• 25§. Impuls. Impulsni saqlanish qonuni. Inertsiya hodisasini to’liq harakterlovchi fizik kattalik impuls deyiladi . — jism impulsi (harakat miqdori) p
  • Yopiq sistemada barcha jismlar impulslarining yig’indisi o’zgarmas qoladi .
  • Do’stov Shuhratning daftaridan qisqacha ko’chirma




    Download 2,27 Mb.
    bet32/54
    Sana23.01.2024
    Hajmi2,27 Mb.
    #143558
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
    Bog'liq
    Mexanika

    σm -mustahkamlikni mexanikkuchlanish chegarasi


    ??? 1)Guk qonunini formulalarini ko’rsating? 2)Cho’zilish diagrammasini tushuntirib bering. 3) Ketma-ket ulangan prujinalarning bikirligi qanday hisoblanadi?


    Takrorlash uchun masalalar.

    1. Bikirligi 400 N/m bo’lgan prujina 2 sm cho’zilishi uchun necha nyuton kuch qo’yish kerak?

      1. 1. B) 4. C) 8. D) 800.

    2. 2 kg massali yuk osilganda, 5 sm uzunlikdagi prujina 1 sm ga uzaygan. Prujinaning bikirligini aniqlang (N/m). A) 2 B) 10 C) 400 D) 2000

    3. Prujina 2 N kuch ta’sirida 0,2 m ga cho`zildi. Prujinaning bikirligini aniqlang (N/m).

      1. 0,4. B) 0,1. C) 10. D) 2,2.



    25§. Impuls. Impulsni saqlanish qonuni.
    Inertsiya hodisasini to’liq harakterlovchi fizik kattalik impuls deyiladi.
    — jism impulsi (harakat miqdori) p - jism impulsi .
    Jism impulsi vektor kattalik bo’lib, uning yo’nalishi tezlik yo’nalishida bo’ladi.
    O’zgarmas massali jism impulsini o’zgarishi, tezliko’zgarishi natijasida ro’y beradi va bu esa kuch ta’sirida amalga oshadi.
    J ism impulsining o’zgarishi kuch impulsi deyiladi.
    — kuch impulsi
    K yoki I - kuch impulsi [K]=[I]=N∙s.
    Kuch impulsi vektor kattalik.
    Kuchlar va vaqtlar bir hil bo’lsa, jismning impulsi bir hil o’zgaradi.
    Ikki yoki undan ko’p jismlar o’zaro ta’sirlashayotgan bo’lsin. Fizikada ta’sirlashayotgan jismlar guruhiga jismlar sistemasi deyiladi. Sistemaga kiruvchi jismlar orasidagi o’zaro ta’sir kuchlari ichki kuchlar, sistemadagi jismlarning sistemadan tashqari jismlar bilan o’zaro ta’sirlashishi natijasida yuzaga keluvchi kuchlarga tashqi kuchlar deyiladi.
    Sistemadagi jismlar faqat bir-biri bilan o’zaro ta’sirlashsa ,ya’ni tashqi kuchlar ta’sir etmasa, bunday jismlar sistemasi yopiq sistema deyiladi.
    Yopiq sistemada barcha jismlar impulslarining yig’indisi o’zgarmas qoladi. Bunga impulsning caqlanish qonuni deyilib, bunda impulslarning geometrik yig’indisi nazarda tutiladi.
    — impulsni saqlanish qonuni.
    υ1, υ2 – o’zaro ta’sirigacha tezliklar.
    u1, u2 – o’zaro ta’siridan keyingi tezliklar.



    ← Yuqoriga tik otilgan jism impulsini o’zgarish grafigi

    F(t) – grafigidagi yuza o’zgarishi impuls o’zgarishini beradi. →



    — noelastik to’qnashuvdagi impulsining saqlanish qonuni.
    Bir hil massali jismlar elastik to’qnashganda tezliklar o’zaro almashadi.
    Impulsning saqlanish qonuni amalda reaktiv harakatda ishlatiladi.
    Reaktiv harakat — sistemaning biror qismi qandaydir tezlik bilan ajralib unga qarama-qarshi yo’nalishda vujudga keladigan harakatdir.


    ??? 1) Impuls deb nimaga aytiladi? 2) Kuch impulsi deb nimaga aytiladi? 3) Impulsning saqlanish qonunini tushuntiring. 4) Reaktiv harakat deb nimaga aytiladi?


    Takrorlash uchun masalalar.

    1. 36 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan 50 t massali tankning impulsi qanday (kg.m/s)?

    1. 150000 B) 200000 C) 250000 D) 500000

    1. Massasi 10g va tezligi 600 m/s bo’lgan o’qning impulsi qancha bo’ladi?

    1. 6000 B) 600 C) 60 D) 6

    1. 18 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan 20 t massali yuk avtomobilining impulsi qanday (kg.m/s)? A) 103 B) 104 C) 105 D) 106




    Download 2,27 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




    Download 2,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Do’stov Shuhratning daftaridan qisqacha ko’chirma

    Download 2,27 Mb.