|
Do’stov Shuhratning daftaridan qisqacha ko’chirma
|
bet | 50/54 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 2,27 Mb. | | #143558 |
Bog'liq Mexanika40§. Arhimed kuchi.
Agar bir bo’lak po’kakni suyuqlik ichida ushlab turib so’ngra uni qo’yib yuborsak ,uning suyuqlik sirtiga qalqib chiqqanini ko’ramiz. Bunday suyuqliklarda ,unga botirilgan jismga ta’sir etuvchi ko’taruvchi kuch bor ekanligini aniqlaymiz. Bu kuchga yunon olimi Arximed sharafiga Arximed kuchi deyiladi. Va bu kuch quyidagicha ta’riflanadi:
Arhimed qonuni: suyuqlik va gazga to’la botirilgan har qanday jism o’z hajmiga teng hajmli suyuqlik yoki gazni siqib chiqaradi va siqib chiqargan suyuqlik yoki gazning og’irligiga teng kuch bilan yuqoriga tik itariladi.
— arhimed kuchi. — og’irlik kuchi.
FA –Arhimed kuchi, [FA]=N. FO – Og’irlik kuchi, [FO]=N. ρs – suyuqlik zichligi, [ρs]=kg/m3.
ρj – jism zichligi, [ρj]=kg/m3. Vj – jismning hajmi, [Vj] = m3.
Suv ostidan havo pufakchasi ko’tarilganda ortadi chunki pufakchaning hajmi ortadi.
Chelak suvga to’la cho’kib turganda uni ushlab turish osonroq.
Arhimed kuchi har doim pastdan yuqoriga yo’nalgan bo’ladi.
Vaznsiz holatda itarib chiqaruvchi kuch nolga teng bo’ladi.
|
|
FA>FO yoki ρs>ρj bo’lsa, jism suv ustida suzadi. ms=mj bunda suvning ustida suzib yurgan jism o’zining massasicha suvni siqib chiqaradi. Yuqorida ko’rsatilgan FA- jism suyuqlikka to’la botirilgandagi Arhimed kuchi.
Suyuqlik sirtida suzib yurgan jismga ta’sir qiluvchi itarib chiqaruvchi kuch (Arhimed kuchi) jismning vazniga teng.
|
|
|
|
| |