladi. Kolba sovugandan keyin uni yana avvalgi probka bilan yopib tortiladi va 1 soatga qo‘yib qo‘yiladi. So‘ngra kolba tik xolatdagi sovutgich bilan birlashtirilib, 2 soat davomida asta sekinlik bilan qaynatiladi. Kolba sovugandan keyin uni yana avvalgi probka bilan yopib tortiladi va yo‘qotilgan og‘irlik erituvchi bilan to‘ldiriladi. Kolbadagi xom ashyo va erituvchi yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma 150-200 ml li quruq kolbaga quruq filtr qog‘oz orqali filtrlanadi. 25 ml filtratni diametri 7-9 sm li, avvaldan 100-105oS haroratda quritib, doimiy og‘irlikka keltirilgan chinni kosachaga solinadi va suv xamomida quriguncha bug‘latiladi. CHinni kosacha qoldiq bilan birga 100-105oS haroratda doimiy og‘irlikkacha quritiladi. So‘ngra 30 daqiqa davomida tagiga suvsiz kalsiy xlorid solingan eksikatorda sovutib tez tortiladi.



    Ekstraktiv moddalarning miqdori foizlarda (X) absolyut quruq xom ashyoga nisbatan quyidagi tenglama bilan xisoblanadi:

    ,

    bunda M - quruq qoldiqning miqdori, g;

    M1 - xom ashyoning miqdori, g;

    W- xom ashyoning foizlarda ifodalangan namlik miqdori, %.
    Ko‘krak yig‘masi№2

    Tarkibi.

    Qizilmiya ildizi (Radix Glycyrrhizae)

    (FM 42 Uz-0280-2007) - 3 qism

    Katta zubturum barglari (Folia Plantaginis majoris)

    (KFM 42 Uz-20900059-1444-2010) - 3 qism

    Oqqaldirmoq barglari (Folia Tussilaginis farfarae)

    (FM 42 Uz-0285-2005) - 3 qism

    Yig‘mani tayyorlash usuli. Yig‘ma tarkibiga kirgan xom-ashyoni har birini alohida zarrachalar o‘lchami bo‘yicha maydalab, diametri 7 mm li bo‘lgan elakdan o‘tkaziladi. Maydalangan katta zubturum barglari va oqqaldirmoq barglarining changini teshikning o‘lchami 0.18 mm li bo‘lgan elakdan o‘tkaziladi. Yo‘riqnoma bo‘yicha ma’lum miqdordan maydalangan qizilmiya ildizini, katta zubturum barglari va oqqaldirmoq barglarini keng hajmli idishga joylashtiriladi, bir xil aralashma hosil bo‘lguncha aralashtirilib, fasovka va qadoqga o‘raladi.

    Tashqi alomatlar. Diametri 7 mm li bo‘lgan elakdan o‘tkazilgan, barg bo‘laklari va turli xil shakldagi ildizlar aralashmasidan tashkil topgan.

    Sarig‘ dog‘lar bilan kul-yashil rangli. Kuchsiz hidli. Ko‘ngilni aynatuvchi, shirin ma’zaga ega.

    Yig‘ma qismlarning tarkibini aniqlash. O‘rtacha namunadan 10 g yig‘madan tortma olinadi. Tortmani tekis yuzaga sochib, yig‘ma komponentlarni tarkibiy qismlarga (ildiz va barglar) tashqi ko‘rinish (lupa yordamida) bo‘yicha ajratiladi. Qiyin aniqlanadigan qismni yig‘ma tarkibiga kirgan xom-ashyoni tuzilishiga mos bo‘lishini solishtirilib, mikroskopik tahlil qilinadi.

    Yig‘ma komponentlarni qurollanmagan ko‘z orqali yoki lupa bilan (10x) yig‘ma qismining tarkibiga xarakterli quyidagi elementlar ko‘rinadi:

    Turli xil shakldagi ildiz bo‘laklari. Ildizning tashqi ko‘rinishida uncha ko‘p bo‘lmagan po‘kak qoldiqlari mavjud. Ildiz och sariq yoki qo‘ng‘ir-sariq rangli, hidsiz; shirin, ko‘ngilni aynatadigan, sal qitiqlaydigan ma’zaga ega. (qizilmiya ildizi)

    Turli xil shakldagi barg bo‘laklari. Barg cheti bir xil bo‘lmagan siyrak va mayda tishli, yuqoridan kalli, pastdan uzun sochlarning qo‘shilib ketgan oqishroqdir. Barglarning rangi yuqori tomonidan yashil, pastki tomondan oq kulrangli; hidsiz; shilliqli, kuchsiz achchiq ma’zaga ega. (oqqaldirmoq bargi).

    Turli xil shakldagi barg bo‘laklari ham uchraydi. Bargning cheti butun yoki bir oz tishli,ikki tomonlama kaldir. Barglarning rangi yashil yoki qo‘ng‘ir yashil; kuchsiz hidli; kuchsiz achchiq ma’zaga ega. (katta zubturum bargi).

    Mikroskopiya. Tashqi ko‘rinish bo‘yicha chinligini aniqlashda ildiz va barglar turli xil bo‘laklarga bo‘lib, ulardan mikropreparatlar tayyorlanadi. Bu mikropreparatlarni mikroskop ostida (×70 - 280) qaralganda, quyidagi elementlar aniqlanadi: ildizni ko‘ndalang kesim yusasidan qaralganda, birlamchi qobiq va po‘kak yo‘qligi ma’lum bo‘ladi. Bundan tashqari keng ikkilamchi qobig‘i kuchli rivojlangan. Ikkilamchi qobig‘da keng o‘zak nur hujayralari tashqariga kengaygani yaxshi ko‘ringan bo‘lib, elaksimon naylardan tashkil topgan lub, lub tolalari va parenxim hujayralari bilanketma ket joylashagan bo‘ladi. Elaksimon naylar kambiyga yopishishdantashqari ingichka qatlamdan iborat bo‘lib, qisilgan va shakli buzilgan lubdan iborat. Lub konusi uzunlashgan, keng asosi tomoni kambiyga qaratilib, uzaygan yuqori qismi lub tolalarning guruhining orasidan qiyshayib o‘tadi. Lub tolalari kuchli qalinlashgan devor va kichkina guruhga bo‘lib yig‘ilgan kichkina nuqtali bo‘shliq va kristalar bilan o‘ralgan. Qobig‘ning parenxim hujayralari va o‘zak nur hujayralari oddiy, dumaloq yoki tuxumsimon shakldagi kraxmal donachalarini saqlaydi. YOg‘ochlashgan po‘stloq qismi turli xil ingichka va keng diametrdagi tomirlardan iborat bo‘lib, kraxmal saqlaydigan paranxim va kristall qoplamli sklerenxim guruh xujayralardan iborat. O‘zak nur va parenxima yod eritmasi bilan bo‘yalganda ko‘k rang hosil bo‘ladi, shakli buzilgan lub bo‘yalmaydi va kul rangli, tomirlari sariq, qobig‘ tolalari guruhi va yog‘ochlashgan qismi to‘q sariq rangda qoladi. Uzunasiga – radial bo‘ylab kesilganda po‘stloq va yog‘ochlashgan qismida uzun, kuchli qalinlashgan sklerinxim tolalari kristalsimon qobig‘ bilan o‘ralgani ko‘rinadi; yog‘ochlashgan qismining ingichka tomirlari – to‘rsimon, o‘rtacha kovak poralari va keng – bochkasimon qisqa bo‘g‘imlarga va qiyshiq qatorlarda joylashgan rombiksimon hoshiyalanganporalardan iborat.(1 rasm, qizilmiya ildizi)

    Bargni yuqori tomondan qaralganda tepa qismida epidermis qatlami ko‘p burchakli to‘g‘ri, kamdan kam aniq- qalin yon devorli hujayralardan iborat. Epidermis hujayralarning tomiri cho‘zilgan – qolganlari izodiametrik. Kutikula qismi qalin, buchmaygan – qatlamli, uzunasiga tomirlari qatlamli.

    Hujayraning pastki qismidagi epidermisi mayda, kuchli egri bugri devorli. Kutikula qismi yupqa, buchmaygan – qatlamli, uzunasiga qatlamli tomirlardan iborat. Epidermis havoli bo‘shliqlar ustida ko‘tarilgan bo‘lib, unda 1-2 og‘izchalar joylashgan. Og‘izchalar yirik, oval, anomitsit turiga ega. Bargning yuqori qismida og‘izchalar kam uchraydi, 4-5 og‘izsimon hujayralar joylashgan; pastkii qismda – ko‘p sonli 7-9 og‘izsimon hujayralar radial bo‘ylab joylashgan. Bargning ikkala tomonidan kutikula qismining atrofi radial bo‘o‘ylab og‘izchalar qatlam hosil qiladi.

    Bargning yuqori tomoni yarim yalang‘och, pastki qismi ko‘p sonli oddiy sochlar bilan o‘ralgan. Sochlari qisqa asosli, 3-6 hujayradan paydo bo‘lgan, oxirgi qismi uzun, ipsimon, egri bugri hujayralardan iborat. Sochlari o‘zaro bog‘lanib ketadi (oqqaldirmoq bargi).



    Boshqa barglarini yuqori qismini tepadan qaraganda epidermis qatlami hujayralari ko‘p burchakli, to‘g‘ri yoki oz egri bugri devorlardan iboratligi ko‘rinadi. Kutikula qismining ayrim joylari qatlamlarni hosil qiladi. . Og‘izchalar dumaloq , (anomitsit turli) 3-4 epidermis hujayrasi bilan o‘ralgan. Sochlari oddiy va boshchali. Oddiy sochlari asos qiismiga qarab kengaygan, kshp hujayrali, silliq. Boshchali sochlari ikki turdagi: bir hujayrali oyog‘i uzaygan ikki hujayrali boshchadan, kamdan kam hollarda boshchali hujayralar ko‘p hujayrali oyog‘li dumaloqsimon yoki ovalsimon bir hujayrali boshchadan iborat. Hujayrani epidermis qismiga sochlarning biriktirilgan qismi rozetkani hosil qiladi.






    Download 12,25 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49




    Download 12,25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorivor o‘simlik xom ashyosidagi kul miqdorini aniqlash

    Download 12,25 Mb.