• DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-195-201 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 199 www.ares.uz
  • Academic Research in Educational Sciences




    Download 257,32 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/7
    Sana13.12.2023
    Hajmi257,32 Kb.
    #117916
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    tushda-kechgan-umrlar-romanining-syujet-obraz-uslub-xususiyatlari

    Academic Research in Educational Sciences 
    VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 
    ISSN: 2181-1385 
    Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 
    Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 
    DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-195-201 
    Google Scholar 
    Scientific Library of Uzbekistan 
    Academic Research, Uzbekistan 199 www.ares.uz 
    tanishtiradi. Aytish kerakki, ekspozitsiya hajm e’tibori bilan turlicha bo‘lishi va 
    asarning turli o‘rinlarida kelishi, ba’zan umuman tushirib qoldirilishi mumkin. 
    Masalan, “Tushda kechgan umrlar”da kechikkan holda kulminatsiyadan so‘ng keladi. 
    So‘ng Rustamning o‘limi bilan bog‘liq tafsilotlar ketadi. Qurbonoy xola liniyasida 
    esa, ekspozitsiya tartib bilan kelgan. Uning biqini achishib uyg‘onishi-yu, ertalablari 
    ko‘cha supurishga chiqishi voqealari tasviri ekspozitsiyadir. Komissar liniyasida esa 
    u qisqaroq va voqealar rivoji oralig‘ida beriladi. Grisha liniyasida ekspozitsiya 
    anchayin batafsil berilgan. Buni o‘ziga xos sababi bor. Yozuvchi “noyob kadr” 
    sifatida keltirilgan bunday nushalarning aslida qanday ekanini yaqqol tasvirlamoqchi 
    bo‘lgan. 
    Romanda tugun ham o‘ziga xos tarzda qo‘yilgan. Asarda mavjud syujet 
    liniyalari o‘z tuguniga ega bo‘lishi mumkin ekan. Tugun asar voqealarining 
    boshlanishiga turtki bo‘lgan voqea, asar konflikti qo‘yilgan joydir. Ekspozitsiyadan 
    farqli o‘laroq, tugun syujetning zaruriy elementi sanaladi, ya'ni u sujetda har vaqt 
    hozirdir. Tugun, odatda, asarning boshlanishida, ekspozitsiyadan keyinoq beriladi. 
    Shunisi ham borki, ba’zi katta hajmli asarlar sujetida bir emas, bir nechta tugunga 
    duch kelishimiz ham mumkin. “Tushda kechgan umrlar”da ham shunday. 
    Rustamning Afg‘on urushiga olinishi Rustam liniyasining tuguni bo‘lsa, Soat 
    G‘aniyevning ko‘nglida “eshonvachcha” Fotimaga nisbatan nimalarnidir uyg‘onishi 
    va bolalar tomonidan izzat-nafsi kamsitilgandagi holati komissar liniyasining tuguni.
    Tugundan keyingi voqealar zanjiri voqea rivoji deb yuritiladi. Odatda syujet 
    voqealari bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. Asardagi voqealar rivojining eng 
    yuqori nuqtasi, undagi konflikt benihoya kuchaygan o‘rni kulminatsiya deb yuritiladi. 
    Masalan, Rustamning o‘limi roman kulminatsiyasi sanaladi. Undan tashqari 
    komissarning o‘g‘li Mauzer tomonidan “Sizning o‘g‘lingiz ekanimdan uyalaman” 
    deb aytgan paytdagi holatni komissar liniyasining kulminatsiyasi deyish mumkin. 
    Chunki, ayni shu nuqtada komissarning va tuzumning g‘ayriinsoniylikka asoslangan 
    qiyofasi ko‘rsatiladi. Mana shu gap Soat G‘aniyev ko‘ksini o‘qdek teshib o‘tadi. 
    Kulminatsiya endi asar voqealarining yechimga tomon intilishini, bir tomonga hal 
    bo‘lishini taqozo qiladi. Yechim syujet voqealari rivojining yakuni, ularning 
    nihoyasida qahramonlar ruhiyatida, taqdirida yuzaga kelgan holatdir. Yechimda 
    konfliktli holat, qahramonlar orasidagi ziddiyatlar o‘zining badiiy yechimini topadi. 
    Yechim konfliktning hal bo‘lganini ko‘rsatishi bilan birga uning hal bo‘lmasligini 
    ham ko‘rsatadi. Rustam liniyasi konfliktini yechimi berilmagan. U o‘z joniga qasd 
    qilgan. Komissar liniyasining yechimi esa qo‘rqinchli tushlar, yolg‘izlik, odamni 



    Download 257,32 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 257,32 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Academic Research in Educational Sciences

    Download 257,32 Kb.
    Pdf ko'rish