|
Jismning kinetik energiyasi
|
bet | 37/54 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 2,27 Mb. | | #143558 |
Bog'liq MexanikaJismning kinetik energiyasi deb, uning mexanik xarakat energiyasiga aytiladi. Ya’ni xarakat qilayotgan jismning kinetik energiyasi bo’ladi.
Jismning mehanik xarakatiga bog’liq bo’lgan energiya kinetik energiya deyiladi.
— kinetik energiya. Wk — kinetik energiya [Wk]=J m — massa [m]=kg. υ — tezlik [υ]=m/s.
Jismning kinetik energiyasi nisbiydir, u bir sanoq sistemasidan ikkinchisiga o’tganda o’zgarishi mumkin.
Jismning fazodagi vaziyatiga yoki o’zaro ta’siriga bog’liq bo’lgan energiya potentsial energiya deyiladi.
— potentsial energiya. m — massa [m]=kg. h — balandlik [h]=m.
— prujinaning potentsial energiyasi. Wp — potentsial energiya [Wp]=J.
k — bikirlik [k]=N/m. x — deformatsiya (absolyut uzayish) [x]=m.
Ep1=Ep2 bo’lsa yoki
D emak massalari turlicha bo’lgan ikkita jism massalariningnisbati balandliklari ning teskari nisbatiga teng bo’lganda bir hil potentsial energiyaga ega bo’lar ekan.
Barcha jismlar o`zaro gravitasion o`zaro ta’sir (tortishish) kuchiga ega, yani ular a’sirlashadi. Demak ular potensial energiyaga ega va bu quyidagi formulalardan topiladi: .
Tekislikda turgan jism isitilganda uning potentsial energiyasi ortadi, sovitilganda kamayadi.
Chunki isitilganda og’irlik markazi ko’tariladi, sovitilganda pasayadi.
I pga osilgan sharni isitishga tayanchda turgan huddi shunday sharni qizdirishga ketadigan energiyadan kam energiya ketadi.
Chunki tayanchda turgan jismni isitilganda energiya faqat isishga emas balkim potentsial energiyani orttirishga ham ketadi.
Erkin tushayotgan yoki yuqoriga otilgan jism ko’tarilish balandligini yarmida kinetik energiya va potentsial energiyalari teng bo’ladi.
Ipga osilgan jismi isitilsa potentsial energiyasi kamayadi, sovitilsa ortadi.
Energiyaning saqlanish qonuni: Energiya bordan yo’q bo’lmaydi, yo’qdan bor bo’lmaydi. U bir turdan ikkinchi turga aylanadi.
yoki
— to’la energiya. To’la energiya.
Havoning qarshiligi hisobga olinmasa fazoda harakatlanayotgan jism traektoriyasining istalgan nuqtasida (uchish vaqti davomida) to’la energiya o’zgarmas.
Havoning qarshiligi hisobga olinganda fazoda harakatlanayotgan jismning to’la energiyasi boshlang’ich nuqtada eng katta, tushish nuqtasida eng kichik bo’ladi.
Jismlar elastik to’qnashsa, to’qnashishdan oldingi kinetik energiyalar yig’indisi, to’qnashgandan keyingi kinetik energiyalar yig’indisiga teng bo’ladi. Demak jismlar elastik to’qnashsalar kinetik energiyalar yig’indisi o’zgarmaydi.
Jismlar noelastik to’qnashsa, to’qnashishdan oldingi kinetik energiyalar yig’indisi, to’qnashgandan keyingi kinetik energiyalar yig’indisidan katta bo’ladi. Demak jismlar noelastik to’qnashsalar kinetik energiyalar yig’indisi kamaydi. Bunga sabab energiyaning bir qismi deformatsiyaga sabab bo’ladi.
Potentsial energiyasi eng kichik bo’ladigan muvozanat turg’un muvozanat bo’ladi.
??? 1)Energiya deb nimaga aytiladi? 2)Mehanik energiya necha turga bo’linadi? 3)Kinetik energiya deb nimaga aytiladi? 4)Potensial energiya deb nimaga aytiladi? 5)Tayanchda turgan jism isitilganda uning energiyasi qanday o’zgaradi? Sovitilgandachi? Nima uchun? 6)Osmada osilgan jism isitilganda uning energiyasi qanday o’zgaradi? Sovitilgan-dachi? Nima uchun? 7)Energiyaning saqlanish qonunini tariflang. 8) To’la energiya deb nimaga aytiladi?
Takrorlash uchun masalalar.
Kinetik energiyaning birligining nomi nima? A) Nyuton. B) Vatt. C) Joul. D) Paskal.
Massasi 4 g bo’lgan meteor zarra Yer atmosferasiga 60 km/s tezlik bilan uchib kirsa, uning kinetik energiyasini toping. A) 7,2 MJ. B) 7,2 µJ. C) 7,2 kJ. D) TJY.
Potensial energiyaning birligini ayting. A) Joul. B) Paskal. C) Nyuton. D) Vatt.
|
| |