• 1) Ekstraksion sistema
  • 4) Ekstraksion reagent
  • 6) Ekstrakt
  • Ekstraksiya tayanch iboralar




    Download 91.55 Kb.
    bet2/10
    Sana27.04.2023
    Hajmi91.55 Kb.
    #54216
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Ekstraksiya tayanch iboralar

    1. Oddiy ekstraksiya – taqsimlanish konstantalari farqiga asoslanib aralashma komponentlarini bir marta ekstraksiyalanish bilan ekstraksion ajratishdir.
    2. Davriy ekstraksiya - moddaning bir fazaning o‘zidan, erituvchining alohida qismlari bilan ekstraksiyalash.
    3. Uzluksiz ekastraksiyalash – bu ikkala fazani aralashtirish bilan ekstraksiyalash (bunda fazalarning biri harkatsiz bo‘lishi kerak).
    4. Qarama-qarshi oqim ekstraksiyasi – bu ikkala fazaning qarama –qarshi harakati natijasida ekstraksiyalashdir.
    Analitik kimyoda birinchi ikki turi keng qo‘llaniladi.
    Uzluksiz va qarama – qarshi oqim ekstraksiyalari maxsus apparatlar – ekstraktorlar yordamida bajariladi va texnologiyada ishlatiladi.
    Ekstraksiya jarayonlarini o‘rganishda va amalga oshirishda quyidagi terminlardan foydalaniladi.
    1) Ekstraksion sistema- bu ikkita o‘zaro bir - birida erimaydigan suyuqliklar va ular orasida taqsimlangan moddalardir.
    2) Ekstraktor – ekatraksiya o‘tkazuvchi apparat (ajratish voronkasi).
    3) Ekstragent – suyuq faza - erituvchi yoki suvsiz erituvchidagi organik reagent eritmasi yoki suv fazasidan moddani ekstraksiyalash jarayoni uchun foydalanilgan erituvchilar aralashmasi.
    4) Ekstraksion reagent – kompleks hosil qiluvchi reagent, yoki ekstratsiyalanadigan tuzlar yoki boshqa birikmalar hosil qiluvchi reagent(masalan ditizonning CCI4 dagi eritmasi).
    5) Suyultirilgan - inert organik erituvchi, ya’ni ekstragentning ekstraksion xossalarini yoki fizik xossalarini yaxshilash uchun ishlatiladigan erituvchi (zichligi, qovushqoqligi).
    6) Ekstrakt – o‘zida suv fazasidan ekstraksiyalangan moddalar tutuvchi ajralgan organik faza.
    7) Reekstraksiya – moddani ekstraktdan suv fazasiga qaytadan ajratish jarayoni.
    8) Reekstragent –moddaning organik fazadan suv fazasiga o‘tkazish uchun ishlatiladigan suvli eritma (masalan, HCI yoki H2SO4 eritmasi).

    Download 91.55 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 91.55 Kb.