|
E. Yuzlikayeva 20l5-yil 5110300 -“Kimyo o’qitish metodikasi” yo’nalishi bakalavriat talabasi Rustamov Suxrob Fozilovichning
|
bet | 8/23 | Sana | 18.06.2024 | Hajmi | 1,81 Mb. | | #264187 |
Bog'liq bNcRQ5LrChemOffice Ultra dasturi – dasturlar jamlanmasi bo‘lib, bir necha dasturlarni o‘z ichiga oladi: ChemDraw, Chem3D, ChemFinder, ChemFinder for Office.
1. ChemDraw dasturi asosida organik va noorganik moddalarning tuzilishini chizish imkonini beradi. Shuningdek, mazkur dastur modda tuzilishidan kelib chiqqan holda YaMR va PMR ma’lumotlarini tayyorlab bera oladi hamda moddalar tuzilishi formulasidan kelib chiqqan holda uning nomini aytib bera oladi.
2. ChemFinder dasturi kimyoviy tuzilishlarning ma’lumotlar ba’zasini yaratish va u bilan ishlash imkonini yaratadi.
3. ChemFinder for Office dasturi asosida kompyuteringizdagi bor manbalarda sizga kerakli formulaga mos modda borligini topish amalini bajarishga mo‘ljallangan. Tuzilish formulasi asosida barcha hujjatlardan izlashni tez va qulay amalga oshirish imkoniyatiga ega.
ChemOffice Ultra dasturining yangi imkoniyati kimyogarlar ishlatadigan idishlar va jihozlar bazasiga ega ekanligidir. Bu imkoniyatdan kelib chiqqan holda dars mobaynida o‘quvchilarga qandaydir reaksiyani bajarish uchun jixozlarni tanlash va ulardan qanday foydalanishni laboratoriyada bo‘lmagan holda ham amalga oshirish mumkin.
HyperChem dasturining oxirgi varianti 8.0 bo‘lib, bunda katta ma’lumotlar bazasiga ega ekanligi nanosistemalar, nukleotidlar, polimerlar, kristall mustaqil qismi va zamonaviy kvant kimyo sohasining yangiliklarini o‘zida mujassamlashtirgan [11-16].
Maktab va kasb-hunar kollejlarida bo‘lg‘usi kichik mutaxassislar kasbiy tayyorgarligiga yuqori talablar qo‘yilmoqda. Kichik mutaxassislarni tayyorlashda ko‘plab imkoniyatlardan kelib chiqqan holda chuqur va samarali bilim berishga erishmog‘imiz lozim. Jumladan, mutaxassislarni kimyo yo‘nalishida tayyorgarlik sifatini oshirish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Kimyo fanini o‘qitish uchun jihozlangan xonaning imkoniyati yetarli emasligi har doim ham, frontal o‘qitish imkonini bermaydi. Shuning uchun ham, kimyo fani o`qitishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan interaktiv metodlaridan biri kompyuter dasturlari asosida o‘qitish usullari hisoblanadi.
Informatsion texnologiyalar jadal rivojlanishi natijasida elektron darsliklar, video dasrlar, masofadan ta’lim olish va yana bir qancha zamonaviy yangiliklar ta’lim sohasiga kirib kelmoqda [17, 18].
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan kompyuter dasturlari asosida darsni shakllantirish o‘quvchilarga qisqa vaqtda ko‘plab ma’lumotlarni etkazishga va dars samaradorligini oshirishga olib keladi.
Hozirgi kungacha yaratilgan dasturlarni 2 ta asosiy qismga ajratish mumkin. Birinchi qism ta’lim berish jarayoni, ikkinchi qism ilmiy izlanish olib borish jarayoni. Bunday dasturlar bilan oily o‘quv yurti bitiruvchilarini keng miqyosda tanishtirish kelgusida etishib chiqayotgan pedagoklarni zamonaviy tarzda shakllantirish deyish mumkin.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida dars jarayoniga tadbiq qilish mumkin bo‘lgan dasturlar bilan tanishib chiqsak.
ACD ChemSketch dasturida kimyoviy reaksiyalarni tenglash mumkin. Bundan tashqari dasturda laboratoriya idishlari bilan tanishish mumkin. Demak ushbu dasturni kimyoviy reaksiyalarni tenglash va laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik uchun foydalanish mumkin [11].
Moddalar tarkibidagi kimyoviy elementlar massa ulushidan formula keltirib chiqaradigan va aksincha, yozilgan formula asosida moddalar massa ulushini aniqlash mumkin. Bunday dasturni kimyoning massa ulushi darslarini olib borishda foydalanish maqsadga muvofiq. Chemical Calculator dasturi asosida o‘quvchilarga savollar tayyorlash, ularning bilimlari tekshirish uchun har bir darsga alohida savollar tayyorlash imkoniyati ortadi.
CambrigeSoftChemDrawPro dasturinining avzallik jihati shundaki kimyoviy reaksiyalarning mexanizmlari modellashtiriladi. Bu dastur asosida ham aynan bir xil reaksiyani turli reagentlar bilan olib borish xaqidagi savol, topshiriqlarni uyga vazifa sifatida qo‘llash mumkin.
Organik kimyo kursining alkenlar, alkinlar, dienlar, aromatik uglevodorodlar, galogen xosilalar, spirtlar, metalorganik moddalar, ketokislotalar, karbon kislotalar mavzusini takrorlash va mustaqil ish uchun ishlatiluvchi dastur Disfor deb nomlanadi. Bunda dasturning bo‘limi tanlangandan keyin sizga reaksiyaning sharoiti va reagentlar berilgan bo‘lib siz reaksiya tenglamasi o‘ng tomonini topishingiz, bilimingizni tekshirish va sinovdan o‘tkazishda juda qulay.
Sanab o‘tilgan dasturlar maktabda kimyo fanini o‘qitishda keng qo‘llash mumkin. Bu bilan o‘quvchilarni elektron ishlashga tayyorlash, o‘zlari mustaqil ta’lim olishga qiziqtirish, bilimlarini sinab ko‘rish kabi xolatlarga qiziqtirish mumkin. Shundagina kimyo darslarini olib borish uchun qo‘shimcha vaqt talab qilinmaydi. Agar har bir o‘quvchi uyida mustaqil ravishda keyingi darsga kompyuter yordamida tayyorlansa unda har bir dars o‘ziga xos qiziqish, ishtiyoq bilan olib borilsa va o‘quvchilarga tushuntirilsa darsning o‘zlashtirish ko‘rsatgichi, samaradorligi juda oshishini kuzatish mumkin.
Elementlar xaqidagi ma’lumotlar bir qancha bo‘lib ularni kitoblardan izlab yurishga vaqt sarflash xojati yo‘q. Qachon kimlar tomonidan topilganidan tortib izotoplarigacha ma’lumotlar joylashtirilgan.
Ushbu dastur yordamida kimyoviy reaksiyalarni tenglash mumkin.
ChemOffice dasturlar jamlanmasi yordamida modda tuzilishini chizib uning PMR va YaMR – spektrlarini olib ularni qayta ishlash bilab shug‘ullanishadi. Bu dasturlar jamlanmasi barcha sintetik ishlarga javob topish maqsadida keng qo‘llaniladi. Bu dastur yordamida sizga kerakli modda tuzilishini ChemDraw oynasi yordamida chizib uning IQ- va YaMR-spektrlarini olish mumkin. Bu natijalarni soxtalashtirish degani emas balki o‘zingizni qayta tekshirish u moddaning kimligini bilgan holda tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘rganish juda qulay. ChemOffice dasturi o‘zining ichiga bir qancha dasturlarni oladi: CS ChemDraw – kimyoviy moddalar formulalarini chizishda qo‘llaniladi: CS Chem3D – moddalar fazoviy tuzilishini xosil qilish, fizik-kimyoviy xisoblashlar, reaksiyalarni modellashtirishda qo‘llaniladi; CS ChemFinder, CS Table Editor – ma’lumotlar bazasini yaratish va o‘zgartirishlar kiritib borishdan iborat [50-53].
Portable MestReNova dasturining ishchi oynasi.
Dastur bilan YaMR – spektr uskunasidan olingan ma’lumotlarini joylash mumkin [55].
Unga kerakli ma’lumotlar joylash va qayta analiz qilish natijalari asosida modda tuzilishini aniqlash mumkin.
Ular laboratoriya mashg‘ulotlari doirasida sintez qilingan moddani YaMR – spektr hodimiga berishadi va ma’lum vaqtdan keyin analizni elektron shaklda olishadi. Olingan manbani Portable MestReNova dasturi asosida qayta ishlab modda tuzilishini aniqlashadi. Sintez bilan shug‘ullanadigan xodimlar bunday dasturlardan keng foydalangan xolda moddalarining tuzilishlari xaqidagi ma’lumotlarini bilishlari mumkin.
Martin Karplyus, Maykl Levitt va Ari Varshal kimyoviy proseslarning kompyuter modellini yaratganligi uchun 2013 yil kimyo yo‘nalishi bo‘yisha Nobel mukofoti sovrindori bo‘lishgan [56, 57].
Demak aytish mumkinki kompyuter dasturlari bilan kimyoniy muammolarni yechishga dunyo bo‘yicha e’tibor juda katta ekan va kundan kunga bu boradagi ishlar jadallashmoqda ekan [58-63].
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
E. Yuzlikayeva 20l5-yil 5110300 -“Kimyo o’qitish metodikasi” yo’nalishi bakalavriat talabasi Rustamov Suxrob Fozilovichning
|