|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq tushda-kechgan-umrlar-romanining-syujet-obraz-uslub-xususiyatlariAcademic Research in Educational Sciences
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-195-201
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 196 www.ares.uz
beqiyos o‘rin tutadi. Shu ma'noda XX asr o‘zbek nasrining ko‘zga ko‘ringan
ijodkorlaridan bo‘lgan O‘tkir Hoshimov asarlarini o‘rganish, yozuvchining o‘ziga xos
uslubi va badiiy mahoratini tadqiq etish muhimdir. Zero, O‘tkir Hoshimov so’zni
san’at darajasiga olib chiqqan, uning har bir qa’tidan yangilik, badiiy yuksaklik
axtargan va ana shu yuksaklikni ijod o’zagi deb bilgan yozuvchidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
80-yillarning oxirlariga kelib, jamiyat hayotida ko‘p o‘zgarishlar yuz bera
boshladi. Qayta qurish, oshkoralik tufayli mavjud muammolar xususida gapirila
boshladi. Uzoq yillar hukmronlik qilgan, chirib bitayotgan sotsialistik tuzumning asl
qiyofasi ko‘rinib qoldi. Uzoq yillar gegimon bo‘lgan kommunistik partiya o‘z o‘rnini
saqlab qolishga, jamiyat hayotini yana bir bor o‘zgartirishga qayta-qayta urina
boshladi. Lekin bu harakatlar faqatgina ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘ldi. bunga misol
qilib, O‘zbekistonda markaz tomonidan jinoyatchilikka, poraxo‘rlikka barham berish
niyatida olib borilgan harakat “o‘zbek ishi” deb nom olgan ommaviy qatag‘on
kompaniyasiga aylanib ketdi. 30-50-yillardagi qatag‘on manzaralari takrorlandi.
Jamiyat hayotidagi mana shunday manzaralar adabiyotda o‘zgacha qahramonlar
hayoti tasvirlangan asarlarning paydo bo‘lishiga zamin hozirladi. Ko‘plar e’tiqod
qo‘ygan, ishongan tuzumning barbod bo‘lishi, butun umrini, hayotini shu tuzumga
xizmat qilishga sarflagan insonlarning ishongani sarob bo‘lib chiqishi
O‘.Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida mahorat bilan tasvirlandi.
Unda mustabid tuzumning haqiqiy qiyofasi, odamlar ishongan aqidalarning
bema’niligi ko‘rsatib berildi.
“Tushda kechgan umrlar” romanida ham adibning avval yaratilgan romani
“Ikki eshik orasi” romani kabi voqelik bir necha roviylar tilidan hikoya qilinadi. Bu
usul adib uchun o‘z g‘oyasi va fikrlarini ifoda etishning vositasi bo‘lib xizmat qilgan.
Aynan shu holat asar syujetining ham o‘ziga xosligini ta'minlagan Badiiy asarda
syujet markaziy ahamiyatga ega hisoblanadi. Syujet atamasiga ilmiy adabiyotlarda
turli ta’riflar berilgan. Masalan, “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da “Syujet (frans. —
predmet, “asosga qo‘yilgan narsa”) badiiy shaklning eng muhim elementlaridan biri
sanalib, badiiy asardagi bir-biriga uzviy bog‘liq holda kechadigan, qahramonlarning
xatti-harakatlaridan tarkib topuvchi voqealar tizimini anglatadi. Umuman, sujetlilik
badiiy adabiyotning xos xususiyatlaridan biri bo‘lib, barcha turdagi badiiy asarlarda
ham syujet mavjuddir”, deyiladi. Har bir asarning syujeti qaysi janrga mansubligiga
qarab o‘ziga xos tarzda bo‘ladi. Xususan, epik janrdagi asarlar syujet va
|
| |