Dunyoning yetti "MO"jizasi"




Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana06.09.2022
Hajmi0.87 Mb.
#25632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Miron va Poliklet. Haykaltaroshlikdagi komil inson obrazi
Zamonaviy O‘zbekiston rangtasvir san’atining avangart yo‘nalishi, Касб таълими практикуми (Либос дизайни) тайёр, 1 курс Ўқув амалиёти Дастури охирги, 1.Matritsalar, Мустакил Таълим Узбекча Multimediya tizimlari 2 kurs, ECTS-ImplementationRecommendation, Dissertasiya Rahimov A, autoref realizatsiya didakticheskikh funktsii pedagogicheskikh izmerenii, Pinnacle Studio dasturiy ta, 1.Ariza, 1 variant, 1350-Artikkelin teksti-3549-1-10-20090204, asosiy ishlab chiqarish, Grafik ma’lumotlarni kiritish manipulyatorlari va ishlash tamoyillari. RT-DT
KLASSIKA DAVRI SAN’ ATI 
(e. a. V-IV asrlar) 
Er.av. V asrning birinchi dekadasidan boshlab Qadimgi Gretsiya madaniyatida 
klassika davri o’z rivoj, yo’lini o’tagan, aynan shu davrda san'atning hamma turlari 
benihoya yuksaldi. Bu esa dunyo miqyosida san’atning rivojiga bevosita turtki 
bo’ldi. Er.av. 5-asrning birinchi choragida grek polislari fors bosqinchilariga qarshi 
kurash olib borganlar. Ozodlik uchun olib borilgan bunday kurash natijasi ularni 
birlashtirishga olib kelgan. Dengizda forslar ustidan hal qiluvchi g’alaba 
Salaminda, e.av.459-yilda, quruqlikda esa Plateyada e. a. 479-yilda qo’lga kiritildi. 
Albatta bunday katta g’alabadan so’ng grek polislarining iqtisodiyoti taraqqiy 
qildi,rivojlandi. Bunday rivojlanish Afina san’atida ham yaqqol ko’zga tashlanadi. 
Bu davr san’ati uchga bo’lib o’rganiladi va klassika nomi bilan yuritiladi. 
1 .Erta klassika davri (er.av. 500-490-yillar). 
2.Yuqori klassika davri (er. av. 490-410-yillar). 
3.So’nggi klassika davri (er. av. 5-asrning oxiri 4-asr). 


17 
 
ERTA 
KLASSIKA
 SAN’ ATI 
E. a. 500-490 yillarda Greklar va forslar o’rtasida to’xtovsiz kurashlar bo’lib
o’tdi. Avnan shu villarda klassikaning ilk bosqichi erta klassika davri o’zining
rivoj yolini o’tagan. Bu davr san‘atida real hayotga nazar tashlanib, insonning 
umumlashgan tipik obrazlari yaratildi. San’atning barcha jabhalarida inson obrazi 
yagona mavzu bo’lib qoldi. Real hayotga murojaat qilinib, guruhli kompozisiyalar, 
haykaltaroshlik va me’morchilik muammolari hal etildi. 
Erta klassika davrida, asosan, doriy order uslubida ibodatxonalarning qurilishi 
keng ko’lamda rivojlanib, ular insonni ulug’lashga, polis qahramonlarining 
yuksaklikka ko’tarilishga bag’ishlandi. Bunday uslubda qad ko’targan inshootlar 
o’zida qat‘iy, ixcham olchamni ushlabgina qolmay, balki tola ravishda o’z 
muvozanatini ham toliq namoyon eta olgan. Masalan, er. av. 5-asrning 3-2-
choragida qurilgan Pestumdagi Gera ibodatxonasi (ilgari Poseydon nomi bilan 
yuritilgan), o’zining chiroyli haykallari bilan bayramona kayfiyat hosil qilgan. 
Olimpiyadagi Zevs (e. av.5-asr o’rtalarida) ibodatxonasi ham buning yorqin misoli 
bo’Ia oladi . 
HAYKALTAROSHLIK 
Ilk klassika davrida monumental haykaltaroshiik namunalari fuqarolik g’oyalarini 
ilgari surib maydonlar va ibodatxonalarning ko’rki bo’lib xizmat qilgan. Bu 
haykallar o’zida badiiy prinsiplarni umumlashtirgan,shuningdek arxaika davridan 
klassika davriga o’tish vaqtini yaqqol ko’rsatib bera olgan. Bunday havkallar 
qatoriga er. av. 490-yillarda bunyod etilgan Egina orolidagi Afina Afavn haykalini 
kiritish mumkin. Bu haykal binoning frontonida bajarilgan. Kompozisiyalar
binoning ikki frontonida o’rnatilgan bo’lib, o’z simmetriyasiga ega va o’zida 
shartli ornamentlar bilan o'zgacha xususiyatni namoyon etgan. G’arbiy frontonda 


18 
esa greklar va troyaliklarning Patrokl jasadi uchun qilingan janglari tasvirlangan. 
Markazda esa greklar homiysi Afina xudosining qomati o’rin olgan. Afinaning 
gavdasi jangchilar orasida juda erkin, sovuqqonlik bilan ko’zga tashlanayapti. 
Jangchilar harakatlarida esa o’ta real holatlarni, arxaika san’atiga taalluqli rang-
barang xususiyatlarini kuzatish mumkin. Har bir jangchining harakati nafaqat jang 
tasvirlarini, balki dramatik holatlarini ochib berishiga intilganligidan dalolat 
beradi. Aynan shunday xususiyatlarni sharqiy frontondagi Gerakl gavdasida ham 
kuzatish mumkin. Umuman,bu davr haykaltaroshligida bronzadan tayyorlangan 
"Poseydon" (er.av. 460-asr), "Delfin", "Yugurish bo’yicha g’olib", '"Oyog’idan 
tikanli zirabchani chiqarayotgan o’spirin", relyefda esa '"Afroditaning tug’ilishi" 
kabilarni ko’rsatish mumkin. Ular ichida esa Apollon haykali Zevs 
ibodatxonasining g’arbiy frontonida bajarilgan bo’lib kentavrlar bilan bo’lgan 
jangda g’olib deb topilgan va bu haykal Apollon sharafiga o’rnatilgan. O’zida 
ajoyib xususiyatlarni: mardlik, kuchlilik aqllilik g’oyalarini birlashtirgan bu 
qahramon mardona qad ko'tarib turibdi. Muallif bu timsol orqali klassika davri 
fuqarosining xususiy tabiati, o’z davrining tipik vakili siymosida umumlashgan 
pahlavon obrazini ko’rsata olgan. 
Haykaltaroshlik haqida so’z yuritar ekanmiz, albatta, klassika davri 
haykaltaroshi Elefter shahrida yashab faoliyat ko’rsatgan Miron haqida so’z 
aytmoq juda shart.Haykaltaroshning ijodi, asosan, Attika inshootida er. av. 5-
asrning ikkinchi va uchinchi choragida ko’zga tashlanadi. U go’zal garmonik va 
hayotiy obrazlar yaratish uchun intilib, butunlay arxaika prinsiplarini chetlab o’tdi. 
Uning ajoyib asarlaridan biri er.av. 450-yilda "Disk uloqtiruvchi" nomi bilan 
namoyon bo’ladi. Miron haykaltaroshlikda aqlan va jismonan go’zal o’spirin 
yigitni disk irg’itavotgan holatda tasvirladi. Bundan tashqari, Afina akropoli uchun 
"Afina va Marsiya" haykallarini (er.av.5-asr o’rtalari) yaratishga erishdi. Bu 
yerdagi haykallarda o’zaro qarama-qarshi harakatlar ifodasi o’ta me’yoriga 
etkazildgan. Bunday holatni Afina jahl bilan irg’itgan cholg’u (fleyta) asbobini 
qo’rquv bilan ko’tarayotgan Marsiy harakatlarida kuzatib, kompozisiyada nisbatan 
qo’pollik mavjud deb hisoblangan. 


19 

Download 0.87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish