|
E- conference s e r I e s premium best q uality guaran tee service Pdf ko'rish
|
bet | 129/157 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 4,42 Mb. | | #154851 |
Bog'liq Italy Econference Series Nov 2023 packageHosted online from Rome, Italy.
Date: 25
th
Nov., 2023
ISSN: 2835-396X Website: econferenceseries.com
133
hujayra membranasi o‘tkazuvchanligi oshadi. Diffuz va osmos jarayoni kuchayadi.
Ishqor-
kislotali muvozanat o‘zgaradi. Hujayra ichida mikroalmashinuv jarayonlari
yaxshilanadi. Ultratovush terapiyasi ta’sirida limfa va qon aylanishi yaxshilanadi va
kuchayadi. Chandiqlar va bitishmalar kirishadi va tekislana boshlaydi.
To‘qimalardagi regeneratsiya jarayonlari va ularning kislorodni o‘zlashtirish
jarayoni kuchayadi. Trofik va moslashuv faoliyati yaxshilanadi. Asab tolalari orqali
asab impulsi o‘tkazuvchanligi faollashadi.
Ultratovush terapiyasi bo‘gim kasalliklarida, osteoxondroz, radikulit, poliartrit,
ichak yarasi, bronxial astma, mastit, mayda qon-
tomir kasalligida qo‘llanilishi
yaxshi natija beradi. Ultratovush apparatlaridan foydalanish. Hozirgi vaqtda
fizioterapiya amaliyotida ultratovush apparatlarining bir necha turlari mavjud. UTS-
1, UTS-1M, UTP-3M, UZT-104, UZT-31, LOR1A apparatlarining UZT seriyasi
juda qulay va maxsus ko‘rsatma bo‘yicha tayinlanadi. Ultratovush apparatlarining
hammasi yuqori chastotali generatorlar, farqli tok berib turuvchi blok hamda
ultratovush applikator bilan ta’minlangan. Applikatorda kvarsdan tayyorlangan
plastinka bor. Generatorda ultratovush chastotasiga ega bo‘lgan elektr maydoni
yuzaga keladi. Shu elektr maydoni applikator plastinkasining tebranishiga sabab
bo‘ladi va elektr energiyasini tovush energiyasiga aylantirib beradi.
Muolajani qo‘llashda quyidagi usullardan foydalaniladi :
-labil yoki kontakt usuli;
-stabil usuli;
Ultra tovush tarqalib ketmasligi uchun muolajani har doim maz yoki vazelin bilan
o‘tkazilishi shart. Bu usul yordamida organizmga dori moddalari kirgizilishi
mumkin, bu usul fonoforez yoki ultrafonoforez deb ataladi. Masalan : butadion,
gidrokartizon, dolgit va boshqa dorili mazlar. Bu muolaja davolash amaliyotida juda
keng qo‘llaniladi, ayniqsa hozirda keng tarqalgan bo‘g‘im kasalliklarida.
Ko‘rsatmalar : tayanch-harakat apparati kasalliklari (artrit, poliartrit, podagra,
osteoxondroz), nerv sistemasining kasalliklari va jarohatlari, LOR kasalliklari
(tonzilit, vazamator renit), ko‘z kasalliklari (kon'yuktivit, keratit), ginekologik va
urologik kasalliklari (salpingoofarit, prostatit), nafas olish organlari kasalliklari
(bronxial astma, bronxit), stomatologik kasalliklar va h.z. Lekin shu bilan bir atorda
tromboflebit, kaxeksiya, gipotoniya, qon ketishga moyillik holatlarida muolajani
qo‘llash mumkin emas.
|
| |