|
Do’stov Shuhratning daftaridan qisqacha ko’chirma
|
bet | 41/54 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 2,27 Mb. | | #143558 |
Bog'liq MexanikaN— tebranishlar soni. t— N marta tebranishiga ketgan vaqt
Vaqt birligidagi (1 sekunddagi) tebranishlar soniga tebranishlar chastotasi deyiladi.
— chastota→ [ν]=Hz.
Tebranihs chastotasi va tebranihs davri tebranuvchi jismning hususiy hossasi hisoblanadi.
Tebranishlar amplitudasi deb, muvozanat vaziyatidan maksimal (eng uzoq) siljish moduliga aytiladi.
Jismning muvozanat vaziyatidan eng chetki vaziyatigacha bo’lgan masofa amplituda deyiladi.
xm amplituda →[xm]=m.
Sinus yoki kosinus qonuni bo’yicha ro’y beruvchi tebranishlar garmonik tebranishlar deyiladi.
Garmonik tebranishlar formulalari
va — sinusoida uchun
va — kosinusoida uchun
— boshlang’ich faza yoki fazalar farqi [ ]=rad.
Garmonik tebranma harakat chastota, davr, amplituda va faza bilan harakterlanadi.
Garmonik tebranishlarlarda to’liq energiya o’zgarmaydi.
Garmonik tebranayotgan jismning kinetik energiyasi : garmonik tebranadi va kinetik energiya tebranishlarining chastotasi jism tebranishlari chastotasining ikkilanganiga teng
Jismni tebranma harakatga keltiruvchi kuchning kattaligi va yo’nalishi davriy ravishda o’zgaradi.
Garmonik tebranayotgan nuqta tezligi va tezlanishi vaqtga bog’liq ravishda sinus yoki kosinus qonuni bo’yicha o’zgaradi.
— - siklik (doiraviy) chastota → .
2π sekunddagi tebranishlar soni siklik chastota deyiladi.
Siklik chastota deb fazaning o’zgarish tezligiga aytiladi.
Sin yoki cos argumenti faza deyiladi.
Tebranishlar fazasi deyilganda, tebranuvchi kattalikning ihtiyoriy vaqt onida aniqlovchi mustaqil o’zgaruvchi nazarda tutiladi.
??? 1)Tebranish deb nimaga aytiladi? 2)Tebranish davri deb nimaga aytiladi? 3)Tebranishlar chastotasi deb nimaga aytiladi? 4)Tebranish davri va chastotasi o’zaro qanday bog’langan? 5)Garmonik tebranayotgan jismning tebranish chastotasi 10 Hz bo’lsa, uning davri….6)10 Hz chastota bilan tebranayotgan jismning doiraviy chastotasi qancha? 7)Burchakli chastota qanday harf bilan belgilanadi? 8)Tebranish jarayonini istalgan vaqt momentida aniqlaydigan fizik kattalik nima deb ataladi?
Takrorlash uchun masalalar.
Tebranishlar amplitudasi deb … .
T/2 vaqt ichidagi siljish kattaligiga aytiladi.
Muvozanat vaziyatidan eng katta siljish kattaligiga aytiladi.
Bir to`la davr ichida siljish kattaligiga aytiladi.
Muvozanat vaziyatidan eng katta siljish moduliga aytiladi.
Agar moddiy nuqta tebranishlari amplitudasi 4 sm bo’lsa, uning bir to`la tebranish davomida bosib o`tgan yo`li qanday (sm) bo`ladi? A) 0 B) 4 C) 8 D) 16.
Agar moddiy nuqta tebranishlari amplitudasi 4 sm bo’lsa, uning bir to`la tebranish davomida ko`chihi qanday (sm) bo`ladi? A) 0 B) 4 C) 8 D) 16.
|
| |