|
E. Yuzlikayeva 20l5-yil 5110300 -“Kimyo o’qitish metodikasi” yo’nalishi bakalavriat talabasi Rustamov Suxrob Fozilovichning
|
bet | 4/23 | Sana | 18.06.2024 | Hajmi | 1,81 Mb. | | #264187 |
Bog'liq bNcRQ5LrTadqiqot obekti.
O’rta umum ta’lim maktabida o‘quvchilarining barcha sinflari, kimyo fanini o‘qitish jarayoni.
Amaliy ahamiyati
Ushbu Bitiruv malakaviy ishida keltirilgan ma’lumotlar kelgusida mohir padagoglarni tayyorlash va kimyo fanini o‘qitishda keng foydalanish tavsiya qilinadi.
I. BOB. Kimyo fanini o‘qitishda axborot texnologiyasiga oid kompyuter dasturlari (natijalar tahlili).
Informatsion texnologiyalar rivojlangani sari bu boradagi yangi ixtirolar turli sohalarda keng qo‘llanila boshladi. Informatsion texnologiyalar yuzasidan olib borilayotgan ishlar jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishi bilan birga, insonlar mehnatini osonlashtiradi. Zavodlarda olib borilayotgan qiyin ishlarning ancha qismini kompyuter dasturlari bilan dasturlangan dastgohlar bajarmoqda. Bundan tashqari, yaratilayotgan kompyuter dasturlari turli fan sohalari rivojiga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.
Kimyo fanining informatsion texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liqligini so‘nggi yillarda yaratilayotgan dasturlarning kimyo fani rivojiga hissa qo‘shayotganligini bevosita kuzatish mumkin. Bunga oddiy misollar sifatida ancha oldin yaratilgan darslik va qo‘llanmalardagi kimyoviy formulalar qo‘lda yozilganligini keltirish mumkin. Hozirgi kunda qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarda kimyoviy formulalar kompyuter dasturlari asosida yozilganligini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, darsliklar va qo‘llanmalarda atom-molekulalarning fazoviy tuzilishi keltirilganligi ancha quvonarli. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan kompyuter dasturlaridan foydalangan holda kimyo fanini o‘qitish darslari samaradorligini oshirgan holda, o‘quvchi va talabalarning dars ma’lumotlarini o‘zlashtirish samaradorligini ham bevosita oshiradi [3-10].
Hozirgi kungacha kimyo fani uchun kompyuter dasturlarining bir qancha turlari yaratilgan bo‘lib, ular haqidagi ma’lumotlar bu dasturlarni kimyo fanining turli yo‘nalishlarida foydalanish mumkinligini bildiradi. Bularga kimyo fanini o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari, kasb-hunar kolleji va akademik litseylar o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun foydalanuvchi dasturlarga ajratish mumkin. Eng muhim dasturlar bu kimyogarlarning ilmiy izlanishlari uchun ishlatiladigan dasturlardir.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarning isboti sifatida bir qancha kompyuter dasturlari va ularning imkoniyatlari bilan ushbu bobda tanishishingiz mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
E. Yuzlikayeva 20l5-yil 5110300 -“Kimyo o’qitish metodikasi” yo’nalishi bakalavriat talabasi Rustamov Suxrob Fozilovichning
|