• Berilgan tabletkalarning parchalanuvchanligini aniqlang.
  • Berilgan tabletkalarning qattiqligini aniqlang




    Download 12,25 Mb.
    bet25/49
    Sana01.01.2020
    Hajmi12,25 Mb.
    #7770
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49

    Berilgan tabletkalarning qattiqligini aniqlang.

    Tabletkalar qadoqlash jarayonida, tashish va saqlash davomida mexanik ta’sirlarga etarli darajadagi qattiqlikka ega bo‘lishi kerak. Tabletkalarning qattiqligi ikki xil ko‘rsatkich - ishqalanishga va sinishga bo‘lgan qattiqliklar bo‘yicha aniqlanadi.

    Tabletkalarning ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi xar xil ko‘rinishdagi asboblar yordamida aniqlanadi. XI DF ga binoan tabletkalarning ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi do‘mbirali ishqalagich asbobida aniqlanadi.

    Asbob qopqog‘i ochiladigan, diametri 200 mm bo‘lgan, ichki devorlariga 200 burchak ostida 12 ta kurakcha joylashtirilgan do‘mbira, soatli mexanizm va do‘mbirani daqiqasiga 20 marta aylanishini ta’minlovchi elektr yurgichdan iborat.



    Tekshirish uchun 10 dona tabletka 0,001 g aniqlikda tortib olinib, do‘mbiraga solinadi. Qopqog‘i yopilgach, 5 daqiqa elektr tarmog‘iga ulanadi. Belgilangan vaqt o‘tgach tabletkalar changdan tozalanadi va ularning massasi 0,001 g aniqlikda tortiladi. So‘ngra tabletkaning ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblanadi:

    bunda P – tabletkalarning ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi, %;

    Rb – tabletkalarning tekshirishdan oldingi og‘irligi, g;

    Rk - tabletkalarning tekshirishdan keyingi og‘irligi, g.

    Tabletkalarning ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi 97% dan kam bo‘lmasligi kerak, ya’ni ishqalanuvchanligi 3% dan oshmasligi kerak.

    Tabletkalarning sinishga bo‘lgan qattiqligi kg yoki N da ifodalanadi, biroq bu ko‘rsatkich tabletkanig sifatini xar doim aniq belgilay olmaydi. Masalan, amidopirin, sut qandi, terpingidrat, papazol tabletkalarida bu ko‘rsatkich 20-40 N bo‘lishiga qaramay, chetlari tez uqalanuvchan bo‘ladi.

    Tabletkalarning sinishga bo‘lgan qattiqligini aniqlash uchun xar xil asboblar mavjud. Bu asboblarning asosiy ishchi qismi pastki va yuqorigi puansonlar bo‘lib, tabletka ular orasiga joylashtiriladi va ezilib maydalanguncha kuch beriladi.

    Taklif etilgan tabletkalarning sinishga bo‘lgan qattiqligi Toshkent famatsevtika instituti Dori vositalarini standartlash Ilmiy Markazida majud bo‘lgan «ERWEKA» firmasining «TVN-30» rusumli asbobida aniqlandi. Tabletkalarning sinishga bo‘lgan qattiqlik me’yori, qattiqlik ko‘rsatkichi orqali ifodalanib, u quyidagi tenglamani qoniqtirishi kerak:



    ,

    bunda K – qattiqlik ko‘rsatkichi;

    R – sindirish uchun sarflangan kuch, kg;

    D – tabletka diametri, mm;

    h – tabletka balandligi, mm.

    5-laboratoriya ishi



    Berilgan tabletkalarning parchalanuvchanligini aniqlang.

    XI DF ko‘rsatmasiga binoan, bu ko‘rstkich maxsus asbob – identifikator yordamida aniqlanadi. Parchalanish vaqti XI DF ning xususiy maqolalarida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Agar bunday ko‘rsatma bo‘lmasa, u holda tabletkalar 15 daqiqagacha, qobiqlanganlari esa 30 daqiqagacha parchalanishi kerak. Ichakda eriydigan tabletkalar 1 soatda 0,1 mol/l xlorid kislotasida erimasligi, lekin u suv bilan yuvib natriy gidrokarbonat eritmasiga solinganda (rN 7,5-8), agar xususiy maqolalarda boshqa ko‘rsatma bo‘lmasa, bir soat ichida erib ketishi kerak.

    A


    Таблеткаларнинг парчаланишини аниқлайдиган "идентификатор" асбоби
    sbobning tuzilishi. Aniqlash asbobi yig‘ma korzinka, suyuqlik uchun sig‘imi 1 l bo‘lgan idish, issiqlikni bir me’yorda (37+20S) bo‘lishini ta’minlovchi qurilmalardan iborat bo‘lib, korzinkani tik holda 5-6 sm yuqoriga va pastga qarab, bir daqiqasiga 28-32 marta ko‘tarib tushiruvchi elektromexanik qurilmaga ulangan bo‘ladi. Yig‘ma korzinka uzunligi 77,5 mm, ichki diametri 21,5 mm, devor qalinligi 2 mm bo‘lgan 6 ta shisha naychalardan tashkil topgan. Naychalar vertikal holatda diametri 90 mm va qalinligi 6 mm bo‘lgan, bir-biri va disk markazidan bir xil masofada joylashgan diametri 24 mm bo‘lgan 6 ta teshikli, 2 ta plastmassa disklar yordamida ushlab turiladi. Pastki diskning ostki yuzasiga zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan, teshiklarining o‘lchami 2 mm bo‘lgan sim to‘r o‘rnatiladi (agar xususiy maqolalarda boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa).

    Korzinka 6 ta yo‘naltiruvchi plastmassa disklar bilan ta’minlangan bo‘lib, ular shisha naychalar ichiga qo‘yiladi. Diskning umumiy massasi 1,8-2,1 g, diametri 20 mm, balandligi 10 mm. Disklarning qo‘llanilishi xususiy maqolalarda aytib o‘tiladi.

    Aniqlash uchun 18 ta tabletka namunasi olinadi. Xar bir naychaga 1 donadan tabletka joylashtiriladi. Bunda tekshirishga olingan 6 ta namuna tabletkalarining hammasi to‘la parchalanishi va to‘rdan o‘tib ketishi kerak. Agar 1-2 ta tabletka talabga javob bermasa tekshiruv qolgan 12 ta tabletkalarda qaytariladi. Olingan 18 ta namunadan eng kamida 16 tasi to‘liq parchalanib, to‘rdan o‘tib ketishi kerak.

    Tabletkalarning suvda parchalanish muddati asboblarning tuzilishiga, ishlash jarayoniga, suyuqlik miqdoriga, xaroratga, tebranish tezligiga bog‘liq bo‘ladi.

    6-laboratoriya ishi


    Download 12,25 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




    Download 12,25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Berilgan tabletkalarning qattiqligini aniqlang

    Download 12,25 Mb.