|
§. Suyuqlik va gazlardagi ishqalanish kuchi
|
bet | 28/54 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 2,27 Mb. | | #143558 |
Bog'liq Mexanika22§. Suyuqlik va gazlardagi ishqalanish kuchi.
Suyuqlik va gazlarda biror jism haraklat qilayotganda yoki suyuqlikning (gazning) bir qatlami ikkinchisiga nisbatan harakatlanayotganida, bu harakatni tormozlovchi kuch yuzaga keladi, bu kuch suyuqlikdagi (gazdagi) ishqalanish yoki qarshilik kuchi deyiladi.
Qarshilik kuchi amalda qattiq jismlar orasidagi ishqalanish kuchidan kichik bo`ladi. Shuninhg uchun mashinalar harakatlanuvchi qisimlari orasidagi ishqalanishni kamaytirish uchun ular moylanadi.
Qarshilik kuchining asosiy hususiyati shundan iboratki, u faqat jism va atrof muhitning bir-biriga nisbatan harakatida hosil bo`ladi. Suyuqliklarda va gazlarda tinchlikdagi ishqalanish umuman mavjud emas.
Qarshilik kuchining moduli, qattiq jismning o`lchamlari, shakli va sirt holatiga, jism harakat qilayotgan muhit (suyuqlik va gaz) xususiyatlariga (qovushqoqligiga) va nixoyat jism va muhit orasidagi nisbiy tezlikka bog`liq.
Agar jism qavushqoq muhitda harakatlanmasa (nisbiy tezligi nolga teng bo`lsa), u holda qarshilik kuchi nolga teng. Nisbiy tezlik ortishi bilan qarshilik kuchi asta sekin ortadi, so`ngra tezroq va yanada tezroq ortadi.
Kichik tezlikda suyuqlikda (gazda) harakatlanganda qarshilik kuchini taqriban jismning muhitga nisbatan tezligiga to`g`ri proporsional deb xisoblash mumkin.
— kichik tezliklardagi qarshilik kuchi.
k1 – kichik tezliklardagi qarshilik koeffitsenti. [k1]=
Katta nisbiy tezliklarda harakatlanganda qarshilik kuchini jismning tezligi kvadratiga to`g`ri proporsional.
— katta tezliklardagi qarshilik kuchi.
k2 – katta tezliklardagi qarshilik koeffitsenti [k2]=
Ari, chivin, pashsha va boshqa xasharotlar uchganda qarshilik kuchi tezlikka to`g`ri proporsional. Jismlar havoda tushayotganda qarshilik kuchi asosan tushish boshidanoq tezlik kvadratiga proportsional bo`lib qoladi.
Qarshilik kuchi tezlik ortgani uchun ortadi, buning hatijasida esa, istalgan jism qovushqoq muhitda biror-bir o`zgarmas kuch natijasida, masalan og`irlik kuchi tasirida, oxir oqibatda tekis harakat qila boshlaydi.
Takrorlash uchun masalalar.
To`pponchadan yuqoriga o`q uzildi. O`q eng yuqori nuqtasiga ko`tarilib, so`ng yerga qaytib tushdi (rasmga q.). Rasmda ko`rsatilgan nuqtalardan qaysi birida o`qning tezlanishi moduli eng katta bo`ladi? Havoning qarshiligini hisobga oling.
1 . B) 2. C) 3. D) Barcha nuqtalarda tezlanish bir xil va g ga teng.
To`pponchadan yuqoriga o`q uzildi. O`q eng yuqori nuqtasiga ko`tarilib, so`ng yerga qaytib tushdi (rasmga q.). Rasmda ko`rsatilgan nuqtalardan qaysi birida o`qning tezlanishi moduli erkin tushishtezlanishiga teng bo`ladi? Havoning qarshiligini hisobga oling.
1. B) 2. C) 3. D) Barcha nuqtalarda tezlanish bir xil va g ga teng.
To`pponchadan yuqoriga o`q uzildi. O`q eng yuqori nuqtasiga ko`tarilib, so`ng yerga qaytib tushdi. Yuqoriga ko`tarilish bosqichidao`qning tezlanishi moduli а qanday bo`ladi? Havoning qarshiligini hisobga oling.
а<g. B) а>g. C) а=g. D) а=g/2.
|
| |