Gomer Gretsiyasi san’ati (e. a 11-8-asrlar).  2




Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana06.09.2022
Hajmi0.87 Mb.
#25632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Miron va Poliklet. Haykaltaroshlikdagi komil inson obrazi
Zamonaviy O‘zbekiston rangtasvir san’atining avangart yo‘nalishi, Касб таълими практикуми (Либос дизайни) тайёр, 1 курс Ўқув амалиёти Дастури охирги, 1.Matritsalar, Мустакил Таълим Узбекча Multimediya tizimlari 2 kurs, ECTS-ImplementationRecommendation, Dissertasiya Rahimov A, autoref realizatsiya didakticheskikh funktsii pedagogicheskikh izmerenii, Pinnacle Studio dasturiy ta, 1.Ariza, 1 variant, 1350-Artikkelin teksti-3549-1-10-20090204, asosiy ishlab chiqarish, Grafik ma’lumotlarni kiritish manipulyatorlari va ishlash tamoyillari. RT-DT
1. 
Gomer Gretsiyasi san’ati (e. a 11-8-asrlar). 
2. 
Arxaika san’ati (quldorlik davlatlari davri) (e. a. 7-6-asrlar). 
3. 
Klassika davri san’ati ( e. a. 5-6-asrlar) bo’lib, klassika san’atining rivoji esa 
uch bosqichni o’tagan. 
a) 
erta klassika (e. a. 490-450- yillar). 
b) 
yuqori klassika (e. a. 450-410- yillar). 
v) so’nggi klassika (e. a. 5-asr oxiri va 4-asrlar). 



Eramizdan avvalgi 4-asr oxirlaridan to bizning eramizgacha bo’lgan davr 
"Ellinizm davri" deb yuritiladi. 
GOMER GRETSIYA SAN ATI 
(e. a. 11-18-asrlar) 
Grek san’atining rivojlanishi bosqichlaridan biri Gomer nomi bilan yuritiladi. 
Qaysiki bu davrda "Iliada" va Odissiya" epik-poemalarning muallifi Gomer yashab 
ijod etgan edi. Bu davrda Gretsiyada jamiyat patriarxal hukmronligi ostida bo’lib, 
quldorlik tuzumi hukm surardi. Ayni shu davrga kelib xalq og’zaki ijodining ayrim 
janrlari, jumladan, afsonalar keng rivojlandi. Me'morchilik, tasviriy san'at kabilar 
yuqori darajaga ko’tarila olmadi. Qurilgan har bir inshoot mikenlarning megaron, 
ya'ni to’rtburchakli qurilish uslubida olib borilgan. Poydevorlarda dag’al toshlar, 
devorlarida xom g’ishtlar ishlatilgan, binolarda esa yog’och-karkasdan ham 
foydalanilgan. 
Haykaltaroshlikda loy, so’yak, tosh kabi materiallardan foydalanib, ularga 
yetarlicha ishlov berilmagan, lekin yaratilgan har bir obraz o’z tabiatini to’liq 
bo'lmasa-da, deyarli qisman namoyon qila olgan. Masalan: "Yer haydovchi". 
(Parij, Luvr) "Kentavr va pahlavon" (Nyu-York) Metropoliten. E.a. 8-asrlar) kabi 
haykallar kompozisiyasi Gomer san'ati hayotidagi lavhalarni yoritishda muhim 
manbaa bo’lib xizmat qiladi. 
Hunarmandchilik bilan bir qatorda kulolchilik va naqqoshlik san’ati ham 
rivojlanadi. Aynan mana shundav sopol idishlarda o’simliksimon va geometrik 
naqshlar bajarilib ular dekorativ xarakterga ega bo’la bo’rgan. 
ARXAIKA SAN’ATI 
(e. a. 7-6-asrlar) 



Arxaika san’ati e. a. 7-6-asrlarga to’gri kelib, tarixda Gretsiya san’atining rivoji 
shahar-davlatlarning yuzaga kelishi bilan xarakterlidir. Ayni paytda mamlakatda 
katta yer egalari, savdogarlar, hunarmandlar orasida tortishuvlar yuzaga 
kelib,natijada quldorlik demokratiyasini keltirib chiqargan. Endilikda dunyoviy 
qarashlar o’zgarib, adabiyot, san’at, poyeziya, falsafa kabilar yuzaga kelib, xalq 
orasiga teatr kirib keldi va grek san’atining gullab-yashnash bosqichini vujudga 
keltirdi. 
 
ME’MORCHILIK 
Shaharlarning ko’payishi o’z navbatida qurilishlarining kengayishiga olib 
keldi, bu esa yangi me'morchilik uslubi, ya'ni orderlarining yuzaga kelishi bilan 
xarakterlidir, qaysiki orderlar o’sha davrda butun antik me’morchilikning asosini 
tashkil etganligini e’tirof etish mumkin. Ayniqsa, ibodatxonalar shaharning gavjum 
jamoalari to’planadigan joylarda qurilib, u yer muqaddas joy hisoblangan. 
Shaharlarda xalq qahramonlariga atab qurilgan binolar oldida xalq bayramlari, 
marosimlar o’tkaziigan, hatto qatl jazolari ham shu binolar oldida ijro etilgan. 
Albatta, bu binolar grek me’morchiligiga o’z-o’zidan kirib kelmagan, odatda 
greklar bunday binolarni "xudoning uyi" deb hisoblashgan. Shoh saroyi megaron 
tipida qurilgan.Bunday binolar shahar markazida yoki akropolda qurilgan. 
Binoning bosh fasadi sharqqa qarab, ya'ni ertalab quyosh chiqadigan tarafga 
qaratib qurilgan. Uning oldida insoniy qiyofaga ega bo’lgan shahar homiysi 
haykali o’rnatilib,“xudo bor”,- degan aqida ilgari surilgan. Binolar tosh va 
ohaktoshdan tiklanib,to’rtburchakli rejaga ega bo’lgan. Ularning tom qismlari 
keramika 
yoki 
marmar 
(plitka) 
taxtachalar 
bilan 
yopilgan. 
Shunday 
ibodatxonalardan biri “Antdagi ibodatxona” nomi bilan ma'lum. 



Ibodatxonalarning yana bir qurilish usuli o’ta ixtisoslashgan bo’lib, "prostil" 
deb yuritilgan va binoning oldiga to’rtta ustun o’rnatilgan. "Antiprostil" deb 
yuritilgan binolarning oldi va orqa tomonida to’rttadan ustun o’rnatilgan. 
Grek me'morchiligining klassik tiplaridan biri peripter nomi bilan ma'lum, 
bunday to’rtburchakli bino hamma tarafdan ustunlar bilan aylantirib o’rab olingan. 
Ibodatxonalarning qolgan elementlari juda oddiy va qurilish konstruksiyasi bilan 
bog’liq. Aslida bu inshootlar yog’ochdan qurilgan bo’lib, ular ustiga bolor 
yotqizilgan hamda ikki qavatli qilib ustki qismi yopilgan. Bu bilan biz,”grek 
inshootlari oddiy tartibda ekan”,- deb tushunmaymiz, balki uning keyingi rivoji 
aniq maqsadga ega bo’lgan me’morchilik tartibidan iborat bo’lganligini guvohi 
bo’lamiz. Bora-bora bu qurilish uslubi Rimda order nomi bilan kirib kelib, "tartib" 
yoki "tartibli qurilish" deb yuritildi. 
Grek me’morchiligida order deganda, to’liq inshootning og’irligi va 
konstruksiyasi tushuniladi. Agar qisqa ma’noda aytsak, yerdan antablamentgacha 
bo’lgan masofani ko’tarib turgan ustun tushuniladi. Orderlar qat’iy o’lchamlarga 
ega bo’lib, o’z nisbatlarini garmonik holatda yaxlit namoyon qiladi. Arxaika 
davrida grek orderlari ikki variantda yuzaga kelgan. Ular doriy va ioniy orderlardir. 
Ulardan doriy orderi Gretsiyaning materika viloyatiarida, ioniy orderi esa 
Gretsiyaning Kichik Osiyo qirg’oqlari atrofida ishlatilgan. 
Greklarning aytishicha, doriy orderi o’zida qahramonlik, kuchlilik kabi 
g’oyalarni mujassamlashtirgan. Ioniy orderi esa yengil va chiroyli qilib qurilgan. 
Shuning uchun ayrim qurilishlarda doriy orderi erkaklar gavdasini o’zida 
mujassam etgan bo’lsa, ioniy orderi esa ayollar gavdasi bilan almashtirilgan va ular 
atlant yoki kariatida deb yuritilgan. Orderlar umumqurilish materiali sifatida inson 
gavdasi bilan almashtirilgan. Bunday qurilish elementlari to’g’ridan- to’g’ri 
ishlatilibgina qolmay, balki binoning katta-kichik, og’ir-yengilligi, atrof muhit 
bilan bog’liqligi hisobga olingan holda qurilishda qo’llanilgan. Orderlarning asosiy 
qismini kolonna tashkil etadi. Doriy orderi tag-kursga ega bo’lmay, balki 
to’ppadan-to’g’ri yerga o’rnatiladi. Order yerdan-yuqorigacha ingichkalashib 
boradi va kapitelni ko’tarib turadi. Kapitel yaxlit toshdan iborat bo’lib, aylana 



shaklni tashkil etadi va yuqoridan tushgan og’irlikni o’zida yostiq kabi ko’tarib 
turadi. Antablament arxitravdan tashkil topib, uning tarkibiga friz va karniz kiradi. 
Bu elementlar yaxlit holatda binoning butun og’irligini o’zida ushlab turadi. Ioniy 
orderi esa doriy orderiga nisbatan ingichka va baland. Buning ustiga uning tag 
kursisi bo’lib, kapiteli qo’chqor shoxi kabi burilgan va dekorativ chiroyga ega. 
Klassika davriga kelib uchinchi korinf orderi yuzaga keldi. Bu order ioniy kabi 
yengil,o’zgacha chiroyga ega bo’lib, kapiteli savat to’la gulga o’xshaydi, buning 
ustiga yuqori qismi ayiq tovon (akanf) shaklidagi naqshlarni o’zida mujassam 
etgan. Bunday order uslublari keyingi me’morchilikda keng foydalanildi, hatto 
uyg’onish davri san’atida ham barokko va klassisizm uslubida qurilgan 
inshootlarda ham ishlatilgan. 
Dastlabki arxaika davrida qurilgan ibodatxonalar og’ir nisbatlarga ega bo’lib, 
ular haddan tashqari uzunasiga cho’zilgan. Keyinchalik bunday inshootlar tartibga 
keltiriladi va nisbatan chiroyli, muvozanati, mutanosibli holatlarda namoyon 
bo’ldi. Bunday binolar qatoriga er. av. VI asrlar o’rtalarida qurilgan Pestumdagi 
Bazelika ibodatxonasi, Korinifdagi Apollon (er. av. 540-yillarda qurilgan) va 
Efessdagi Artemida ibodatxonalari yorqin misol bo’la oladi. Bu davrda qurilgan 
doriy va ioniy tipidagi inshootlar ohaktoshdan qurilib, ular asosan qizil va ko’k 
bo’yoqlarda ranglangan. Bu esa binoning ko’rkam ko’rinishini hosil qilgan. 
HAYKALTAROSHLIK 
Haykaltaroshlik san’ati Arxiaka davriga kelib murakkab rivojlanish davrini 
o’tadi. VI asrlar o’rtalarigacha haykaltaroshlik namunalari xudolarga atalgan 
bo’lib, qat'iy frontal yechimda, go’yo qotib qolgan singari ko’zga tashlanadi. 
Bunday san’at namunalari Delos orolidagi "Gera" er. av. Artemida (er. av. 650-
yillar Afma, Milliy Muzeyi), Samos orolidagi "Gera" (er. av. 560-yillar Parij, 
Luvr) kabilardir. 
Mazkur haykallar diniy xarakterga ega bo’lib, Gomer davri asarlarini eslatadi. 
"Gera'' statuyasini tahlil qilar ekanmiz, bu yerda muallif ayolning faqat gavda 


10 
nisbatlarini topibgina qolmay, undagi mayinlik, noziklik, egiluvchanlik 
xusisiyatlarini ham mohirlik bilan namoyon eta olganki, kiyimning o’ta og’ir, 
dag’alligi va yaltiroqligi ham ayolning husniga-husn qo’shganligidan dalolat 
beradi. Umuman bu davrga kelib grek haykaltaroshligi hayotga yangicha mazmun 
bilan kirib keldi. Ular erishgan muvaffaqiyatlarga, xudolar, xudolarning onasi, 
qahramonlar va lashkarboshilarning siymolari ulug’ insonlar ramzi sifatida yuzaga 
kelgan. Albatta, bunday ramziy timsollarda sog’lomlik, aqllilik, kuchlilik, mardlik 
xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan insonni ko’rish mumkin. Bunday 
haykallar qatoriga “Jangchi Kuros" haykali er. av. 600-yil. "Apollon Teneyskiy er. 
av. 560-yillar, "Sunion kurosi" er. av. 600-yillar, g’alaba xudosi Delos orolidan 
Nika haykali (er. av. VI asr) kabilar kiradi. Eramizdan avvalgi 6-5-asrga kelib 
qadimgi greklarda kulolchilik ham o’zining rivoj yo’lini o’tadi. Ayni paytda 
keramikadan ko’pgina sopol idishlar tayyorlanib, ular uy-ro’zg’or yumushlarida 
foydalanilgan. Bunday idishlar orasida vazalar alohida ajralib turadi. Ular 
yasalishiga ko’ra har xil bo’lib, bir yoki ikki ushlagichli (dastag) shakllarida 
uchraydi. Ayrim paytlarda katta va kichik vazalar go’zal ayollar qomatiga ham 
o’xshatib tayyorlangan. Buning ustiga xumlar suv, vino, yog’ va boshqa don 
mahsulotlarini saqlashda foydalanib qolmay, balki ular oddiy kompozisiyali 
syujetlardan to murakkab kompozisiyalargacha o’zida mujassam etgan. Tasvirlarda 
bezatilgan ayrim vazalardagi elementlar hayotiy lavhalarni ham ochib bergan. Bu 
davrda tayyorlangan vazalar (chernofigurnaya) "qora qomatlilar" nomi bilan 
yuritilib, shakldagi ornamentlar qora lak bilan yopilib, keyin o’tda pishirilgan, bu 
esa o’z navbatida qora fonda qizil loy (effekt) ajoyib xususiyatlarini chiroyli qilib 
namoyon etgan. 
Bu borada ustalar Klitiya va Ergotimolar tomonidan "fransua" vazasi (esa 560-
yillar), "Qayiqdagi Dionis" (e. a. 540- yillar)nomli vazalar yasalganini ko’rish 
mumkin. 


11 

Download 0.87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  Gomer Gretsiyasi san’ati (e. a 11-8-asrlar).  2

Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish