|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq tushda-kechgan-umrlar-romanining-syujet-obraz-uslub-xususiyatlariAcademic Research in Educational Sciences
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-195-201
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 198 www.ares.uz
kuzatiladi. Syujetdagi voqealarning o‘zaro munosabatiga ko‘ra xronikal va konsentrik
syujet turlari ajratiladi”. Xronikal syujetda voqealar orasida vaqt munosabati(A voqea
yuz berganidan so‘ng B voqea yuz berdi) yetakchilik qilsa, konsentrik syujet
voqealari orasida sabab-natija munosabati (A voqea yuz bergani uchun B voqea yuz
berdi) yetakchilik qiladi. “Tushda kechgan umrlar” romanida biz har ikki syujet turini
qorishiq holatda uchratamiz. Unda xronikal syujetga xos qahramon taqdirini davriy
izchillikda, uning xarakterini rivojlanishda ko‘rsatish, asosiy syujet bilan yondosh
holda yordamchi syujet chiziqlarini ham yurgizish, juda katta hayot materialini
qamrab olish imkoniyatlaridan unumli foydalanilgan. Muallif romanda retrospeksiya
usulidan — zamonda ortga qaytish imkoniyatlaridan keng foydalangan.
Kuzatishlarga tayanib aytish mumkinki, syujetning mazkur turi asarda boshqalariga
qaraganda yetakchi o‘rini egallagan. Ma’lumki, syujet ijodkorning badiiy niyatiga
muvofiq ravishda asarda berilgan voqeani ifodalaydi. Bunda voqealar ketma-ket,
izchillik bilan yoritilmasligi mumkin. Chunki u muallifning badiiy niyati, asarning
mantiqiy asosiga ko‘ra ifodalanadi. Barcha asarlarda ilmiy adabiyotlarda aytilganidek
avval ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim kabi ketma-ketlik
bo‘lmasligi mumkin. Buni “Tushda kechgan umrlar” romani misolida ham ko‘rish
mumkin. Asar bosh qahramon Rustamning oxirgi kundaligidan boshlanadi va
Qurbonoy xolaning har kungi tashvishlariga ulanib ketadi. Aynan, Qurbonoy xola
asar boshlanishidayoq Rustamning murdasini ko‘rib qoladi. Roman kulminatsiya
bilan boshlanadi. So‘ng yozuvchi chekinish usulini qo‘llab bosh qahramon
Rustamning o‘limi va u bilan bog‘liq tafsilotlarni yoritishga kirishadi. Roman syujeti
odatdagi syujetlardan bir oz farqli. Unda asar syujeti bir nechta liniyalarga bo‘linib
ketadi:
1. Rustam- Shahnoza- Rustamning otasi liniyasi
2 Qurbonoy xola-To‘lagan-Fotima liniyasi
3 Komissar Soat G‘aniev liniyasi
4. Grisha-Vasilev Grigoriy Stepanovich liniyasi
Yozuvchi har bir syujet liniyasini mustaqil holda rivojlantiradi. Har birining
o‘z konflikti, tuguni, voqealar rivoji, kulminatsiyasi, yechimi bor. Rustamning syujet
liniyasi kulminatsiyadan boshlanib, so‘ng ekspozitsiya, tugun, voqyelar rivoji va
yechim ketmaketligida tasvirlanadi. Ma’lumki, badiiy asar syujeti ekspozitsiya,
tugun, voqea rivoji, kulminatsiya, yechim singari unsurlardan tarkib topadi.
Ekspozitsiya syujetning boshlanish qismi bo‘lib, o‘quvchini asar voqealari
kechadigan joy, qahramonlar, asar konflikti yetilgan shart-sharoitlar bilan
|
| |