75
Bahouddin
Naqsh band vafo-
tidan bir asrcha
vaqt o‘tganidan
keyin Abdu-
rahmon Jomiy
(1414–1492)
birinchi
marta bu
tariqatni
«naqsh-
bandiya» deb
atay boshladi.
Naqshbandiyada zohir (tashqi ko‘rinish) va botin
(ichki olam) o‘zaro ajratilgan. Bu so‘fiylikni xalq ora-
sida oshkor etmaslik, boshqalardan ajralib turmaslik,
xilvatga chekinmaslik, mehnat qilib kun ko‘rishdan voz
kechmaslik, oila, bola-chaqa boqish mas’uliyatini zim-
maga olish, boshqalar (qul va cho‘rilar) mehnatidan foy-
dalanmaslik kabi ezgu tartib-qoidalarga qat’iy amal qili-
shni talab qiladi.
Naqshbandiya tariqatining asosiy tarbiya usuli suh-
batdir. Naqshbandiylar suhbatning foydasi ko‘p,
suhbat
orqali inson qalbiga kirib borish mumkin, deb hisobla-
ganlar. Bu tariqat quyidagi to‘rt tamoyil asosiga quril-
gan: 1) shariat bilan xulq-atvorni poklash; 2) tariqat bi-
lan qalbni poklash; 3) haqiqat bilan Allohga yetishmoq;
4) ma’rifat bilan Allohga erishmoq.
O‘zbekiston
mustaqillikka erishgach, tasavvuf ilmi
sohiblarining nomlari abadiylashtirilib, ehtirom ko‘rsa-
tildi.
Hozirgi paytda dunyoning ko‘p mamlakatlarida,
Amerika Qo‘shma Shtatlaridan to Avstraliya arxipe-
lagigacha bo‘lgan hududda Bahouddin Naqshband va
naqsh bandiya tariqati ma’lum va hurmatli maqomga
Bahouddin
Naqshband
maqbarasi
76
ega. Chunki Bahouddin Naqshband, avvalo, islom dini shariati mezonlarini
mahkam ushlagan va ularning buzilishiga yo‘l qo‘ymagan.
Ikkinchidan, u chin
insoniy g‘oyalar va fazilatlarni ilgari surgan, jamiyatning turli vakillari o‘rtasi-
da futuvvat — javonmardlik rishtalari paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan.
Mustaqillik yillarida diniy qadriyatlarni qayta tiklash jarayonida masjidlar,
madrasalar va boshqa diniy tashkilotlar bilan bir qatorda tariqat vakillarining
faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, 2003-yili Abdulxoliq G‘ij-
duvoniyning 900 yilligi nishonlangan bo‘lsa, 2018-yilda allomaning 915 yilligi
nishonlanishi belgilangan.
Xuddi shunday, 1993-yili Bahouddin Naqshbandning
675 yilligi keng ko‘lamda nishonlangan bo‘lsa, 2018-yilda 690 yillik yubileyi
nishonlanadi. Bugungi kunda Buxorodagi Naqshband ziyoratgohida Bahoud-
din Naqshband yodgorlik majmuasi markazi, “Naqshbandiya tariqati”
muzeyi
hamda “Naqshbandiya” jurnali faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.