|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq tushda-kechgan-umrlar-romanining-syujet-obraz-uslub-xususiyatlariAcademic Research in Educational Sciences
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-195-201
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 197 www.ares.uz
kompozitsiyasi yaxlit butunlikka ega ekani bilan lirik va dramatik turga mansub
asarlardan ajralib turadi. Muallif uchun syujet voqealari personajlar xarakterining
ochilishi, shakllanishi muhim asos vazifasini o‘taydi. “Syujetning badiiy asardagi
funksiyalari haqida so‘z ketganda, avvalo, uning asar problemasini badiiy tadqiq
etishga imkon beradigan hayot materialini uyushtirib berishini aytish kerak”. Demak,
syujetning qanday bo‘lishi muallif niyatiga bog‘liqdir. Masalan, “Tushda kechgan
umrlar” uchun tanlagan sujetda voqealarning bir nechta personajlar hayoti misolida
ko‘rsatilishi — muallif ijodiy niyatni amalga oshirish uchun qulay usuldir. Negaki,
romandagi syujet chizig‘ining Rustam, Komissar, Qurbonoy xola liniyalari orasida
kechishi yozuvchini yozishga undagan muammolarni ifodalashga imkonini yaratdi.
Jumladan, farrosh kampir– Qurbonoy xolaning qismati, Komissar Soat G‘aniyevning
fojiasi roman bosh qahramoni Rustamning taqdiri bilan bog‘liq voqealarga uzviy
bog‘langan holda olib kiriladi va ular yozuvchiga Afg‘on urushi hamda “O‘zbek ishi”
fojialari bilan bog‘liq muammolarini yoritish, ko‘rsatish imkonini yaratadi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Albatta har bir badiiy asar syujeti unda ishtirok etuvchi katta-kichik
personajlarning harakatidan tashkil topadi. Harakat tashqi tamonlama yoki ichki–
o‘y-hayol, ruhiyatdagi o‘zgarishlar ma’nosida bo‘ladi. Shunga asoslanib badiiy
asarlarni bu harakat tiplaridan qaysi biri yetakchilik qilishiga qarab syujetning ikki
turi ajratiladi: a) “tashqi harakat” dinamikasiga asoslangan sujet b) “ichki harakat”
dinamikasiga asoslangan syujetlar. Tashqi harakat dinamikasiga asoslangan
syujetlarda personajlarning muayyan maqsad yo‘lidagi xatti-harakatlari, kurash va
to‘qnashuvlari, hayotidagi burilishlar tasvirlanadi, shu asosda ularning taqdirida,
ijtimoiy mavqeida muayyan o‘zgarishlar yuz beradi. Sodda qilib aytsak, bu xil
syujetli asarlarda voqea to‘laqonli tasvirlanadi, u o‘z holicha ham badiiy estetik
qimmat kasb etadi. Syujetning ikkinchi tipiga asoslangan asarlar adabiyotimizda
ancha keyin, 80-yillardan boshlab maydonga kela boshladi. Biz tahlil qilayotganimiz
“Tushda kechgan umrlar” asarida tashqi harakat dinamikasiga asoslangan syujet
yetakchilik qiladi. Unda Rustam, Komissar, Qurbonoy xola kabi obrazlar hayotiga
tegishli voqealar, ular hayotidagi burilishlar, o‘zgarishlar to‘liq tasvirlangan. Lekin
qahramonlarning o‘y-hayollari, ruhiyatida kechayotgan o‘zgarishlarga asoslanib
aytish mumkinki, asarda ichki harakat dinamikasiga asoslangan syujeting ham
elementlari bor. Adabiyot nazariyasiga oid kitoblarda “badiiy asarda tasvirlangan
voqealar bir tizimga bog‘lanar ekan, ular orasida asosan ikki turli munosabat
|
| |