|
Gaz trubinali dvigatellarining ishlash jarayoniBog'liq 3-ma\'ruzaGaz trubinali dvigatellarining ishlash jarayoni.
Gaz turbinalaridan avtomobil dvigateli sifatida foydalanish avtomobilsozlik
texnikasida yangi bosqich hisoblanadi. Bu turdagi avtomobilga o’rnatiladigan dvigatel
porshenli ichki yonuv dvigateliga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. Bunda
avtomobil konstruktsiyasi soddalashadi va dvigatel vazni yengillashadi. Gaz turbinali
dvigatelning f.i.k. yuqori, chunki unda qaytma-ilgarilama harakat qiladigan detallar
yo’q. Unda, val podshipniklaridagi ishqalanishdan boshqa, ishqalanuvchi detallarning
yo’qligi xisobiga moylash tizimi ham oddiy bo’ladi. Bunday dvigatellarda porshenli
dvigateldagi kabi uzatmalar qutisi va ilashish muftasining xojati bo’lmaydi. 2.6-rasmda
ikki valli gaz turbinali dvigatel sxemasi keltirilgan. Bunda kompressor turbinasi 10
ning diski 4 va parragi 1 birinchi val 11 ga o’rnatilgan bo’lib, kuch turbinasi 9 ning
diski 6 ikkinchi val 7 ga o’rnatilgan. Kompressor turbinasi va kuch turbinasi vallari 11
va 7, o’zaro kinematik bog’lanmaganligi sababli ikki valli dvigatel deyiladi.
Avtomobilning yarim o’qi 14, differentsial, asosiy uzatma 13 va reduktor 8 orqali kuch
turbinasining vali 7 bilan ulangan.
Gaz trubinali dvigatellarining ishlash jarayoni.

Gaz turbinali dvigatelning birinchi vali 11 starter yordamida harakatga
keltiriladi. Birinchi valning aylanishlar chastotasining 25…30 % ini tashkil
qilgandagina markazdan qochma kompressor 12 siqilgan havoni yonish kamerasi 3 ga
uzata boshlaydi. SHu payt yonilg’i forsunka 2 orqali yonish kamerasiga purkaladi,
natijada yonuvchi aralashma hosil bo’ladi. Katta bosimga va haroratga ega bo’lgan
yonuvchi aralashma elektr svechasi yordamida alangalantiriladi. Bir tekis yonish zonasi
hosil bo’lgandan so’ng svecha o’chiriladi, keyinchalik yonuvchi aralashma hosil
bo’lgan alangadan yonadi. Yonishdan hosil bo’lgan gazlar kamera 3 orqali kompressor
va kuch turbinalarining kurakchalari 5 ga uriladi va uni harakatga keltiradi. Hosil
bo’lgan mexanik energiya yordamchi mexanizmlar yordamida avtomobilni harakatga
keltiradi. Kuch turbinasi ishining kompressor turbinasiga nisbatan mustaqilligi uning
aylanishlar chastotasini keng oraliqda o’zgartirish imkonini beradi. Aylanishlar
chastotasi katta bo’lganligi uchun dvigateldan katta quvvat olinadi. Demak, uzatmalar
qutisi va ilashish muftasisiz katta aylanishlar chastotasiga (25000…40000 min
-1
) ega
bo’lgan moment gaz turbinasining validan uzatishlar soni doimiy bo’lgan reduktor 8
yordamida bu moment kattalashtirilib orqa ko’prikda joylashgan asosiy uzatma 13,
differentsial va yarim o’qlar 14 orqali g’ildiraklarga uzatiladi.
Gaz turbinalarida uzatmalar qutisining xojati bo’lmasa ham yonilg’ini tejash
va tortish quvvatini keng miqyosda o’zgartirish uchun ikki, uch bosqichli uzatmalar
qutisini qo’llash maqsadga muvofiq.

| |