1.2.
Arxaika san’ati. Me’morchilik
ARXAIKA SAN’ATI
(e. a. 7-6-asrlar)
Arxaika san’ati e. a. 7-6-asrlarga to’gri kelib, tarixda Gretsiya san’atining rivoji
shahar-davlatlarning yuzaga kelishi bilan xarakterlidir. Ayni paytda mamlakatda
katta yer egalari, savdogarlar, hunarmandlar orasida tortishuvlar yuzaga
kelib,natijada quldorlik demokratiyasini keltirib chiqargan. Endilikda dunyoviy
qarashlar o’zgarib, adabiyot, san’at, poyeziya, falsafa kabilar yuzaga kelib, xalq
orasiga teatr kirib keldi va grek san’atining gullab-yashnash bosqichini vujudga
keltirdi.
ME’MORCHILIK
Shaharlarning ko’payishi o’z navbatida qurilishlarining kengayishiga olib
keldi, bu esa yangi me'morchilik uslubi, ya'ni orderlarining yuzaga kelishi bilan
xarakterlidir, qaysiki orderlar o’sha davrda butun antik me’morchilikning asosini
tashkil etganligini e’tirof etish mumkin. Ayniqsa, ibodatxonalar shaharning gavjum
jamoalari to’planadigan joylarda qurilib, u yer muqaddas joy hisoblangan.
Shaharlarda xalq qahramonlariga atab qurilgan binolar oldida xalq bayramlari,
marosimlar o’tkaziigan, hatto qatl jazolari ham shu binolar oldida ijro etilgan.
Albatta, bu binolar grek me’morchiligiga o’z-o’zidan kirib kelmagan, odatda
greklar bunday binolarni "xudoning uyi" deb hisoblashgan. Shoh saroyi megaron
tipida qurilgan.Bunday binolar shahar markazida yoki akropolda qurilgan.
13
Binoning bosh fasadi sharqqa qarab, ya'ni ertalab quyosh chiqadigan tarafga
qaratib qurilgan. Uning oldida insoniy qiyofaga ega bo’lgan shahar homiysi
haykali o’rnatilib,“xudo bor”,- degan aqida ilgari surilgan. Binolar tosh va
ohaktoshdan tiklanib,to’rtburchakli rejaga ega bo’lgan. Ularning tom qismlari
keramika
yoki
marmar
(plitka)
taxtachalar
bilan
yopilgan.
Shunday
ibodatxonalardan biri “Antdagi ibodatxona” nomi bilan ma'lum.
Ibodatxonalarning yana bir qurilish usuli o’ta ixtisoslashgan bo’lib, "prostil"
deb yuritilgan va binoning oldiga to’rtta ustun o’rnatilgan. "Antiprostil" deb
yuritilgan binolarning oldi va orqa tomonida to’rttadan ustun o’rnatilgan.
Grek me'morchiligining klassik tiplaridan biri peripter nomi bilan ma'lum,
bunday to’rtburchakli bino hamma tarafdan ustunlar bilan aylantirib o’rab olingan.
Ibodatxonalarning qolgan elementlari juda oddiy va qurilish konstruksiyasi bilan
bog’liq. Aslida bu inshootlar yog’ochdan qurilgan bo’lib, ular ustiga bolor
yotqizilgan hamda ikki qavatli qilib ustki qismi yopilgan. Bu bilan biz,”grek
inshootlari oddiy tartibda ekan”,- deb tushunmaymiz, balki uning keyingi rivoji
aniq maqsadga ega bo’lgan me’morchilik tartibidan iborat bo’lganligini guvohi
bo’lamiz. Bora-bora bu qurilish uslubi Rimda order nomi bilan kirib kelib, "tartib"
yoki "tartibli qurilish" deb yuritildi.
Grek me’morchiligida order deganda, to’liq inshootning og’irligi va
konstruksiyasi tushuniladi. Agar qisqa ma’noda aytsak, yerdan antablamentgacha
bo’lgan masofani ko’tarib turgan ustun tushuniladi. Orderlar qat’iy o’lchamlarga
ega bo’lib, o’z nisbatlarini garmonik holatda yaxlit namoyon qiladi. Arxaika
davrida grek orderlari ikki variantda yuzaga kelgan. Ular doriy va ioniy orderlardir.
Ulardan doriy orderi Gretsiyaning materika viloyatiarida, ioniy orderi esa
Gretsiyaning Kichik Osiyo qirg’oqlari atrofida ishlatilgan.
Greklarning aytishicha, doriy orderi o’zida qahramonlik, kuchlilik kabi
g’oyalarni mujassamlashtirgan. Ioniy orderi esa yengil va chiroyli qilib qurilgan.
Shuning uchun ayrim qurilishlarda doriy orderi erkaklar gavdasini o’zida
mujassam etgan bo’lsa, ioniy orderi esa ayollar gavdasi bilan almashtirilgan va ular
atlant yoki kariatida deb yuritilgan. Orderlar umumqurilish materiali sifatida inson
14
gavdasi bilan almashtirilgan. Bunday qurilish elementlari to’g’ridan- to’g’ri
ishlatilibgina qolmay, balki binoning katta-kichik, og’ir-yengilligi, atrof muhit
bilan bog’liqligi hisobga olingan holda qurilishda qo’llanilgan. Orderlarning asosiy
qismini kolonna tashkil etadi. Doriy orderi tag-kursga ega bo’lmay, balki
to’ppadan-to’g’ri yerga o’rnatiladi. Order yerdan-yuqorigacha ingichkalashib
boradi va kapitelni ko’tarib turadi. Kapitel yaxlit toshdan iborat bo’lib, aylana
shaklni tashkil etadi va yuqoridan tushgan og’irlikni o’zida yostiq kabi ko’tarib
turadi. Antablament arxitravdan tashkil topib, uning tarkibiga friz va karniz kiradi.
Bu elementlar yaxlit holatda binoning butun og’irligini o’zida ushlab turadi. Ioniy
orderi esa doriy orderiga nisbatan ingichka va baland. Buning ustiga uning tag
kursisi bo’lib, kapiteli qo’chqor shoxi kabi burilgan va dekorativ chiroyga ega.
Klassika davriga kelib uchinchi korinf orderi yuzaga keldi. Bu order ioniy kabi
yengil,o’zgacha chiroyga ega bo’lib, kapiteli savat to’la gulga o’xshaydi, buning
ustiga yuqori qismi ayiq tovon (akanf) shaklidagi naqshlarni o’zida mujassam
etgan. Bunday order uslublari keyingi me’morchilikda keng foydalanildi, hatto
uyg’onish davri san’atida ham barokko va klassisizm uslubida qurilgan
inshootlarda ham ishlatilgan.
Dastlabki arxaika davrida qurilgan ibodatxonalar og’ir nisbatlarga ega bo’lib,
ular haddan tashqari uzunasiga cho’zilgan. Keyinchalik bunday inshootlar tartibga
keltiriladi va nisbatan chiroyli, muvozanati, mutanosibli holatlarda namoyon
bo’ldi. Bunday binolar qatoriga er. av. VI asrlar o’rtalarida qurilgan Pestumdagi
Bazelika ibodatxonasi, Korinifdagi Apollon (er. av. 540-yillarda qurilgan) va
Efessdagi Artemida ibodatxonalari yorqin misol bo’la oladi. Bu davrda qurilgan
doriy va ioniy tipidagi inshootlar ohaktoshdan qurilib, ular asosan qizil va ko’k
bo’yoqlarda ranglangan. Bu esa binoning ko’rkam ko’rinishini hosil qilgan.
HAYKALTAROSHLIK
Haykaltaroshlik san’ati Arxiaka davriga kelib murakkab rivojlanish davrini
o’tadi. VI asrlar o’rtalarigacha haykaltaroshlik namunalari xudolarga atalgan
15
bo’lib, qat'iy frontal yechimda, go’yo qotib qolgan singari ko’zga tashlanadi.
Bunday san’at namunalari Delos orolidagi "Gera" er. av. Artemida (er. av. 650-
yillar Afma, Milliy Muzeyi), Samos orolidagi "Gera" (er. av. 560-yillar Parij,
Luvr) kabilardir.
Mazkur haykallar diniy xarakterga ega bo’lib, Gomer davri asarlarini eslatadi.
"Gera'' statuyasini tahlil qilar ekanmiz, bu yerda muallif ayolning faqat gavda
nisbatlarini topibgina qolmay, undagi mayinlik, noziklik, egiluvchanlik
xusisiyatlarini ham mohirlik bilan namoyon eta olganki, kiyimning o’ta og’ir,
dag’alligi va yaltiroqligi ham ayolning husniga-husn qo’shganligidan dalolat
beradi. Umuman bu davrga kelib grek haykaltaroshligi hayotga yangicha mazmun
bilan kirib keldi. Ular erishgan muvaffaqiyatlarga, xudolar, xudolarning onasi,
qahramonlar va lashkarboshilarning siymolari ulug’ insonlar ramzi sifatida yuzaga
kelgan. Albatta, bunday ramziy timsollarda sog’lomlik, aqllilik, kuchlilik, mardlik
xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan insonni ko’rish mumkin. Bunday
haykallar qatoriga “Jangchi Kuros" haykali er. av. 600-yil. "Apollon Teneyskiy er.
av. 560-yillar, "Sunion kurosi" er. av. 600-yillar, g’alaba xudosi Delos orolidan
Nika haykali (er. av. VI asr) kabilar kiradi. Eramizdan avvalgi 6-5-asrga kelib
qadimgi greklarda kulolchilik ham o’zining rivoj yo’lini o’tadi. Ayni paytda
keramikadan ko’pgina sopol idishlar tayyorlanib, ular uy-ro’zg’or yumushlarida
foydalanilgan. Bunday idishlar orasida vazalar alohida ajralib turadi. Ular
yasalishiga ko’ra har xil bo’lib, bir yoki ikki ushlagichli (dastag) shakllarida
uchraydi. Ayrim paytlarda katta va kichik vazalar go’zal ayollar qomatiga ham
o’xshatib tayyorlangan. Buning ustiga xumlar suv, vino, yog’ va boshqa don
mahsulotlarini saqlashda foydalanib qolmay, balki ular oddiy kompozisiyali
syujetlardan to murakkab kompozisiyalargacha o’zida mujassam etgan. Tasvirlarda
bezatilgan ayrim vazalardagi elementlar hayotiy lavhalarni ham ochib bergan. Bu
davrda tayyorlangan vazalar (chernofigurnaya) "qora qomatlilar" nomi bilan
yuritilib, shakldagi ornamentlar qora lak bilan yopilib, keyin o’tda pishirilgan, bu
esa o’z navbatida qora fonda qizil loy (effekt) ajoyib xususiyatlarini chiroyli qilib
namoyon etgan.
16
Bu borada ustalar Klitiya va Ergotimolar tomonidan "fransua" vazasi (esa 560-
yillar), "Qayiqdagi Dionis" (e. a. 540- yillar)nomli vazalar yasalganini ko’rish
mumkin.
|