|
Atsetilen qatori uglevodorodlarining spеktrаl tavsiflari
2.4
|
bet | 2/23 | Sana | 18.06.2024 | Hajmi | 1,81 Mb. | | #264187 |
Bog'liq bNcRQ5Lr2.3. Atsetilen qatori uglevodorodlarining spеktrаl tavsiflari
2.4. Atsetilen qatori uglevodorodlarining kimoviy xossalari
2.3. Atsetilen qatori uglevodorodlarining muhim vаkillаri
2.4. Atsetilen qatori uglevodorodlarining ishlatilishi
III. BOB. Pedagogik ekspriment va uning tahlili
3.1. Zamonaviy axborot texnologiyasiga oid kompyuter dasturlarining kimyo darsiga taqbiq qilish
3.2. Pedagogik ekspriment o’kazish
|
3.3. Mavzular yuzasidan dars ishlanmalari
|
3.4. Pedagogik ekspriment natijalarining tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
“Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi shuningdek, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan bo‘lib, u milliy modelni ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, pedagogik-psixologik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldidagi javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib olgandir [1].
Darhaqiqat, “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratishda eskirgan taffakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirishda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samara berishida asosiy ro‘l o‘ynovchi yuqori malakali, zamonaviy kadrlarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib olgan [2].
Bu borada Mustaqillik yillarida Respublikada amalga oshirilgan islohatlar doirasida uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat olib borayotgan ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonida ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish borasida ko‘plab islohotlar olib borildi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, kimyo fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish juda muhumligini ta’kidlab o‘tish joiz. Bugungi kunda kompyuter texnologiyalarining shiddat bilan rivojnanishi barcha sohalar kabi ta’lim sohasida ham keng foydalanishga imkon beradi. Bunga yaqqol misol sifatida elektron darsliklarning yaratilishini keltirish mumkin.
Kimyo fani va kompyuter texnologiyalarining uyg‘unligini turli sinf o‘quvchilari va oily o‘quv yurti talabalari uchun yaratilayotgan animatsion materiallar, video materiallar misolida ko‘rish mumkin. Ushbu manbalar asosida joriy qilinayotgan yangi pedagogik texnologiyalarning maqsadi o‘quvchilar va talabalarga beriladigan bilimlarni o‘zlashtirishning samaradorligini oshirishdir.
|
| |