Do’stov Shuhratning daftaridan qisqacha ko’chirma




Download 2,27 Mb.
bet34/54
Sana23.01.2024
Hajmi2,27 Mb.
#143558
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
Bog'liq
Mexanika

27§. Muvozanat turlari.
Muvozanat 3 hil bo’ladi:


  1. Muvozanat holatidan jism biroz chetlatilganda muvozanat holatiga qaytaruvchi kuch paydo bo’lsa, jismning muvozanat turg’un deyiladi. Botiq sirtda turgan jismning muvozanati turg’un muvozanatga misoldir. (a rasm )

  2. M uvozanat holatidan jism biroz chetlatilganda muvozanat holatidan uzoqlashtiruvchi kuch paydo bo’lsa, jismning muvozanat turg’unmas deyiladi. Qavaruq sirtda turgan jismning muvozanati turg’unmas muvozanatga misoldir. (b rasm )

  3. Muvozanat holatidan jism biroz chetlatilganda, hech qanday qu’shimcha kuch paydo bo’lmasa jismning muvozanat farqsiz deyiladi. Gorizontal sirtda turgan jismning muvozanati befarq muvozanatga misoldir. (c rasm)

Turg’un muvozanatdagi muvozanatga qaytaruvchi kuch va turg’unmas muvozanatdagi muvozanatdan uzoqlashtiruvchi kuch ( P2) bu og’irlik kuchining tashkil etuvchilaridan biridir. Ikkinchi tashkil etuvchisi (P1) normal bosim kuchidir.
Jism asosining yuzasi tayanch yuzasi deyiladi. Agar jism qiyalatilganda og’rlik kuchi vektorining davomi tayanch yuzasidan o’tsa jism turg’un muvozanatda bo’ladi (d rasm). Agar jism qiyalatilganda og’rlik kuchi vektorining davomi tayanch yuzasidan chiqib ketsa jism ag’darilib ketadi (e rasm). Demak tayanch yuzasi qancha katta bo’lsa, jism muvozanati shuncha turg’unroq bo’ladi.


??? 1)Muvozanat necha hil bo’ladi? 2)Turg’un muvozanat nima? 3)Turg’unmas muvozanat nima? 4)Farqsiz muvozanat nima?


Takrorlash uchun masalalar.

  1. Gaplarni to’g’ri to’ldiring.

      1. Jism muvozonat holatidan bir oz chetlatilganda, muvozanat holatiga qaytaruvchi kuch paydo bo’lsa, uning muvozanati … bo’ladi.

      2. Jism muvozonat holatidan bir oz chetlatilganda, hech qanday qo’shimcha kuch paydo bo’lmasa,, jismning muvozanati … bo’ladi.

      3. Jism muvozonat holatidan bir oz chetlatilganda, muvozanat holatidan uzoqlashtiruvchi kuch paydo bo’lsa, uning muvozanati … bo’ladi.

    1. 1-farqsiz, 2-turg’unmas, 3-turg’un. C) 1- turg’unmas, 2- farqsiz, 3-turg’un.

    2. 1- turg’un, 2- farqsiz, 3- turg’unmas. D) 1- turg’un, 2-turg’unmas, 3- farqsiz .




Download 2,27 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




Download 2,27 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Do’stov Shuhratning daftaridan qisqacha ko’chirma

Download 2,27 Mb.