84
IJODIY FAOLIYAT
1. Quyida berilgan rasmlarga diqqat bilan qarang. O‘rta asrlarda ush-
bu chizmalarni chizish va tafakkur qilish
uchun qanday bilimlarga ega
bo‘lish kerak edi?
2. 5-rasmdagi manzarani Buxorodagi Ulug‘bek madrasasining peshtoqiga
yozilgan hikmat bilan izohlang.
3. Abu Ali ibn Sinoning XIV asrda Italiyada nashr etilgan «Tib qonunlari»
kitobiga ishlangan gravyuraga qarab dunyo tibbiyot ilmning rivojlani-
shiga ibn Sino qo‘shgan hissasini ko‘rsating.
Qiblani aniqlash
chizmasi. VIII asr.
Muhammad ibn Muso
Xorazmiy
Usturlobning bir qismi.
X asr. Ibn Iroq
Siqib chiqarilgan suvning
aniq hajmini aniqlash
idishi XI asr. Beruniy
Tibbiyot anjomlari,
XI asr
Abu Ali ibn Sinoning
XIV asrda Italiyada
nashr etilgan «Tib
qonunlari» kitobiga
ishlangan gravyura
Ulug‘bek shogirdlari
bilan.
Miniatura, XVI asr
85
amaliyotga tatbiq etdi. Bu esa matematika va astrono-
miya fanlari rivojida keskin burilish yasadi.
Allomaning dunyo ilm-fani rivojidagi xizmatlari
umume’tirof etilgan bo‘lib, Sharq olimlari orasida faqat
uning nomi va asarlari «
algoritm» va «
algebra» kabi
zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi.
Sharq Uyg‘onish davri o‘ziga xos
iqtisodiy, ijtimoiy,
siyosiy, madaniy va ilmiy muhitni qamrab olganki, ush-
bu davrning «Uyg‘onish davri» deb atalishi ham aslo
bejiz emas.
IX asrda
Ahmad Farg‘oniy «Astronomiya asosla-
ri»
asarida olamning tuzilishi, yerning o‘lchovi haqidagi
dastlabki ma’lumotlar, sayyoramizning sharsimon ko‘ri-
nishga ega ekanligiga dalillar keltiriladi. Kitob XVII asr-
ga qadar Yevropa universitetlarida astronomiya bo‘yi-
cha asosiy darslik sifatida o‘qitilgan. Buyuk geografik
kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan va boshqa sayo-
hatchilarning kashfiyotlari uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat
qilgan. Ahmad Farg‘oniy o‘rta
asrlardagi asosiy astrono-
mik asbob — usturlob nazariyasini ishlab chiqqan. Nil
Ahmad Farg‘oniy tomonidan qurilgan Nil daryosida suv sathini o‘lchaydigan
inshoot. Tashqi va ichki ko‘rinishi. IX asr
Abu Rayhon
Beruniy Kolumb
sayohatidan 500
yil oldin Tinch
va Atlantika
okeanlari ortida
qit’a mavjudligi
haqidagi qarash
ni ilgari surdi.
XI asr butun
dunyodagi tabiiy
fanlar tarix
chilari tomoni
dan «Beruniy
asri» deb ataldi.
86
daryosida nilometr — suv sathini o‘lchaydigan asosiy vo-
sita sifatida qo‘llaniladigan mashhur inshootni yaratgan.