|
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi
|
bet | 3/23 | Sana | 18.06.2024 | Hajmi | 1,81 Mb. | | #264187 |
Bog'liq bNcRQ5LrBitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi.
Yildan-yilga axborot texnologiyasiga oid kompyuter dasturlari asosida yaratilayotgan manbalar o‘quv jarayonida keng foydalanilmoqda. Shuni ham aytish kerakki, kelgusida o‘quvchilar va talabalar o‘quv xonalardan chiqmasdan turib ko‘plab texnologik jarayonlar (zavodlar) ishi, unda qanday bosqichlar asosida tayyor mahsulotlar olish jarayonlari bilan tanishishi mumkin. Bunday manbalar kimyo darsini o‘qitish jarayonida pedagoglarga keng imkoniyatlar yaratadi. Yaratilgan va endi yaratiladigan turli manbalar bilan ishlash, bevosita ularni yaratishda ishtirok qilishda axborot texnologiyasiga kompyuter dasturlari haqida bilim va ko‘nikmalarni talab qiladi.
Hozirgi kunda yaratilayotdan ayrim dasturlar asosida kimyo fanining turli mutaxasisliklari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bunga oddiy misol sifatida yangi sintez qilingan moddaning xossalari o‘rganilmasdan turib uning biologik faolligini oldindan aytish imkonini beruvchi dasturlarni misol qilish mumkin. Bunday dasturlar bilan ishlashni bilish va ulardan keng foydalanishni bilish muhimdir. Shundan kelib chiqqan holda, kompyuter dasturlari asosida kimyo fanining turli masalalarini yechish dolzarb hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishidning maqsadi.
- kimyo fanini o‘qitishda dars jarayoniga axborot texnologiyasiga oid kompyuter dasturlarini keng jalb qilish.
-nazariy va amaliy bilimlardan kelib chiqqan holda turli dasturlardan mustaqil foydalanishni shakllantirish.
-o‘quvchilarga bilim berish jarayonida ularni darsga to‘la jalb qilgan holda o‘zlashtirish darajasini oshirish.
Bitiruv malakaviy ishidning vazifasilari:
- kimyo fanining rivojlanishi uchun yaratilayotgan axborot texnologiyasiga oid kompyuter dasturlari bilan tanishish;
- kompyuter dasturlari imkoniyatlari va kimyo fanining rivojlanishidagi o‘rnini o‘rganib chiqish;
- kompyuter dasturlari asosida materiallar tayyorlashni shakllantirish;
- tayyorlangan materiallardan kimyo fanini o‘qitishda foydalanish.
|
| |