|
Do’stov Shuhratning daftaridan qisqacha ko’chirma
|
bet | 39/54 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 2,27 Mb. | | #143558 |
Bog'liq Mexanika32§. Quvvat va F.I.K.
Bugungi kunda texnikaning beqiyos tarraqiyoti natijasila turli-tuman mashinalar ( ya’ni ish bajara oladigan mexanizmlar ) paydo bo’lmoqda. Ayni bir xil ishni turli mashinalar bajarganda turlicha vaqt ketadi.
Jismning ish bajarish tezligi quvvat deyiladi
Agar muayan miqdordagi ishni bajarayotgan mashinalardan qaysi biri ishni isni tezroq bajarsa, shunisi quvvatliroq bo’ladi. Mashinaning yoki turli mexanizmlarning quvvati ularning vaqt birligi ichida bajargan ishi bilan aniqlanadi.
— quvvat. N- quvvat [N]=W yoki Vt. Quvvat — skalyar kattalik.
Shuni esda tutish kerakki asosan quvvatnihg hozirgi kunda ko’p ishlatiladigan birligi W bo’lgani uchun, keyin chastota birligi W deb aytib ketamiz.
1s davomida 1J ish bajargandagi quvvat 1W ga teng .
Transport vositalarining quvvati ot kuchi deb ataluvchimaxsus birliklarda o’lchanadi.
1 Ot kuchi (o.k.)=735 W yoki 736 W.
Jismning unga qo’yilgan kuch ( masalan dvigatelning tortish kuchi ) ta’sirida to’g’ri chiziqli tekis harakat qilsin. Bu xolda quvvatni jismga ta’sir etuvchi kuch va tekis harakat tezligi orqali quyidagicha xisoblash mumkin: — quvvat.
Bajariladigan ishning barchasi foydali bo’lmaydi, ishning bir bo’lagi foydasiz ketadi (Masalan: ishqalanish kuchini engishga). Shuning uchun F. I. K. kiritilgan.
Bajarilgan ishning qancha qismi yoki necha foizi foydali ekanligi ko’rsatuvchi fizik kattalik F.I.K. deyiladi.
— foydali ish koefitsienti. —
Af — bajarilgan ishni foydali qismi (foydali ish). [Af]=J.
Aum— umumiy bajarilgan ishni (umumiy sarflangan energiya). [Aum]=J.
Nf —qurilmaning foydali quvvati (foydali quvvat). [Nf]=W.
|
| |