• Muhitni ushlab turish.
  • Dori vositalarining sanoat texnologiyasi




    Download 1,19 Mb.
    bet186/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    Mexanik qo‘shimchalar. 10 ta flakon dan kam bo‘lmagani tanlab olib mexanik qo‘shimchalarni qora va oq fonga qarshi bo‘lishini aniqlashadi.
    Talab: mexanik qo‘shimchalarni bo‘lmasligi vizual tekshirishda qora va oq fonda bo‘lmasligi.
    Qotish nuqtasi. BF mos kelgan tekshirishlarda o‘tkaziladi.
    Talab:0,5° S dan 0,6° S gacha
    Gramitsidin tarkibini sifat tahlili.
    Tekshirishlarni korxona usuli bo‘lgan turbidimetrik usulda olib boriladi.
    Turbidimetrik usul.
    Gramitsidin tarkibini tahlili namunadagi dori vositasida o‘tkaziladi:
    1 ml namunani 54 ml etanolda gramitsidin eritmasini1 mg/ml hosil bo‘lguncha eritiladi.
    Kultura muhiti
    Oziqaviy sho‘rvasi.
    Tarkibi:
    Pepton 5,0 g
    Achitqi ekstrakti 1,5 g
    Go‘sht ekstrakti 1,5 g
    Natriy xlorid 3,5 g
    Dekstroza 1,0 g
    Ikki marta o‘rinini bosuvchi kaliy fosfat 3,68 g
    Bir marta o‘rinini bosuvchi kaliy fosfat 1,32 g
    Distillangan suv 1000 ml
    pH kattaligi: 7,0 ±0,05
    Avtoklavda 20 daqiqada 121 °S haroratda sterilizatsiya qiliniladi.
    Muhitni ushlab turish.Peptonli kazein agar.
    Tarkibi:
    Pepton 6,0 g
    Pankreatik kazein sho‘rvasi 4.0 g
    Achitqi ekstrakti 3.0 g
    Go‘sht ekstrakti 1,5 g
    Dekstroza 1,0 g
    Agar 15.0g
    Distillangan suv 1000 ml
    pH kattaligi: 6.55 ±0,05
    Avtoklavda 20 daqiqada 121 °S haroratda sterilizatsiya qiliniladi.
    Reaktiv: Etanol.
    Ingibitor eritmasi: 10% (mg/ml ) formaldegid ning tuzli eritmasi.
    Tayyorlanishi:
    0,85 g natriy xloridni erishigini ta’minlovchi suv hajmi bilan 90 ml hosil bo‘lguncha tayyorlaniladi. 10 ml 40% farmaldegid qo‘shiladi. 15°S kam bo‘lmagan haroratda saqlaniladi, yorqin yorug‘lik tushmasligi kerak.
    Test mikrorganizm: Streptococcus Faecalis (ATCC 10541)
    Test mikroorganizmini tayyorlash:
    Streptococcus Faecalis (ATCC 10541) ni 100 ml ozuqaviy sho‘rvasida ushlab turiladi. Testni o‘tkazish uchun yangi tayyorlangan sub kultura tayyorlanadi, bu usulda ma’lum miqdordagi keltirilgan pepton kezein agarda tayyorlangan kulturani aralashtiriladi va 100 ml oziqaviy sho‘rvada 16-18 soat 37°S haroratda inkubatsiya qiliniladi. Miqdori tahlil har kungi inokulyatni 6 ml subkulturani har 1000 ml oziqaviy sho‘rvada ishlatilib o‘tkaziladi.
    Ishchi standart eritmani tayyorlash:
    50 mg standartni 3 soat davomida 60 °S harorat, 5 mm simob ustunida quritiladi. Aniq tortilgan moddani etanolda eritib, ishchi standart eritmani 100 mkg/ml konsentratsiyasini olinadi. Olingan eritmani muzlatgichda saqlab 30 kun mobaynida ishlatiladi.
    To‘ldiriluvchi namunani tayyorlanishi:
    50 mg to‘ldiruvchilarni 3 soat davomida 60 °S harorat, 5 mm simob ustunida quritiladi.
    A) 25 mg → 25 ml
    B)1 ml A → 100 ml
    S)5 ml A → 50 ml
    D) 4 ml S → 100 ml ( 0,04 mkg/ml)
    (Hamma suyultirishlar etanolda olib boriladi)
    Tekshirilayotgan eritmani tayyorlanishi
    2 ml namunani etanol bilan eritib hajmni 100 ml etkaziladi, va so‘ng olingan etanolli grammitsidin 0,04 mkg/ml konsentratsiyasini olinadi (hisob kitob qilinib).
    Tahlil:
    har kungi ishlatiladigan standart eritmani ishchi standart eritmasidan alikvotni suyultirilib tayyorlanadi. 1 ml eritmani ishchi eritmasini standart etanoli bilan 100 gacha suyultirilib, 10 mkg/ml konsentratsiyali grammitsidin hosil bo‘lguncha olinadi. 2,8 ml, 3,4 ml, 4,0 ml, 4,8 ml va 5,8 ml olingan eritmadan tanlab olib 100 ml gacha etonol bilan suyultiriladi, 0.028, 0.034, 0.4, 0.048 va 0.058 mkg/ml konsentratsiyali grammitsidin hosil bo‘lguncha olinadi. 0,1 ml olingan konsentratsiyali har standart va tekshiriluvchi namunani 3 ta bir xil o‘lchami 18 mm × 150mm li bo‘lgan probirkalarga solinadi. Har bir probirkaga test o‘tkazish uchun 9 ml o‘stirilgan sho‘rvadan solinadi va suv hammomida 3-4 saot 37°S haroratda qizdiriladi. O‘sishni to‘xtatish uchun bitta seriyadagi probirkaga ekilgan sho‘rvani quyib, 0,2 ml 10% farmaldegid eritmasidan qo‘shiladi.
    Probirkalar inkubatsion davrdan so‘ng suv hammomidan olinadi va har biriga 0,2 ml 10% farmaldegidning tuzli eritmasidan qo‘shiladi va yaxshilab eritiladi.
    Gazlar erkin chiqib ketishi uchun probirkalarni 15 min ga qoldirib qo‘yiladi. Har bir probirkadagi xiralik kattaligini, to‘lqin uzunligi 580 nm bo‘lgan kalorimetr yordamida aniqlaniladi, solishtirish eritmasi sifatida farmolizlangan sho‘rva ishlatiladi.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dori vositalarining sanoat texnologiyasi

    Download 1,19 Mb.