E. Yuzlikayeva 20l5-yil 5110300 -“Kimyo o’qitish metodikasi” yo’nalishi bakalavriat talabasi Rustamov Suxrob Fozilovichning




Download 1,81 Mb.
bet6/23
Sana18.06.2024
Hajmi1,81 Mb.
#264187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
bNcRQ5Lr

ACD ChemSketch – dasturi oddiy molekula tuzishini chizish imkoni beribgina qolmasdan, reaksiyalarni tenglash imkoniyatini bajaradi. Bundan tashqari, ushbu dastur yordamida laboratoriya idishlarining suratlari va ularning qanday ishlatish bilan ham tanishishingiz mumkin. Shu kungacha ACD ChemSketch dasturining imkoniyatlari ortib borgani sari bir necha yangidan yangi variantlari yaratilgan.
2007-yilda yangi imkoniyatlar bilan boyitilgan ChemWindow dasturini Bio-Rad Laboratories kompaniyasi taqdim qilgan bo‘lib, bu dastur o‘zining soddaligi ishlatish imkoniyatining kengligi bilan ajralib turadi. Ushbu dasturni deyarli barcha kompyuterlarda ishlatish mumkin (kompyuterning imkoniyati juda past bo‘lganda ham).
ChemWindow dasturi kimyoviy birikmalar tuzilishini ifodalovchi eng oddiy dasturlar safiga kiradi, chunki bu dastur faqat molekula tuzilishini tekislikda (2D) ifodalaydi. Ushbu dasturning dastlabki modeli kimyoviy birikmalarni faqat qora rangda ifodalashga asoslangan bo‘lsa, hozirgi kunda ishlatiladigan varianti barcha ranglarda ishlashi va turli fazoviy ko‘rinishni tekislikda ifodalashga asoslangan. Bundan tashqari, kimyoviy reaksiyalar tenglamalarini, laboratoriya jihozlari (130 ta) va kimyoviy texnologik jarayonlarni tasvirlashda keng qo‘llaniladi. Bu dastur asosida hech qanday sur’at chizilmaydi, chunki har bir ishlatiladigan belgilar (250 ta) dasturga joylashtirilgan, faqat molekula yoki reaksiya qismlarini yig‘ishdan iborat ishni amalga oshirish kerak.
ChemWindow dasturining ishchi oynasining ko‘rinishi quyidagicha:

Dasturning buyruqlar satri bir-nechta qatorga joylashtirilgan.

Har bir belgi va buyruqlarni sichqoncha bilan belgilash va turli jarayonlarni ifodalash uchun oynaga qo‘yishdan iborat jarayonni bajarishning o‘zi kifoya.
Isis/Draw dasturi yaratilgan dastlabki dasturlardan biri bo‘lib, eng oddiy dasturlar sirasiga kiradi. Bu dastur yordamida modda tuzilishini tasvirlashda keng qo‘llaniladi. Bu dasturdan foydalangan holda ma’lumotlarni noto‘g‘ri kiritishning iloji yo‘q. Chunki modda formulasi yozilishi boshlanishi bilan har bir elementning valentligini oldindan bilib aytib turadi.

Dastur ko‘plab organik moddalarni yozishda keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari, boshqa dasturlardan farqi moddaning tuzilishi aniq kiritilgan bo‘lsa, uning IUPAC bo‘yicha nomini ham bilish mumkin. Dasturining afzalligi shundaki, bu dasturni kompyuterga o‘rnatishni talab qilinmaydi, fleshkada saqlangan xolda ham ishlatish imkonini beradi.


Isis Draw dasturi buyruqlari satri bitta qator va bitta ustunga joylashtirilgan. Ustunga joylashtirilgan buyruqlarning hammasi qo‘shimcha bir necha funksiyalarni bajara oladi. Bundan tashqari murakkab organik moddalarni sistematik nomlashni dasturning o‘zidan amalgam oshirish mumkin ya’ni dastur yordamida molekula nomini ham bilib olish mumkin.
Molekula nomini bilish uchun ishchi oynadagi molekula belgilanadi va quyida ko‘rsatilgan buyruq asosida nomlash bajariladi.
O‘z navbatida har qanday yozilgan molekulaning molekular massasini ham dastur yordamida hisoblash mumkin. Agar molekulani nomlashda molekula formulasi noto‘g‘ri yozilgan bo‘lsa, dastur avtomatik tarzda sizning xatoyingizni ko‘rsatadi.

Download 1,81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 1,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



E. Yuzlikayeva 20l5-yil 5110300 -“Kimyo o’qitish metodikasi” yo’nalishi bakalavriat talabasi Rustamov Suxrob Fozilovichning

Download 1,81 Mb.