|
Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslikBog'liq Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)MUSTAHKAMLASH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Sunniylik nechta fiqhiy mazhabdan iborat?
2. Kalom ilmi nimani o‘rganadi?
3. Mazhablarning yangi paydo bo‘lgan firqalardan farqi nimada?
4. Sunniylikdagi to‘rt mazhabning tarqalish hududlarini xaritada ko‘rsatib
bering.
Kalom ilmining sultoniga nisbatan hurmat-ehtirom, ixlos ram-
zi sifatida O‘zbekistonda 2000-yili Imom Moturidiy tavalludining
1130 yilligi keng nishonlandi, u kishi mangu orom topgan Chokar-
diza qabristonidagi maqbara qayta tiklandi.
e’tiborlisi, islom olamining aksariyat mintaqalarida, Su-
riya, Iroq, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Shimoliy Afri-
ka kabi mamlakatlarda moturidiylik ta’limoti hozir ham
oliy, o‘rta va diniy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida
o‘qitib kelinadi.
Ash’ariya ta’limoti. Ushbu ta’limotga basralik Abul
Hasan Ash’ariy (873–936) asos solgan. Imom Ash’ariy
umrining yarmini adashgan oqimlarga qarshi kurashga
bag‘ishlagan.
Ash’ariy Muhammad ibn Jarir Tabariy, Ibrohim ibn
Ahmad Marvaziy, Mahmud ibn Dovud Isbahoniy, Ab-
dulloh ibn Ahmad ibn Hanbal, Abu Mansur Moturidiy
kabi olimlar bilan bir davrda yashagan.
Ash’ariya ta’limoti ham sunniylik aqidasiga muvo-
fiq ta’limot hisoblanadi. Ushbu ta’limot ham, asosan,
mo‘taziliya, qadariya, jabariya kabi adashgan guruhlar-
ning aqidaviy g‘oyalariga qarshi turgan. Ash’ariya ta’li-
moti, asosan, Iroqda, so‘ngra saljuqiylar hukmronligi
davrida Xurosonda rivojlangan.
Qadimiy Bog‘dod.
Abul Hasan
Ash’ariy butun
umrini shu shahar
da o‘tkazgan.
72
Tasavvuf va unga o‘zakdosh bo‘lgan so‘fiy, mutasavvif atamalari-
ning kelib chiqishi arab tilidan «jun, yung» ma’nosini bildiruvchi
«suf» so‘zidan olingan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik
|