|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq tushda-kechgan-umrlar-romanining-syujet-obraz-uslub-xususiyatlariAcademic Research in Educational Sciences
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-195-201
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 200 www.ares.uz
yutaman deb turgan uyda tong otishini kutib, nomalum xadik bilan yashashdir.
Qurbonoy xola liniyasida esa, barcha bo‘lib o‘tgan ishlar Olloning irodasi ekani
aytiladi.
XULOSA
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ldiki, tugun, voqea rivoji va kulminatsiya syujetni
tutib turuvchi asosiy unsurlar sanaladi va ular har qanday syujetda mavjud bo‘ladi.
Ekspozitsiya bilan yechim esa syujetning shart bo‘lmagan elementlari bo‘lib,
ularning asarda bo‘lish yoki bo‘lmasligi yozuvchining ijodiy niyati, ijodiy
individualligi, badiiy tasvir va talqin yo‘sini bilan bog‘liqdir.
“Tushda kechgan umrlar” da yozuvchi qo‘llagan syujetning turi usul
retrospeksiya deb atalib, uning mohiyati shuki, bunda yozuvchi syujet voqealarini
to‘xtatib o‘tmishga, ilgari bo‘lib o‘tgan voqealar tasviriga o‘tadi. Roman
boshlanishida tasvirlangan farrosh Qurbonoy xola roman o‘rtalariga kelib, otasi
nohaq qamalgan, onasi komissar tomonidan zo‘rlangan 14 yoshli qizcha tarzida
namoyon bo‘ladi. Yoki roman boshida o‘limi tasvirlangan bosh qahramon Rustam
voqealar rivoji davomida talaba, askar, uylangan yigit, otasi uchun kurashayotgan
qahramon sifatida batafsil tasvirlanadi.
Ma'lumki, badiiy asarda tasvirlanayotgan voqyealar makon va zamonda
kechadi, shunga ko‘ra adabiyotshunoslikda “badiiy vaqt” tushunchasi keng
qo‘llaniladi. “Tushda kechgan umrlar”da yozuvchi ijodiy niyatini amalga oshirish
yo`lida “badiiy vaqt” imkoniyatlaridan keng foydalangan. Adib zarur o‘rinda asar
vaqtidan chekinib, o‘tmishda yuz bergan voqealarni tasvirlaydi bu narsa “retrospektiv
vaqt” deyiladi. Yozuvchi “parallel vaqt” dan ham unumli foydalangan. Unda yuz
berishi jihatidan bir paytga to‘g‘ri keladigan voqealarni navbati bilan tasvirlagan.
Rustamning Afg‘on urushida ekani voqeasi, dadasining qamalishi, komissarning
o‘g‘illari bilan bog‘liq kechayotgan hayoti, Qurbonoy xolaning qizi Umida va
nabiralari bilan kechayotgan voqealar tasvirining ketma-ket o‘rin almashib
tasvirlanishida biz buni ko‘rishimiz mumkin.
O‘tkir Hoshimov o‘zbek xalqini chinakam farzandi sifatida millatimiz boshiga
tushgan og‘ir fojiani ildizi bilan ochib bergan. O‘z qalbini og‘ritgan, xalqimizning
og‘riqli nuqtalari xususida mushohada yuritgan. Eng muhimi, buni mahorat bilan
uddalagan.
|
| |