|
Do’stov Shuhratning daftaridan qisqacha ko’chirma
|
bet | 53/54 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 2,27 Mb. | | #143558 |
Bog'liq Mexanika41§. Bernulli qonuni.
S uyuqlikning naydagi oqimini kuzataylik. Nayning ko’ndalang kesimi turli joylarda turlicha bo’lganda S1>S2>S3 (rasmga qarang) ,oqim tezligi shunga qarab o’zgaradi υ1<υ2<υ3 Ya’ni ko’ndalang kesimi kichik joyda suyuqlik tez oqadi.
Suyuqlikning oqim tezligi bilan nayning shu erdagi ko’ndalang kesim yuzining ko’paytmasi berilgan oqim uchun o’zgarmas kattalikdir.
1738 yilda Peterburglik akademik Daniil Bernulli. suyuqliklarning naydagi harakat qonunini kashf etdi. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi:
Suyuqlik tez oqayotgan joylarda yon atrofga bo’lgan bosim kichik va aksincha: sekin oqayotgan joylarda yon atrofga bo’lgan bosim katta bo’ladi.
; ;
S – suyuqlik oqayotgan trubaning ko’ndalang kesim yuzi, [S]=m2.
υ – suyuqlik oqim tezligi, [υ]=m/s.
V –trubaning ko’ndalang kesim yuzidan t vaqt ichda oqib o’tayotgan suyuqlik hajmi, [V]=m3.
t – vaqt, [t]=s.
Samolyot (tayyora) qanotining ko’tarish kuchi Bernulli qonuniga asoslanadi.
← Bernullining asosiy tenglamasi.
Uchish balandligi ortib borgan sari reaktiv samolyotlarning quvvati ortadi. Porshenli dvigatelda aksincha.
??? 1)Bernulli qonunini qanday tariflanadi? 2)Samolyot qanotining ko’tarish kuchi qaysi qonunga asoslangan? 3)Suyuqlikning tezligi trubaning ko’ndalang kesim yuziga qanday bog’liq?
Takrorlash uchun masalalar.
Buloqdan oqib chiqayotgan sharshara 15 l hajmli chelakni 30 s da to’ldiradi. Buloqdan sekundiga qancha suv oqib chiqadi ( l ) ? A) 0,3 B) 0,4 C) 0,5 D)0,6
Samolyot qanotining ko’tarish kuchining paydo bo’lishi qanday fizikaviy qonun asosida tushuntiriladi? To’g’ri javobni tanlang.
Impulsning saqlanish qonuni asosida. C) Arhimed qonuni asosida.
Nyutonning uchinchi qonuni asosida. D) Bernulli qonuni asosida.
Bir quvurdan ikkinchi quvurga o’tganda, oqim tezligi 2,8 marta ortsa, quvurning ko’ndalang kesim yuzi qanday o’zgarishini aniqlang.
O’zgarmagan C) 5,6 marta ortgan
2,8 marta kamaygan D) 2,8 marta ortgan.
|
| |