|
Educational Research in Universal SciencesBog'liq ERUS da chiqgan maqolam 17.11.2023 (3)Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 14 | 2023
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2023
54
tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishda quyidagi texnologiyalarni jonlantirish ko‘zda
tutiladi.
Press-anjuman - anjumanni o‘tkazish uchun siyosiy sharxlovchilar, deputatlar,
veteranlar, turli soha mutaxassislari, madaniyat, san’at va sport bo‘yicha fidoyi
xodimlar taklif etilishi yoki maxsus tayyorgarlik ko‘rgan siyosiy sharxlovchilar
o‘tkazishlari maqsadga muvofiq. Ularga oldindan (yoki uchrashuv vaqtida) talabalarni
qiziqtirgan bir necha savollar beriladi. Savollarni maxsus press-guruh a’zolari
berishadi, javobni anjumanga taklif etilganlar beradi.
Fantastik loyihalar tanlovi - tanlov qatnashchilari rasmlar, chizmalar, sxemalar,
diagrammalar, kompyuter grafikalari, slaydlar, videomateriallar yordamida tanlagan
mavzu asosida tayyorlangan fantastik loyihalarini taqdimot qiladilar. Taqdimot
yakkama-yakka yoki guruh, tartibida o‘tkaziladi. Masalan, «Bizning o‘quv
maskanimiz 2050-yilda», «Quyosh energiyasi insonga», «Planetalararo yo‘lovchi
kemalar» va h.k.lar loyiha mavzusi bo‘lishi mumkin. Loyihalar taqdimoti tugagach,
savollarga javoblar beriladi, opponentlarning chiqishlari bo‘ladi. Eng yaxshi ilmiy-
fantastik loyihalar diplom va mukofotlar bilan taqdirlanadi
Jumboklar bozori - ishtirokchilarning qiziqarli jumboqlarni topish va sotib olish
musobaqasi. Jumboqni sotib olish uchun yangi bir jumboq aytilishi kerak. Bu
bozordagi jumboqlar har xil: rasmli, og‘zaki, yozma, predmetli, kompyuterli,
ko‘rgazmali, ijodiy va xokazo.
Adabiy karnaval - turli badiiy adabiyot qaxramonlari kostyumini tayyorlash va
himoya qilishga, obrazga kirishga va uni himoya qilishga yo‘naltirilgan.
Dunyoning etti mo‘jizasi - har bir guruh dunyoning etti mo‘jizasidan birini olib,
materiallar to‘playdi. Masalan: “Tojmahal”, “Misr piramidalari” va b. bilan
tanishtiradi, savollarga javob beradi. Tayyorgarlikka bir necha kun vaqt beriladi.
To‘plangan materiallarni guruhlar texnik vositalar yordamida taqdimot qiladilar.
|
| |