• YUQORI KLASSIKA
  • II BOB. MIRON VA POLIKLET




    Download 0.87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/13
    Sana06.09.2022
    Hajmi0.87 Mb.
    #25632
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Miron va Poliklet. Haykaltaroshlikdagi komil inson obrazi
    Zamonaviy O‘zbekiston rangtasvir san’atining avangart yo‘nalishi, Касб таълими практикуми (Либос дизайни) тайёр, 1 курс Ўқув амалиёти Дастури охирги, 1.Matritsalar, Мустакил Таълим Узбекча Multimediya tizimlari 2 kurs, ECTS-ImplementationRecommendation, Dissertasiya Rahimov A, autoref realizatsiya didakticheskikh funktsii pedagogicheskikh izmerenii, Pinnacle Studio dasturiy ta, 1.Ariza, 1 variant, 1350-Artikkelin teksti-3549-1-10-20090204, asosiy ishlab chiqarish, Grafik ma’lumotlarni kiritish manipulyatorlari va ishlash tamoyillari. RT-DT
    II BOB. MIRON VA POLIKLET 
    2.1.
     
    Haykaltaroshlikdagi komil inson obrazi 
    Mifologiyada hikova qilinishicha, Afina fleytadek musiqa asbobini yaratgan
    lekin qo’pol ovoz chiqargani uchun uni la’natlab irg’itib yuborgan. Marsiya esa 
    bundan hayiqmay asbobni yerdan ko’taryapti. Voqeadan xulosa kelib chiqiyaptiki, 
    ular orasidagi ziddiyatlar teskari harakatlardan iborat bo’lib, natijada gavda 
    harakatlaridagi yechim mukammal topilmaganligini anglatyapti. 
    YUQORI KLASSIKA 
    (e. a. 450-410-yillar) 
    Er. av.5-asrning ikkinchi yarmiga kelib klassika san’atida estetik g’oyalar 
    to’planib, san’atning barcha turlarini rivojlantirilishida zamin bo’ldi. Mazkur 
    davrga kelib Grek polislari orasida muhim o’rinlaridan birini Aftna madanivati 
    egallaydi. Chunki bu davr hukmronligi mamlakat madaniyatining iqtisodiy va 
    siyosiy rivojianishda hamda katta yutuqlarni qo’lga kiritish bilan belgilanadi. 
    Aynan mana shu davr Grek madaniyatida "Oltin asr" deb yuritilgan edi. 
    ME’MORCHILIK 
    Perikl yashagan davrida juda yirik, va ajoyib ansambl Afina akropoli bunyod 
    qilindi. Akropol shahri va uning qo’rg’oni o’sha atrofda o’zining go’zal afsonaviy 
    qiyofasi bilan ajralib turadi. Mana shunday mo’jizaviy ansambl fors qo’shinlari 
    tomonidan vayronaga aylantirildi. Er. av. 5-asrning III choragiga kelib Afina 
    akropoli yangi ko’z ilg’amas darajada qayta qurildi. Endilikda uning mavzeida oq 
    marmarli binolar Parfenon, Propiley, Niki Apteros ibodatxonalari qad ko’tardi. 
    Keyinchalik esa qurilishlar Erexteyon ibodatxonasining qurilishi bilan yakunlandi. 
    Afina tepaligida asosan afinaliklarning ibodatxonalari joylashgan bo’lib, ular 
    orqasidagi Parfenon ibodatxonasi afinalik donishmandlar homiysi sharafiga 
    qurilgan edi. Ularning xazinasi ham avnan shu yerda saqlangan. Afinaga kirish 
    joyida joylashgan Propiley binosida kutubxona va kartinalar galereyasi saqlangan. 
    Akropol qiyaliklari teatr uchun mos va qulay kelganligi sababli shu yerda Dionis 
    nomidagi teatr bunyod etilgan. Umuman, grek me’morlari o’ta mohirlik bilan 


    20 
    me’morchilik inshootlarini rejalashtirganlar. Hatto ular har bir bino uchun 
    tabiatning o’ta mos keladigan go’zal joylarini tanlay olishgan. Mana shunday 
    ko’rkam imoratlardan biri Afina akropolidir. Akropol qurilishi va uning loyihasi 
    Gresiyaning buyuk haykaltaroshi Fidiy rahbarligi ostida bajarilgan. Akropol 
    qurilishi o’zida Gresiya tarixida birinchi bor Afina davlatining qudratini, uning 
    yuksakligini namoyon qilibgina qolmay, balki umumellinizm g’oyalarning yagona 
    maqsad uchun intilishlaridan iborat ekanligini namoyon qildi. Butun boshli qurilish 
    ansambli o’zida oliy darajadagi go’zallikni mujassam etibgina qolmay, balki 
    o’zining chiroyli olchamlarini namoyon qilganligi bois ham viqor bilan qad 
    ko’tarib turibdi. Akropol qurilishi loyihasidan shuni tushunish mumkinki, inshoot 
    bayram marosimlari va umumjamoa yig’inlari uchun mo’ljallangan. Akropolga 
    kirish g’arb tomondan bo’lib, Propiley darvozasidan (er. av. 437-432- yillar, 
    me’mor Mnesikl) kirib borilgan. Doriy orderi uslubida qurilgan ikki yon 
    tomondagi ayvonlar Niki Apteros ibodatxonasiga tutashgan (bu ibodatxonani er. 
    av. 449-432-y. y. Me'mor Kallikrat qurgan). Binoning ikki yon tomonidan qurilgan 
    ikki qator ioniy orderlari ( anfiprostil uslubida qurilgan) ibodatxona qurilishiga 
    yanada ko’rkamlik ,nafislik ato etgan. Propiley o’rtasidan o’tib keng maydonga 
    kiriladi. Maydonning markazida esa Fidiy tomonidan tayyorlangan Afina 
    Promaxos haykali (bronzadan bajarilgan) qad ko’tarib turibdi. Haykalning 
    balandligi 9 metr bo’lib, er. av. 465-455-yillarda bunyod qilingan. Akropolning 
    bosh ibodatxonasi Parfenonga qarama-qarshi tomonda uncha katta bolmagan, lekin 
    qurilishiga ko’ra go’zal bino Kallikrat tomonidan, haykallar esa Fidiy va uning 
    shogirdlari tomonidan bunyod etilgan. Lekin Erexteyon ibodatxonasining muallifi 
    hanuzgacha (er. av. 421-406-yillar) noma’lumligicha qolib kelyapti. 
    HAYKALTAROSHLIK 
    Buyuk haykaltarosh Fidiy Afinada tug’ilgan, u shogirdlari bilan birga ulkan 
    ishlarni boshqardi va amalga oshirdi.Uning 12 m.li "Afina qizi" deb nomlangan 
    Afina Parfenos ( e.a. 447-438-yil) haykali haykaltaroshning eng oliy, yirik 
    namunalaridan biri bolib hisoblanadi. Qalqonga tayanib turgan mag’rur qiz, 


    21 
    bayram libosida viqor bilan qaddini ushlab turibdi. Uning oyoqlari ostida 
    donishmandlik ramzi bolgan ilon yotibdi, o’ng qo’lida g’alaba xudosining kichik 
    statuyetkasi, go’zal ayol qiyofasida xotirjamlik va qat’iy donishmandlik 
    xususiyatlari barq urib turibdi. Uning butun gavdasidagi mana shunday xotirjamlik 
    relyefda to’liq o’z aksini topgan. Relyefda bajarilgan kompozisiyada Greklar bilan 
    amazonkaliklarning jangi tasvirlanib go’yo sahnada qarama- qarshi hissiyotlarni 
    keltirib chiqarayotgandek tuyuladi. Aynan shu jangchilar orasida Fidiy o’zini ham 
    Periklni ham tasvirlagan edi, lekin uning bu g’oyasi uchun xudosizlikda 
    ayblashgan edilar. Afina Parfenos statuyasining ustki qismi (xrisoelefantina 
    texnikasi asosida) tilla qatlamlik qoplama va fil suyagidan yopilgan. Havkalning 
    asosiy qismi yog’och, kiyim va sochlar yupqa oltin qatlamidan, qo’l, yuz va oyoq 
    qismlari esa fil suyagidan qoplangan. Bundav texnikada bajarilgan statuya orqa 
    tomondagi binolarning ichkarisida joylashgan statuyalarga juda mos kelgan. 
    Aynan shu haykallar Fidiy ijodining klassika davrida eng yuqori cho’qqiga 
    ko’tarilganligini belgilaydi. Binoning sharqiy frontonida ” Afinaning tug’ilishi” 
    kompozisiyasi o’z aksini topgan, bajarilgan frontonlar uchburchak shaklida,
    garbiy frontonida esa Afina va Poseydonlarning yer ustidagi bahslari 
    tasvirlangan.Haykallarda insonning gavda holatlari erkin joylashtirilgan va 
    inshootlar kompozisiyasiga juda mos kelyapti. Haykaltarosh bu yerda inson 
    qomatining vertikal simmetrik qurilishni inkor etib,murakkab kompozisiyalarda 
    voqeani ochib berishga harakat qilgan. Bino Frontonlarida har bir shaxs o’z 
    muvozanatiga ega bo’libgina qolmay, balki ular doimiy harakatdagidek o’z aksini 
    topgan. 
    Sharqiy fronton haykallari ichida Olimp haykali to’liq o’z aksini topib, alohida 
    uchta xudo statuyalari orasida ajralib turadi: Bular taqdir xudosi va tun xudosining 
    qizlari: (ular London muzeyga olib ketilgan), Afrodita, Diona va Peytolardan 
    iborat. Ibodatxonaning sharq tomonidan kirish jovidagi frizda xudolarning tasviri 
    tushirilib, ular o’tkazilayotgan marosimlarni kuzatyaptilar. Odamlar va xudolar bir 
    xil chiroylilikda o’z akslarni topgan. Bu daliliy ashyo sifatida afinaliklarda 


    22 
    odamlar va xudolar o’rtasida fuqarolik burchi va huquqlar bir xil 
    bo’lganligini,shuningdek ular o’rtasida tafout bo’lmaganligidan dalolat beradi. 
    POLIKLET 
    Er. a. 50-asrning 2-nchi yarmiga kelib san’at faqat Afinada emas, balki boshqa 
    mamlakatlarda ham gurkirab yashnadi. Ana shunday shaharlardan biri tarixda 
    Argos nomi bilan ko’zga tashlanadi. Aynan Argos shahrida Fidiyning zamondoshi 
    yetuk haykaltarosh Poliklet faoliyat ko’rsatgan. Uning ajoyib asarlaridan biri 
    "Dorifor" (nayzaboz er. av. 5-asrda) nomi bilan o’zida fuqarolik g’ovaiarini 
    umumlashtirgan. Asarda u Fidiy kabi o’z mahoratini haykalda namoyish qila olgan 
    . Bronzadan tayvorlangan statuya kuchli va mard o’spirin yigit obrazini o’zida 
    mujassamlashtirgan. Chiroyli gavdaga ega bo’lgan bu yigit qo’liga nayza ushlab 
    olgan. Gavdaning og’irligi o’ng oyoqqa tushgan, chap oyoq esa orqaga tashlangan 
    bo’lib, uning barmoqlari yerga sal-pal tegib turibdi. Gavdadagi nisbatlar shu 
    darajada chiroyli topilgan-ki, hatto mazkur chiroy orqali grek vatanparvar 
    yigitining go’zal tasviri uning ma’naviy dunyosini yuzaga chiqarilishida madad 
    bo'lganligini guvohi bo'lasiz. Poliklet ijodida inson nisbatlari haqida yozilgan 
    nazariy manbalar ham mavjud bo’lib,ular kanon nomi bilan ma’lum. Muallif aynan 
    "Dorifor" statuyasini o’zining mana shu "Kanon" bilimlariga amal qilgan holda 
    bajargan. Polikletning navbatdagi statuyalaridan biri "Diadumen" (er. av. 420-
    410-yil) bo’lib, bu yerda kurash g’olibi bo’lgan yigitcha gulchambarlar qo’ynida 
    aks ettirilgan. Er. av 5-asrning oxiriga kelib klassika haykaltaroshligi doirasiga 
    o’zgarishlar kirib keldi. Endilikda monumental qahramonlik mavzusini lirizm va 
    intim mavzular egallay boshladi. Masalan: Akropol qo’rg'onining Nike Apteros 
    ibodatxonasidagi lirik yechimdagi relef egallaydi. Sandalini (shipak) yechayotgan 
    Nika" (er. av, 411-407-y)asari buning yorqin misoli bo’la oladi. 

    Download 0.87 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 0.87 Mb.
    Pdf ko'rish