|
Do’stov Shuhratning daftaridan qisqacha ko’chirma
|
bet | 49/54 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 2,27 Mb. | | #143558 |
Bog'liq MexanikaAtmosfera bosimi deb havo ustuning yer sirtiga ko’rsatadigan bosimiga aytiladi.
Atmosfera bosimining kattaligini suyuqlik ustunining bosimini o’lchagandek osongina o’lchab bo’lmaydi, chunki atmosferaning aniq bir chegarasi yo’q, va ikkinchidan havoning zichligi balandlik bo’ylab bir xil emas. Shunga qaramasdan atmosfera bosimini XVII asrda birinchi bo’lib italiyalik olim Torrichelli tajriba yo’li bilan aniqlashga muvaffaq bo’ldi.
Torrichelli quyidagi tajribani o’tkazgan. U bir uchi kovsharlangan bir metrga yaqin nay olib, unga simob to’ldirib olinadi.Simob oqib ketmasligi uchun nayning ikkinchi uchini barmoq bilan berkitib, uni to’nkarilgan holda simobli kosaga botiriladi va simob ichida nayning uchini ochib yuboradi. Bunda naydagi simobning bir qismi kosaga oqib tushadi va nayda balandligi 760 mm simob ustuni qoladi.
O’tkazilgan tajriba quyidagicha tushuntiriladi: kosadagi simob sirtiga ko’rsatilayotgan atmosfera bosimi nay ichida qolgan simob ustunining bosimi bilan muvozanatlashganda naydan simobning oqib chiqishi tugaydi. Demak, atmosfera bosimi Torrichelli nayidagi simob ustuninig bosimi bilan o’lchanadi.
Atmosfera bosimini o’lchaydigan asbob barometr deyiladi.
Atmosfera bosimini o’lchash uchun ishlatiladigan suyuqliksiz barometrlarni aneroid barometrlar deyiladi.
Aneroid barometrni afzalligi shundan iboratki undan vaznsizlik holatida ham foydalanish mumkin. Shuning uchun suniy yo’ldosh kabinasidagi havo bosimini aneroid barometr yordamida o’lchash mumkin.
Normal atmosfera bosimi 1 atm=760 mm.sim.ust.=101 320 Pa≈101 300 Pa≈105 Pa.
Har 12 m ko’tarilganda atmosfera bosimi 1 mm.sim.ust ga yoki 133 Pa (136 Pa) ga kamayadi va aksincha.
Kosmik kemada bosimni o’lchaydigan asbob aneroid barometr deyiladi.
Balandlik ortishi bilan havoning zichligi va bosimi kamayadi.
??? 1)Barometr deb nimaga aytiladi? 2)Aneroid barometr deb nimaga aytiladi? 3)Normal atmosfera bosimi qancha?
T akrorlash uchun masalalar.
Torrichelli tajribasi uzunliklari 1 m dan bo’lgan, ko’ndalang kesimlari farq qiluvchi 3 ta nayda o’tkazilsa, naylardagi simob ustunlarining balandliklari farq qiladimi? A) h1< h2< h3 B) h1= h2= h 3
C) h1> h2> h3 D) h1= h3< h 2
Me’yordagi (normal) atmosfera bosimining son qiymati taxminan necha paskalga teng?
A) 760 B) 133 C) 136 D) 105
Me’yordagi (normal) atmosfera bosimi nimaga teng?
1,0132.105 N/m2. B) 133 Pa. C) 766 mm.sim.ust. D) 1,0132.103 Pa.
|
| |