Mavzuni mustahkamlash uchun savollar va masalalar




Download 91.55 Kb.
bet10/10
Sana27.04.2023
Hajmi91.55 Kb.
#54216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ekstraksiya tayanch iboralar

7.10. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar va masalalar
1. Ekstraktsiya qanday afzalliklarga ega?
2. Ekstraktsiya jarayoni necha turga bo‘linadi va qaysi turi analitik kimyoda ko‘proq qo‘llaniladi?
3. Ekstraktsion jarayonlarni amalga oshirishda qanday terminlardan foydalaniladi?
4. Taqsimlanish qonunining mohiyatini tushuntiring.
5. Taqsimlanish konstantasi va koeffitsiyenti nima va ular orasida qanday o‘xshashlik va farqlar bor?
6. Qaysi hollarda taqsimlanish qonuni o‘rinli bo‘ladi?
7. Taqsimlanish koeffisenti qanday omillarga bog‘liq bo‘ladi?
8. Taqsimlanish koeffisienti bilan ajratilish darajasi orasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi formulani keltiring.
9. Ekstraksion ajratish va konsentrlashning mohiyati nimada?
10. Ikki suyuqlikning o‘zaro aralashishi nimalarga bog‘liq?
11. O‘zaro aralashmaydigan qanday suyuqliklarni bilasiz?
12. Moddani ekstraksion ajratishning qanday shartlarini bilasiz?
13. Nima uchun kompleks birikmalar yaxshiroq ekstraksiyalanadi?
14. Ekstraksiya konstantasi va koeffitsiyenti nima, ular orasida qanday o‘xshashlik va farqlar bor?
15. Ekstraksion sistemalar nima va ular qanday tanlanadi? Ekstragentlar nima?
16. Ekstraksion jarayonlarning turlari: davriy, qarshi oqimli ekstraksiyani ta’riflang.
17. Ekstraksiya qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?
18. Xloroform bilan suv fazalari orasida moddaning taqsimlanish konstantasi. Shu moddaning dastlabki konsentratsiyasi 2·10-3 M bo‘lsa, uni har biri 30 ml bo‘lgan xloroform bilan uch marta ekstraksiyalagandan so‘ng 100 ml suv qavatida necha millimol modda qoladi?
19. Benzol bilan suv fazalari orasida moddaning taqsimlanish konstantasi 96. Shu moddaning dastlabki konsentratsiyasi 5,6·10-3 M bo‘lsa, uni 100 ml benzol bilan bir marta ekstraksiyalagandan so‘ng 100 ml suv qavatida necha millimol modda qoladi?
20. Benzol bilan suv fazalari orasida moddaning taqsimlanish konstantasi 90. Shu moddaning dastlabki konsentratsiyasi 6,8·10-3 M bo‘lsa, uni hajmlari 70 ml benzol bilan ikki marta ekstraksiyalagandan so‘ng 100 ml suv qavatida necha millimol modda qoladi?
21. Benzol bilan suv fazalari orasida moddaning taqsimlanish konstantasi 86. Shu moddaning dastlabki konsentratsiyasi 3,4·10-3 M bo‘lsa, uni hajmlari 40 ml benzol bilan uch marta ekstraksiyalagandan so‘ng 100 ml suv qavatida necha millimol modda qoladi?
Download 91.55 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 91.55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzuni mustahkamlash uchun savollar va masalalar

Download 91.55 Kb.