Dunyo miqyosida sifatli ta'lim mamlakat taraqqiyotining garovi sifatida




Download 20.57 Kb.
Sana24.03.2024
Hajmi20.57 Kb.
#175917
Bog'liq
2-Ma\'ruza xalqaro baholash (2)
Nogiron hujjatlari Qayumova Marjona, 10-sinf-informatika-testlar (1), 5-sinf(4)2020@riyoziyot ilmi, eula, Mustaqil ish, osimliklar gen muhandisligi, 07 03 musiqa pedagoglar bilan o\'zaro hamkorlik ish rejasi, 6-mavzu, 5-mavzu, 2-mavzu, 1-Mavzu, 4-mavzu, 7-mavzu, 8-mavzu, 9-mavzu

Dunyo miqyosida sifatli ta'lim mamlakat taraqqiyotining garovi sifatida
Baholanishi hech kimga sir emas. Shunday ekan, ta'lim sohasini tizimli isloh qilish, doimiy ravishda mazkur sohadagi izlanishlar va xorijiy davlatlar tajribalarini o'rganish, ularni amaliyotga joriy etish bugungi kun talabi hisoblanadi. Jahon tendensiyalari tahlili ta'lim jarayonida turli pedagogik vazifalarni hal etish uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishning ulkan hayotiy ahamiyatga ega ekanligini namoyish etmoqda.O'zbekiston Respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g'risida" gi PF
-5847 son Farmonida ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish, shuningdek, talabalar bilimini baholash tizimi texnologiyalarini takomillashtirib borish va xolisonaligini ta'minlash kabi masalalarga alohida urg'u berildi [1] .
Dunyo ta`lim tizimida tan olingan va juda ko`plab mamlakatlarda joriy etilgan xalqaro baholash dasturlarining bari o`rta ta`lim maktab o`quvchilarining bilimini xalqaro darajada baholashdan iborat bo`lib, ularning farqli jihatlari quyiagicha:
The Programme for International Student Assessment (PISA)
-
15 yoshli o`quvchilarning o`qish, matematika va tabiiy yo`nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash;
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS)
-
boshlang`ich 4
-
sinf o`quvchilarining matnni o`qish va tushunish darajasini baholash;
Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS)
-
4 va 8
-
sinf o`quvchilarining matematika va tabiiy yo`nalishdagi fanlardan o`zlashtirish darajasini baholash;
The Teaching and Learing International Survey (TALIS)
-
rahbar va pedagog
kadrlarning umumiy o`rta ta`lim muassasalarida o`qitish va ta`lim olish muhitini hamda o`quvchilarning ish sharoitlarini o`rganish uchun.
Xalqaro baholash dasturlarini mamlakat ta`lim tizimiga joriy etish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish vazifasidavlat inspeksiyasi huzurida yangi tashkil etilgan Ta`lim sifatini baholash bo`yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi zimmasiga yuklatilgan.
Quyidagilar Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yo`nalishlari etib
belgilangan:
-
xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O`zbekiston
Respublikasining vakili sifatida ishtirok etish;
-
ta`lim tizimida o`qish, matematika va tabiiy yo`nalishdagi fanlardan savodxonlik
darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yo`naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish;
-
ta`lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o`rnatish, xalqaro
loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va o`tkazishda ishtirok etish;
-
ta`lim sifatini baholash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar
o`tkazish
Mamlakatimizda fan, ta'lim va ishlab chiqarish sohalarida olib borilayotgan
islohotlar natijasida ta'lim tizimida barcha fanlar qatori axborot texnologiyalari fanlarning o'quv metodik taminoti yangilanmoqda, oliy
ta'lim muasassalarida o'qitishning axborot texnologiyalariga asoslangan metodlarini tatbiq etish natijasida tabiiy yo`nalish talabalarining “Ta`limda axborot texnologiyalari” fanlarga bo'lgan qiziqishlari ortib, iqtisodiyotning real sektoriga malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishilmoqda. Axborot texnologiyalari ta'limini yanada rivojlantirishning chora
-tadbirlarida"... matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va chet tili kabi
muhim va talab yuqori bo'lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o'rganish" ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Ta’lim sohasidagi barcha islohatlarning asosiy maqsadi ma’naviy jihatdan
mukammal rivojlangan insonlarni tarbiyalash, ta’lim tizimini takomillashtirish, dars jarayonlarini yangi pedagogik va axborot tex
nologiyalari asosida har tomonlama
zamon talabiga mos ravishda amalga oshirishdan iboratdir. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’lim
-
tarbiya tizimida kompyuter va axborot texnologiyalarining zamonoviy texnologiyalaridan samarali foydalanishga alohida e’ti
bor berilmoqda. Bu esa ta’lim jarayonida o‘quvchilarga turli fanlardan bilim beruvchi pedagog kadrlarni axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalalaridan foydalanishlari uchun, eng avvalo bu sohadagi bilim va malaka darajalarini oshirish, ta’lim tizimini texnik jihatdan ta’minlash, internetdan foydalanish imkoniyatlarini to ‘la yaratib berish orqaligina samarali natijaga erishish mumkin
Ta’lim tizimi sifati va samaradorligini oshirishning asosiy usullaridan biri o‘quv
jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarni, shu jumladan multimedianing dasturiy vositalaridan foydalanib, video darslar yaratish, o‘qituvchi va o ‘quvchining interfaol o‘zaro aloqalarini ta’minlash, multimediali video darslar va darsliklarini ishlab chiqishda, bo`lajak o`qituvchi kadrlarni jalb etishdan iborat
bo‘ladi
Multimedia axborotlarni har xil ko‘rinishlarda tasvirlash va dinamik obrazlarini
yaratish, uni ko‘rish va eshitish organlari orqali qabul qilish va tasavvur etish
imkoniyatlarini yaratadi.
Multimedia texnologiyalarida an’anaviy texnologiyalarga qaraganda axborotlar
matn ko‘rinishda emas, balki tasvir, ovoz va harakatlar ko‘rinishida ifodalanilishi o‘quvchilarni darslarda faolroq, diqqatliroq intiluvchan va qiziquvchan bo‘lishga o‘rgatadi, chunki tavsiya qilinadigan har bir axborot ularning ishtiroki va harakati orqali amalga oshiriladi.Ta’lim tizimida multimedia texnologiyalari nazariy, amaliy, ko‘rgazmali, ma’lumotli, trenajorli va nazorat qismlarini birlashtirish yo‘li bilan o‘quvchilarga ijobiy va samarali ta’sir etuvchi vosita hisoblanadi. Shu bois hozirgi bo`lajak o`qituvchilarning media ko`nikmasinining rivojlanganlik darajasiga bevosita bog`liq bo`ladi.
Mediataʼlim natijasida mediakompetentlik paydo boʼladi. Mediakompetentlik
(media competence) taʼlimga kirib kelayotgan yangi atama hisoblanib, u
mediamaʼlumotlarni turli koʼrinishda uzatish va baholash, oʼrganish, yetkaza bilish
kabi maʼnolarni oʼz ichiga oladi. Bu esa ta`lim jarayonini sifatli tashkil etishga xizmat qiladi Hozirgi zamon oʼqituvchisi, oʼz mutaxassisligi fanini oʼqitayotganda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining barcha afzalliklaridan bemalol foydalana oladigan, oʼquvchi va talabalarda bu texnologiyalarni amalda ishonch bilan qoʼllash malakasini shakllantirish qobiliyatiga ega boʼlishi zarur.
Hozirda axborot hajmining oshib borishi o`quv yurtlarida kompyuterlshtirishni
rivojlantirib, ularni kompyuter resurslaridan to`laqonli foydalanishga yaqinlashtirmoqda. Ta`limning barcha sohalariga oid umumiy pedagogicmuammo
-
bu o`quvchi talabalarning qiziqishini faollikni oshirish va o`quvchilarni hayratlantirish
imkoniyati cheksizdir. Shuning uchun maktablar, o`rta maxsus ta`lim tizimi uchun
pedagog kadrlar tayorlashda har bir fan o`qituvchisi (nafaqat “informatika”
fani
o`qituvchisi) o`zining darsida kompyuter texnikasini qo`llay olishini amalga oshirishi
zarur. Demak barcha fan o`qituvchilari zamonaviy axborot texnologiyalaridan
foydalanish malakasiga ega bo`lishlari shart. Odatda o`rgatuvchi dasturiy vositalar
yara
tish bilan kompyuter dasturchilari shug`ullanishadi. Ammo bu dasturchilar o`zlari
yaratayotgan mahsulot fani bo`yicha yetarli bilimga bo`lsalarda, ko`p hollarda o`qitish
metodikasidan uzoqroq bo`lishlari mumkin. Bu esa o`rgatuvchi dasturiy vositaning
metodik talablariga to`liq javob berishini ta`minlamaydi.
Bo`lajak tabiiy fanlar o`qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash
mediya ko`nikmasini rivojlantirish metodikasi orqali, tabiiyfanlarni oʼqitishda zamonaviy axborot texnologiyalarini ta`limda qoʼllash, yuqori samaradorlikka erishish uchun imkoniyatlar yaratadi
Yuqori malakali pedagog kadrlarga boʼlgan talablar ortib borayotgan hozirgi
sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega boʼlgan, fanning fundamental asoslarini puxta egallagan, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini yaxshi oʼzlashtirib olgan ijodkor pedagog kadrlarni shakllantirish talab etiladi. Bunday vazifalarni bajarish mavjud taʼlim tizimini mukammallashtirishni, uni hozirgi zamon talablariga mos rivojlantirishni, xususan oliy taʼlim paradigmasini zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalarini oʼzlashtirishga, oliy taʼlim muassasalarida mutaxassislikka oid fundamental bilimlarni mustahkam egallashga qodir pedagoglar tayyorlashga yoʼnaltirish taqozo etadi. Darhaqiqat, yangilangan taʼlim tizimini joriy etishda har bir oʼqituvchi oʼzining faniga va barkamol avlod taʼlim tarbiyasiga oid axborotlarni muntazam oʼrgana borib, ularni oʼz mehnat faoliyatida izchil qoʼllay bilish mahorati oqibatidagina taʼlim
-tarbiya jarayonini zamon talablari darajasida tashkil eta
olishi mumkinligi sir emas. Oliy taʼlim tizimi talabalarida kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish va uni rivojlantirish mazkur jarayonga nisbatan tizimli, kompleyondashuvni taqozo etadi. Boʼlajak oʼqituvchining chuqur bilim va samarali faoliyat yurita olish mahoratiga ega boʼlishi maʼlum fan asoslari borasida unda yetarli nazariy va amaliy bilimlarning, taʼlim jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish malakasining nechogʼlik shakllanganiga bogʼliqdir[2.11b]
Hulosa qilib aytganda xalqaro baholash dasturini mamlakat ta`lim tizimiga joriy etish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish vazifasi davlat inspeksiyasi huzurida yangi tashkil etilgan Ta`lim sifatini baholash bo`yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalari etib belgilangan
-
ta`lim tizimida o`qish, matematika va
tabiiy yo`nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yo`naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borilishi vazifasi bajarilishini ta`minlashda
–Bo`lakak tabiiy fanlar o`qituvchilarining mediakompetentligini rivojlantirish metodika”si bo`yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari xizmat qiladi.
Hozirgi kunda umumiy o`rta ta`lim muassasalarini zamonaviy axborot
-
kommunikatsiya vositalari bilan jihozlan
ganligi va Internet jahon axborot tarmog`iga
ulanganligini hamda iqtidorli pedagog kadrlarning mediakompetentligining
rivojlanganligi xalqaro baholash dasturlari bo`yicha ilmiy tadqiqot olib borishiga zamin
yaradi. Bugungi zamon pedagogdan juda ko`p talab
va o`qituvchining shaxsiy
yondashuvini talab etadi. Ya`ni, o`quvchining ertangi kuni, kamoli o`qituvchining
qo`lida va shu sababli o`qituvchi mohir va mukammal pedagog
-
psixolog bo`lmog`i
asosiy shart hisoblanadi
Download 20.57 Kb.




Download 20.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dunyo miqyosida sifatli ta'lim mamlakat taraqqiyotining garovi sifatida

Download 20.57 Kb.