• Prizma va silindrning og’irlik markazi
  • Sterjenning (bir jinsli) og’irlik markazi
  • §. Jismning og`irlik markazi




    Download 2,27 Mb.
    bet33/54
    Sana23.01.2024
    Hajmi2,27 Mb.
    #143558
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
    Bog'liq
    Mexanika

    26§. Jismning og`irlik markazi.
    Har bir jism uchun uni ilgarilanma harakatga keltiruvchi barcha kuchlarning ta’sir yo’nalishlari kesishdigan bitta nuqta mavjud. Bu nuqta jismning og’irlik (massa) markazidir.Kuchning ta’sir chizig’i og’irlik markazidan o’tmasa bu kuch jismni buradi. Jismning og’irligi to’dalangan deb faraz qilinadigan nuqta og’irlik markazi deyiladi.
    Aylana, doira, sfera va sharning og’irlik markazi geometrik markazda bo’ladi
    To’g’ri to’rtburchak, romb, kvadratning og’irlik markazi diagonallari kesishgan nuqtasida bo’ladi.
    Har qanday jismning og’rlik markazi u osib qo’yilgan nuqtalardan o’tkazilgan vertikallar kesishgan nuqtada yotadi.
    Prizma va silindrning og’irlik markazi asoslari markazlarini tutashtiruvchi kesmaning o’rtasida bo’ladi.
    Uchburchakning og’irlik markazi medianalari kesishgan nuqtasida bo’ladi.
    Shuni esda saqlash kerakki muntazam (teng tomonli) uchburchakning bissektrisalari ham, medianalari ham, balanliklari ham bir nuqtada kesishadi.
    Sterjenning (bir jinsli) og’irlik markazi uning o’rtasida bo’ladi.
    Piramida va konusning og’irlik markazi asoslari markazi bilan uchini tutashtiruvchi kesmani asosidan boshlab hisoblaganda ¼ qismida bo’ladi.
    Yarim sharning og’irlik markazi asosining markazidan 3/8 radius balandlikda bo’ladi.
    Jism ilgarilanma harakat qilishi uchun ta’sir etayotgan kuch yoki uning davomi ogirlik markazidan o’tishi kerak.
    Erkin osilgan arqonning (2 uchi mahkamlangan bo’lsa) o’rtasidan tortilganda og’irlik markazi yuqoriga siljiydi.


    ??? 1)Uchburchakning og’irlik markazi qaerda joylashgan bo’ladi? 2)Doiraning og’irlik markazi qaerda joylashgan bo’ladi? 3)Sterjenning og’irlik markazi qaerda joylashgan bo’ladi?


    T akrorlash uchun masalalar.

    1. Rasmda keltirilgan kuchlarning qaysilari jismni faqat ilgarilanma harakatga keltiradi? (O – massalar markazi).

      1. 2,4 B) 1,3,5 C) 4,5 D) hammasi.

    2. B ir jinsli uzun sterjenning bir uchidan 40 sm qirqib olinsa, uning og`irlik markazi ikkinchi uchi tomon necha sm ga siljiydi? A) 80 B) 40 C) 20 D) 10.

    3. Rasmdagi keltirilgan F1 va F2 kuchlar navbat bilan ta’sir qilganda, jism faqat ilgarilanma harakat qiladi. Bu jismning og`irlik markazi qaysi nuqtada joylashgan.

      1. 1. B) 2. C) 3. D) 4.




    Download 2,27 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




    Download 2,27 Mb.