Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 14 | 2023
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary
Scientific Journal November, 2023
55
- psixologik sog‘lom muhit yaratish;
- ijodiy muhit;
- do‘stona
munosabatda ish yuritish;
- talaba
extiyoji, qiziqishi, shaxsiy fazilati, iqtidorini ishga solish.
Tarbiyaviy ishlar jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik ta’sir
etish usullarini
takomillashtirishda quyidagi tadbirlarni jonlantirish ko‘zda tutiladi:
Pedagogik ta’sir usuli - bu aniq pedagogik holatlarni
tashkil qilish usulidan
iborat bo‘lib, unda ma’lum qonuniyatlar asosida talabalarningijobiy ishlarida o‘z
kamchiliklarini yo‘qotishga undovchi yangi fikrlar va hissiyotlar uyg‘onadi.
Pedagogik ta’sirning har bir usuli o‘zining tabiatli xususiyatlariga ega bo‘lib, ular
ikkita elementning o‘ziga
xos birligida vujudga keladi, y’ani
a) yaratilayotgan pedagogik holatlar
xususiyatlari;
b) yangi pedagogik holatga talabalarda tug‘iladigan yangi fikrlar,
tarbiyaning yangi sabablari va shaxsiy kamchiliklarini engib o‘tishga asos
bo‘ladigan xissiyotlar mazmuni.
Pedagogik ta’sir usullaridan foydalanish aniq pedagogik
tamoyillarga rioya
kilishga asoslangan. Bu tamoyillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- pedagogik optimizm;
- talabalarga hurmat;
- talabaning ruxiy holatini tushunish;
- talaba shaxsiy tabiatining tashqi xususiyatlari va sabablarini ochish;
- talabaning taqdiri bilan qiziqish.